Iqtisodiyot”yo’nalishi 2-kurs 202-guruh talabasi Ja’farov Shavkatbekning


Ishga doir etika va etiket. Menejerning imidji. Imidj tushunchasi


Download 61.96 Kb.
bet12/13
Sana16.06.2023
Hajmi61.96 Kb.
#1500763
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
202-guruh Zamonaviy menejer

3.Ishga doir etika va etiket. Menejerning imidji. Imidj tushunchasi.
Ishga doir etika va etiket.
Ishbilarmonlik etikasi — yaxshilik va yomonlik, ma’naviylik va axloqiylik, insonni jamiyatdagi malum olni, hayoti va faoliyatining ma’nosi haqidagi tushunchalarga mos keluvchi inson xulqining ta’limi va amaliyotidir. Ishbilarmonlik etikasi o‘z ichiga menejer, har qanday ishbilarmon kishi qo‘yilgan maqsadlariga erishish uchun suyanadigan ideallarni oladi. Ishbilarmonlik etikasi faoliyatining u yoki bu sohasida tavakkalli, novatorli, halol, omilkor va qonuniy biznesni olib borishga asoslanadi.
Tadbirkorlik faoliyatining xili va uning alohida turlaridan qat’i nazar, ishbilarmonlik etikasi, ya’ni milliy etnik an’analari va undan kelib chiquvchi qoidalarni hisobga olishi kerak. Ishbilarmonlik etikasi menejerning xarakteri, uning qalbi, aqlining xususiyatlari, motivatsiya, ma’lumoti va bilimlari darajasi, uning jamoada, jamiyatdagi insonlarga nisbatan xulqi bilan chambarchars boglangandir. Obro‘, faxr, halollik, izzattalablik va oliyjanoblik hamda muloyimlik menejerning ishbilarmonlik etikasi «arsenaliga» kiradi, uni ijobiy ta’riflaydi.
Etik me’yorlar, huquqiy me’yorlardan farqliroq, rasmiy ravishda hech qayerda yozilmagan va uzoq vaqt davomida «otalardan» «bolalarga», kattalardan kichiklarga, bir avloddan boshqasiga og‘zaki ravishda uzatib kelingan. Ular asrlar davomida turli xalqlarning ko‘pgina avlodlarining birgalikdagi faoliyati, jamoaviy turmushlari jarayonida vujudga kelgan va madaniyatning asosiy yutuqlaridan biri bo‘lgan. Qonunchilikni himoya qilishda qonunning u yoki bu moddasini buzganlik uchun jazolovchi maxsus davlat idoralarida turgan huquqiy tartibga solishdan farqli ravishda etik me’yorlarga rioya qilinganlik yoki rioya qilmaganlik ustidan nazorat qilish faqat jamoaviy fikr va insonning vijdoni bilan amalga oshiriladi. Xuddi shuning uchun axloqli bolish yoki bo‘lmaslik deyarli to‘liqligicha insonning shaxsiy ijobiy yoki salbiy irodasiga bog‘liqdir.
Albatta, har qanday erkin tanlov omillarning ko‘pligi bilan asoslanadi, shunga qaramay insonni zo‘rlab vijdonli qilish mumkin emas. Insoniy munosabatlar mavjud bolgan hamma yerda axloq ham mavjud boladi, chunki jamiyatda yashab, undan toliqligicha ozod bolish mumkin emas. Soglom fikrlovchi inson, o‘zining shaxsi va qadr-qimmatini hurmat qilgan holda, u muloqotda bolgan har bir inson ham, o‘zining shaxsi va qadr-qimmatini tan olinishini moljallaydi. Shu bilan birga etik me’yorlarning buzilishi ertami yoki kechmi ijtimoiy yoki shaxsiy kulfatlar, baxtsizliklar, halokatlarga olib keladi, axloq o‘zi uchun qasos oladi, negaki uning asosiy belgilanishi insoniyatni uning yagonaligida saqlash, insonlarga o‘zlarining hamjamiyatlarini saqlab qolishlariga yordam berish, bir-birlarini yo‘q qilishga yol qo‘ymaslik, ularning birgalikdagi faoliyatining muvaffaqiyatiga ko‘maklashishdir. Shu sabablarga kola, iqtidorli tadbirkorlar, yirik firma va kompaniyalarning rahbarlari o‘z jamoalari ishini tashkil etishda etik me’yorlarga katta ahamiyat beradilar. Insonlarning ishga doir munosabatlari o‘zaro hurmat, o‘zaro yordam va har qanday xodimning shaxsiga e’tibor qaratish asosida qurilgan joyda hamma vaqt ham ishonchlilik darajasi va muvaffaqiyatning garovi faqat ma’muriy boshqaruv va nazoratga suyanuvchi tashkilotlarga qaraganda yuqoridir. Tadbirkorlarning ishga doir faolligi jarayonidagi bir tomondan ular o‘rtasidagi va boshqa tomondan tadbirkor, davlat va jamiyat oltasidagi o‘zaro munosabatlarni ijobiy belgilab beruvchi asosiy etik sifat halollikdan iboratdir. Halollikni talab qilinishi inson larni ularning ijtimoiy amaliyoti jarayonida birgalikda faoliyat yuritishlari zarurligi, ular faoliyatini o‘zaro muvofiqlashuvi, ularning kundalik hayotlari ehtiyojlari bilan asoslanadi. Halollik o‘z ishiga to‘g‘rilik, o‘z fikrida qattiq turish, o‘ziga olgan majburiyatlarga sodiqlik, qilinayotgan ishning to‘g‘riligiga subyektiv ishonch, tadbirkor o‘zining tijorat faoliyatida amal qiladigan molivatsiyaga nisbatan boshqalar va o‘zining oldida sofdillik, boshqa insonlarning ularga qonunan tegishli bolgan huquqlarini tan olish va rioya qilish kabi ijobiy axloqiy belgilarni oladi. Tadbirkorlarning guruhli birdamligi asosida, hozirgi vaqtda o‘zaro yordam talabi ba’zan ziddiyatli namoyon bolsa ham, ular oltasida o‘zaro yordam vujudga keladi va rivojlanadi. Bir tomondan tadbirkorlar oltasidagi munosabatlarda raqiblik tamoyili amalda bolsa, boshqa tomondan ular ayrim hollarda bir-birlariga o‘zaro yordam va qollab-quvvatlashlarni kolsatishlari mumkin (yetkazib berilgan tovarlarga haq tolash muddatlarini ko'chirish, imtiyozli shartlarda kreditlar berish qismi bo‘yicha).
Biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun menejerlarga ishbilarmonlik etikasining asosini egallash muhimdir. Boshqaruv amaliyoti etik me’yorlarni, ya’ni kasbiy etikaning postulatlari (isbotsiz qabul qilinadigan qoidalar)ni ishlab chiqqan, ular tadbirkor, menejerning etik kodeksi deb ataluvchi asosida yotadilar.
Ya’ni madaniy tadbirkor, menejer:
— o‘z mehnatini nafaqat o‘zi uchun, balki boshqalar, jamiyat, davlat uchun foydali bolishiga ishonishi;
— atrofida olab turgan insonlar ishlashni xohlashlari va bilishlari, o‘zlarini tadbirkor bilan birga kolsatishga intilishlaridan kelib chiqishi;
biznesga ishonishi, uni o‘ziga jalb qiluvchi ijod sifatida baholashi, biznesga san’atga qaragandagi kabi qarashi;
— raqobatning zarurligini tan olishi, ammo hamkorlik zarurligini ham tushunishi;
— o‘zini shaxs sifatida, har qanday shaxsni esa o‘zi kabi hurmat qilishi;
— har qanday mulkni, davlat hokimiyati, ijtimoiy harakatlar, ijtimoiy tartib va qonunlarni hurmat qilishi;
— o‘ziga va boshqalarga ham ishonishi, kasbiy mahorat va omilkorlikni hurmat qilishi;
— ta’lim, fan va texnika, informatika, madaniyatni qadrlashi, ekologiyani hurmat qilishi;
— yangiliklarga intilishi;
— insonparvar bolishi kerak. Shu munosabat bilan 1912-yilda Rossiya savdogarlari gildiyasi tomonidan shakllantirilgan ishbilarmon kishining tamoyillari g‘oyatda ibratlidir:
— hokimiyatni hurmat qil;
— halol va to‘g‘ri bo‘l;
— xususiy mulkchilik huquqini hurmat qil;
— insonni sev va hurmat qil;
— so‘zingga sodiq bo‘l;
— mablaglaring bo‘yicha yasha;
— maqsadga intiluvchi bo‘l.
Menejer uchun yana ma’lum ijtimoiy muhitda vujudga kelgan xulq-atvor qoidalari - ishbilarmonlik etiketini bilish hamda unga rioya qilish ham muhim ahamiyatga egadir.
Etiket - inson xulq-atvorini tartibga solishning shakllaridan biridir. Ammo etiket qoidalari g‘oyatda rasmiy xarakterda boladi va kishining oldiga erkin tanlash muammosini qo‘ymaydi. Ularni bilish va rioya qilish zarur. Etiket tili ko'proq umuminsoniy odob talablarini aks ettiradi, ammo bunda odamlarning yoshi, xizmati, jinsiy farqlarini tartibga soladi, unda vaziyat oldindan kelishib olinadi va aniq harakatning tayyor modellari taklif qilinadi. 236 Etiketning xususiyati uning dialogli ekanligidir, ya’ni etiket barcha bir-birlari bilan muloqot qilayotgan kishilar uning qoidasini bilishlari va «bitta tilda so‘zlashishlarini» ko‘zda tutadi. Masalan, agar kishilar uchrashganda bir-birlari bilan albatta salomlashishga odatlanmagan bo‘lsalar, sizning salomingizga hayratli qarash bilan javob qaytarishlari mumkin. Ammo madaniylashgan muhitda etiket qoidalarini umumiy bilish ko'zda tutiladi va shuning uchun ularga rioya qilish zarur. Insonning umumiy madaniyati ko‘pgina tarkibiy qismlardan vujudga keladi, shu jumladan uning tarbiyasini ichki namoyon qilishni ham tashkil qiladi. Ishbilarmon kishining kiyimi uning jamiyatda tutgan o‘rni, qaddi-qomati, yoshi va u qayoqqa ketayotganligini hisobga olishi kerak.
Mutaxassislarning fikricha, ishbilarmon erkak kishi uchta kostyumga ega bo‘lishi kerak: ishchi, ishbilarmonlik va kechki. Buning ustiga galstuk barcha hollarda ham kiyimning muhim predmeti boladi. Ishchi kiyim — avvalo oddiy kostyum (shim ka kamzul) hamda shim va charmdan kamzul, yaxshi tikilgan kurtka bolishi mumkin, ammo barcha sanab o’tilgan hollarda ham muqarrar shart — ko‘ylak va galstuk.
Erkak kishining ishbilarmonlik kostyumi — har qanday rangdagi shim va kamzul, tegishli ravishda tanlab olingan ko‘ylak va galstuk. Ishbilarmon kishining kechki kostyumi moda tomonidan belgilanadi. Asosiysi erkak kishining ko‘chalik, bayram, kechki kiyimi albatta bir xil rangdagi shim va kamzuldan tashkil topgan bolishi kerak, muqarrar shart — oq ko'ylak.

Menejerning imidji — uning obrazi, ushbu menejerning unga alohida o‘ziga xoslikni beruvchi va uni bir qator boshqa rahbarlardan ajratib turuvchi farqlanuvchi va mutlaq ta’riflari haqidagi mustahkam tasavvurdir. Imidjning asosini ishni maqsadga qaratilgan holda tashkil etilayotgan va qollab-quvvatlanayotgan uslubi hamda menejerning shaxslararo munosabatlari va rasmiy atributlari (belgilari) tashkil etadi.


«Imidj» — inglizcha so‘z bo‘lib, «obraz», «shuhrat»ni bildiradi. Bu kimningdir, nimaningdir ommaviy ongda vujudga kelgan va stereotip xarakterga ega bo‘lgan hissiyotli bo‘yalgan obrazidir. 0 ‘zining imidji haqidagi g‘amxollik bu uni kishilar ongida gavdalanishi, o‘zini o‘zi namoyon etishidir. Imidj tushunchasi personifikatsiya (gavdalantirish, tasvirlash) ga yaqinroq boladi, ammo o‘z ichiga shaxsning nafaqat tabiiy xususiyatlarini, balki maxsus yaratilganlarini ham oladi. Bundan tashqari, u kishining tashqi qiyofasi va ichki dunyosi haqida, uni psixologik turi haqida gapiradi. Kasbiy imidjni olish ishbilarmon kishi, yetakchi uchun birdanbir maqsad emas. Ammo unga ega bolish uning g‘oyatda muhim shaxsiy va kasbiy ta’rifini tashkil qiladiki, bu chuqur amaliy ma’noga ega. «Imidj» tushunchasining ma’nosi turli yig‘ilganlardan vujudga keladi. Uning eng muhim qismi tarbiyasidir. Gap shundaki, tarbiyali kishi insoniy tajriba tomonidan tekshirib chiqilgan tarbiyaviy nasihatlar bo‘yicha yashash zarurligini his qiladi, tarbiyasiz esa hamma vaqt shaxsiy ehtiroslari va ehtiroschalarining asiri bo‘ladi va uning ideali — hamma narsaga yo‘l qo‘yilganlikdir.
Jamiyatimizga avvalo ma’naviy yetuk ishonchli menejer zarur. Uning e’tiborini insoniyat madaniyatining barcha boyliklarini qamrab olishi kerak, ya’ni u keng gumanitar bilimlarga ega bolishi kerak. Imidjni shakllantirishning asosiga quyidagi tamoyillar qo‘yilishi mumkin:
— takrorlash tamoyili;
— ta’sirni uzluksiz kuchaytirish tamoyili;
— «ikkiyoqlama chaqiruv» tamoyili.
Takrorlash tamoyili inson xotirasining xususiyatlariga suyanadi: takrorlanuvchi axborotlar yaxshi esda qoladi. Kishilarga qabul qilingan xabarni o‘ziniki qilish uchun vaqt kerak bo'ladi. Qayta takrorlash esa kishi ruhiyatini kolaradi. Ta’sirning uzluksiz kuchaytirish tamoyili isbotlangan bolib tuyg‘uli murojaatni kuchaytirishini asoslab beradi, masalan: «Bu faqat Siz uchun» yoki «Men Siz uchun» va har qanday harakatlarning asta-sekin kuchaytirilishi ijobiyroq qabul qilinadi.
Ammo asta-sekin, portlovchi emas. Bu shuning bilan bogliqki, insonning sensorli (sezgi)apparati axborotlarni shovullashiga qarshilik qiladi. Axborot mumkin bolganning chegarasidan olish bilan qabul qilish kanallari to‘silishi va kelib tushgan axborotlarni qayta ishlab chiqilishi sodir boladi. Ta’sir qilish harakatlarini asta-sekin va uzluksiz kuchaytirilishi istalgan siljishlarga olib keladi.
«Ikkiyoqlama chaqiruv» tamoyili xabar nafaqat va shunchaki aql bilan qabul qilinishini bildiradi. Ongsizlik bilan qilingan ruhiy jarayonlar, inson ruhiyatining tuyg‘uli sohasi muhim rolni o‘ynaydi. 0 ‘zining rolini o‘ynashi uchun imidj kishilar e’tiborini o‘ziga tortishi, ularning faolligini kerakli yo‘nalishga yo‘naltirishi, keyin esa inson holatini boshqarishni amalga oshirishi lozim.
Imidjning odamlarga ta’siri AIDA formulasi bo‘yicha sodir boladi, bu yerda A (attention inglizcha «e’tibor, e’tiborni jalb qilish»);
I (interest) imidjga qiziqishni o‘yg‘otish;
D (demand inglizcha «talab», «ehtiyoj») harakatni amalga oshirish ehtiyojini uyg‘otish;
A (action) harakatlarni bajarishga undash.
Bunda imidjni namoyish qilish yordamida kishilar holatini bosqichma-bosqich boshqarishning sxemasi quyidagicha:

  • e’tiborni jalb qilish

— qiziqishni uyg‘otish
— ehtiyojni yaratish
— o‘chakishtirilgan harakat. Imidjni yaratishda turli namunalar asos qilib olinadi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, yaratilgan taassurotning 92% kishining qanday kolinishi va «sado berishiga» bogliqdir.
Shuning uchun ko‘pgina siyosatchi va menejerlar akterlik savodsizligini tugatishni, quyidagilarni olgana turib o‘zlashtiradilar.
— tabassum qilish san’ati;
— tovushni qo‘yish;
— imo-ishoralar, mimika va gavdani tutish texnikasi.
Bunda imidjmeykerlar — imidjni shakllantirish bo‘yicha mutaxassislar yordam beradilar. Mamlakamizda yetakchining imidji qurilmaydi, balki unga joylashtiriladi. Imidjmeykerlar rahbarda mavjud imkoniyatlarni yoniga qurish tartibida ishlaydilar, chunki ayrim yetakchilarimiz hammaga yetadigan xarizmani ulashib olganmiz deb hisoblaydilar.
Rahbarning o‘z imidjini shakllantirishdagi roli imidjmeykerlarga iloji boricha yordam berishi, ularga toliq ochiqlik bilan ko‘maklashishi, ularning tavsiyalarini o‘z harakatlari dasturi sifatida qabul qilishdan iborat bolishi kerak. Ko‘pgina hollarda menejerning imidji bu aniq vaziyatda uddaburonlik bilan o‘z yolini topish va shuning uchun holat modelini to‘g li tanlashning natijasidir. Menejer o‘zining albatta madaniyatlashtirilgan uslubi, oliyjanob obrazi, tadbirkorning nafaqat muvaffaqiyatini yarmini, balki faoliyatdan doimiy ravishda qanoatlanishini kafolatlaydigan imidjiga ega bolishi zarur.
Madaniy va muvaffaqiyatli bolishni istagan menejer quyidagilarga rioya qilishi kerak:
— va’dani muddatida bajarish. Agar bajara olmasa, bahona qilish emas, balki yangi muddatni belgilash va kechikib bolsa ham, o‘z so‘zining ustidan chiqish;
— «foydasiz» takliflarga e’tiborli va obyektiv bolish;
— keraksiz takliflarni odob va muloyimlik bilan rad qilish;
— o‘ziga ishongan bolish, ammo katta ketishdan qochish;
— qabul qilingan keraksiz qaror uchun javobgarlikni qoli ostidagilarga, agar bu ularning huquq doiralariga kirmasa yoki ular sizdan tegishli vazifa yoki tavsiya olmagan bolsalar, yuklamaslik;
— qoli ostidagilarni xafa qilib emas, to‘g‘ri tarbiyalash, ularning unumli mehnati va tashabbusini rag‘batlantirish;
— hech qachon fikringiz va nuqtayi nazaringiz hamma vaqt ham yaxshi bolmasligini, mutlaqo yomon bolmagan boshqa fikrlar va nuqtayi nazarlar borligini esdan chiqarmaslik;
— muvaffaqiyatsizlik, uzilish va xatoning hech bir holatini sinchiklab tahlil qilmasdan qoldirmaslik;
— ishda uchta«maslik»: jahl qilmaslik, sabr-toqatni yo‘qotmaslik, sho'baishib ketmaslikka amal qilish;
— o‘zining kechikishi yoki tadbirni tayyorlamaganligi uchun ishni boshlanishini kechiktirish hamkorlar, qoli ostidagilarga nisbatan hurmatsizlikning yuqori darajasidir;
— kishilarning kamchiliklariga, agar bu kamchiliklar biznesga xalaqit bermasa, chidamli bolish; Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, odamni nafaqat so‘z bilan haqoratlash mumkin, imo-ishoralar, mimika, gavdaning turishi ham ifodaliroq boladi;
— kishining ishga doir sifatlariga, ayniqsa sizning u bilan munosabatingiz yomon bolsa, adolatli bolish;
— iqtidorli xodimlardan qolqmaslik;
— xodimlarga tashkilotning maqsadlariga erishish uchun ko‘proq erkinlik berish;
— kishilar oldida maqtash, yakkama-yakka qolganda koyimoq;
— inson uchun kamsitishdan keskinroq va ogliqliroq hech narsa yo‘qligini esdan chiqarmaslik. U unutilmaydi va kechirilmaydi;
— eshitishni bilish, cheksiz sabr-toqatga ega bolish.

Xulosa


Menejer bu maxsus tayyorgarlik ko’rgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonunqoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir.
Har bir menejer o’ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash,
boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul ma'nosini anglatadi.
Rahbarning ish uslubi bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda
uning o’ziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini
tashkil etganda va qo’l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda o’z vazifalariga
muvofiq ish ko’radi.
Biroq, har bir rahbar bunda o’ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o’zi
uchun mos bo’lgan, o’z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan harakat qiladi.
Rahbarlik uslubi rahbarlarning o’z qo’l ostidagilari bilan aloqasida, ularning
o’zaro munosabatlarida tarkib topadi.


Download 61.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling