Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo’yicha) fakulteti Mustaqil ish Mavzu: Buxgalteriya balansi va uning ahamiyati


Download 0.78 Mb.
bet6/9
Sana30.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1415518
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
moliya hisobiga kirish mek86a

7. Tozalanish usuli bo‘yicha: brutto-balansi - bu barcha tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oluvchi balans; netto-balans - bu barcha tartibga soluvchi moddalarni chiqarib tashlab tuzilgan balans. Bizning Respublikamizda netto-balansi qo‘llaniladi.

  • 7. Tozalanish usuli bo‘yicha: brutto-balansi - bu barcha tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oluvchi balans; netto-balans - bu barcha tartibga soluvchi moddalarni chiqarib tashlab tuzilgan balans. Bizning Respublikamizda netto-balansi qo‘llaniladi.
  • 3. Xo‘jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o‘zgarishlar

    Har bir xo‘jalik yurituvchi subekt o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida ko‘plab xo‘jalik operatsiyalarini sodir etadi. Bu xo‘jalik operatsiyalarining har biri sodir bo‘lganda balansga ta’sir qilib, balans moddalari summalarini o‘zgartirib yuboradi. Lekin bu xo‘jaklik operatsiyalari balansga faqat to‘rt xil yo‘l bilan ta’sir etadi.

    Birinchisi, shunday xo‘jalik operatsiyalari borki, ular balansning faqat aktiviga ta’sir etadi. (+A –A) Bunda balansning aktivida bir modda summasi ko‘payib, ikkinchi bir modda summasi aynan shu summaga kamayadi, lekin balansning umumiy summasi o‘zgarmasdan qoladi.

    Ikkinchisi, shunday xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ladiki, ular balansning faqat passiviga ta’sir qilib, (+P –P) passivda bir modda summasi ko‘payib, ikkinchi modda summasi aynan shu summaga kamayadi. Bunda ham balansning umumiy summasi o‘zgarmaydi.

    Uchinchisi, shunday xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ladiki, ular balansning aktiviga va passiviga ham ta’sir etib, ular summasini ko‘paytirib yuboradi. (+A +P) Bunda yuz bergan xo‘jalik operatsiyasi ta’sirdia balansninng aktiv tomonda bir modda ko‘paysa aynan shu summaga passiv tomnda ikkinchi bir modda ham ko‘payadi.

    To‘rtinchisi, shunday xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ladiki, ular balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi. (-A –P) Bunda yuz bergan xo‘jalik operatsiyasi ta’sirida balansninng aktiv tomonda bir modda kamaysa aynan shu summaga passiv tomnida ikkinchi bir modda ham kamayadi.


    Download 0.78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling