2-chizma
AKTIVLAR PASSIVLAR
I. Uzoq muddatli aktivlar- I.O`z mablag`lari manbalari-
8 819 638,00 (67,9%) 11 593 000,00 (89,3%)
|
Uzoq muddatli majburiyatlar hisobiga –
1 363 832,00 (15,5%)
|
O`z mablag`lari manbalari hisobiga –
7 455 806,00 (84,5%)
|
Uzoq muddatli aktivlarga –
7 455 806,00 (64,3%)
|
Joriy aktivlarga –
4 137 194,00 (35,7%)
|
II. Joriy aktivlar-4 157 124,00 (32%) II. Majburiyatlar-1 383 762,00 (10,7%)
|
O`z mablag`lari manbalari hisobiga –
4 137 194,00 (99,5%)
|
Joriy majburiyatlar hisobiga –
19 930,00 (0,5%)
|
Uzoq muddatli aktivlarga –
1 363 832,00 (98,6%)
|
Joriy aktivlarga –
19 930,00 (1,4%)
|
Balans yakuni
12 976 762,00
|
"STORE PLUS" MCHJning hisobot yili oxiridagi buxgalteriya balansi bo`limlari va moddalari o`rtasidagi bog`liqlikni ko`rib chiqamiz.
2 -chizmada yil oxiridagi holat aks etgan: balansning aktiv qismi yakunida uzoq muddatli aktivlar ulushi 67,9%, joriy aktivlar ulushi 32%ni tashkil qilgan bo`lsa, passiv bo`yicha o`z mablag`lari manbalari ulushi 89,3%, majburiyatlar ulushi 10,7%ga teng bo`lgan. Bundan ko`rish mumkinki, korxonaning o’z mablag’lari xo`jalik mablag`larida eng yuqori ulushga ega.
O’z mablag’lari manbalari hisobidan 7 455 806,00 ming so’m yoki 64,3% mablag’ uzoq muddatli aktivlarga yo’naltirilgan va uning uzoq muddatli aktivlardagi ulushi 84,5% ni tashkil etgan. Qolgan qismi 4 137 194,00 ming so’m yoki 35,7 % mablag’ joriy aktivlarga yo’naltirilgan va uning joriy aktivlardagi ulushi 99,5 %ni tashkil etgan.
Majburiyatlar, shu jumladan uzoq muddatli majburiyatlar hisobidan 1 363 832,00 ming so`m yoki 98,6% mablag` uzoq muddatli aktivlarga yo’naltirilgan va uning uzoq muddatli aktivlardagi ulushi 15,5 % ni tashkil qilgan. Majburiyatlarning qolgan qismi 19 930,00 ming so’m yani 1,4% qismi joriy aktivlarga yo’naltirilgan va uning joriy aktivlardagi ulushi 0,5 %ni tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |