Iqtisodiyxafsizlik


Download 136.37 Kb.
bet2/3
Sana18.11.2023
Hajmi136.37 Kb.
#1785707
1   2   3
Bog'liq
M-91-2 Izzatullayev Suxrob oraliq nazorat ishi

2. Marketing axborot tizimi
Bozor nima, uning turlari, bozor mexanizmi qanday amal qiladi, talab, taklif nima, bozor muvozanati qay tarzda o‘rnatiladi – bu savollarga marketing nuqtayi nazaridan murojaat qilamiz. Marketing bo‘yicha mutaxassislar axborot bu bozorga zarurat va talablari umumiy bo‘lgan, ularni qondirish maqsadida ayirboshlashga tayyor mavjud va bo‘lajak xaridorlar to‘plami, deb tarif berishadi.
Xaridorlarga ishlab chiqarish (tarmoq) vakillari o‘z tovarlarini ko‘proq foyda keltiradigan shartlarda sotishni maqsad qilib qo‘ygan bir-birlari bilan raqobatlashuvchi sotuvchilar to‘plami qarama-qarshi turadi. Sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasidagi munosabatlar quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi:

Marketing sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida axborot almashinuviga, to‘g‘ri va teskari aloqalardan foydalanishga asoslanadi.
AXBOROT (ingl. news) — taqdim etilishi shaklidan qat’iy nazar shaxs ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega bo‘lgan voqea, hodisa, jarayonlar, dalil, bilim, tushunchalar va taqdimot kabi obyektlar haqidagi ma’lumotlardir. Shunday ekan, axborotdan foydalanish ko‘lamlari jamiyat rivojlanishi darajasini belgilaydi. Marketing faoliyatiga xos bo‘lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta’minlash zarur bo‘ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bo‘ladi va rivojlanib boradi.
Marketingni boshqarish bozorni barcha tashkil etuvchilarni (qismlarini) (xaridorlar, ularning talabi, tovarlar, narxlar, raqobatchilar) tahlil qilishdan va baholashdan boshlanadi. Maqsad – olingan axborot asosida firmaning bozorda o‘zini qanday tutishi kerakligini ishlab chiqish. Axborotning bozordan ishlab chiqaruvchilar tomon harakatlanishi marketing tadqiqotlari jarayonining mazmunini tashkil qiladi. Keyinchalik ishlab chiqaruvchilar va bozorlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi marketing kommunikatsiyalarining turlicha – reklama, shaxsiy sotuv, «Public Relationss» kabi shakllarida davom etadi.
Tijorat dunyosi – murakkab hodisa. Tadbirkor qanchalik boy tajribaga qanchalik beqiyos intuitsiyaga ega bo‘lmasin har qanday holatda ham unga dinamik tarzda rivojlanib borayotgan tovar va xizmatlar bozori to‘g‘risida to‘liq va obyektiv axborot zarur bo‘ladi. Kim marketing axborotiga egalik qilsa, o‘sha bozorda muvaffaqiyatga erishadi.
Uzoq vaqt va katta mablag‘ talab qiladigan menejerlar tomonidan yangi tovar ishlab chiqarish, uni bozorga olib chiqish, raqobatbar-doshligini kuzatish va nihoyat, ishlab chiqarishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilish jarayoni odatda, ishonchli va o‘z vaqtida taqdim etilgan marketing axborotiga asoslanadi. Zamonaviy marketing axborotga tayanadi.
Marketing faoliyati ikki oqim bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, birinchi oqim-firma faoliyati natijalari to‘g‘risida axborot, ikkinchisi bozor va atrof-muhit to‘g‘risidagi axborot oqimidir. Marketing faoliyati ana shu ikki oqimga ta’sir ko‘rsatib, iste’molchilar talabini maksimal darajada qondirish va firmalar foydasini ta’minlashga qaratilgan.
Bozor holati va dinamikasi to‘g‘risidagi tezkor axborotga bozor subyektlarining 85 foizi, bozorda yuzaga kelayotgan holatlar (raqobatchi kompaniyalar xatti-harakati, iste’molchilar talablarining o‘zgarishi, bo‘lajak xaridorlarning yangi tovarlarga bo‘lgan munosabati) to‘g‘risida esa 70 foizi ehtiyoj sezadilar. Tijoratchilarning 85 foizi fikriga ko‘ra marketing axborotlarini har hafta va o‘n kunda olish davriyligi eng maqbul hisoblanadi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida marketing axboroti faoliyati bilan hududiy axborot-marketing markazlari, ekspertlar guruhlari, marketing bo‘limlari mutaxassislari shug‘ullanadilar.

Ushbu rasmda marketing aloqalari tizimidagi axborot oqimlari va omillarning o‘zaro ketma - ketligi va bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
Marketing axboroti korxona uchun zarur, chunki u:
- marketing muhitidagi o‘zgarishlarni kuzatib borish imkonini beradi;
- marketing strategiyasi va korxonaning umumiy strategiyasini moslashtirish imkonini beradi;
- tijorat qarorlari qabul qilishdagi mavhumlik va risklarni kamay-tiradi;
- marketolog (bozorshunos) sezgirligini mustahkamlaydi;
- raqobatda imtiyozlarga ega bo‘lishga ko‘maklashadi. Bozorning ar qanday subyektiga bozorda yuzaga kelayotgan vaziyat to‘g‘risida aniq axborot zarur.
O‘tgan asrning 90-yillaridayoq Amerika axborot industriyasida 4 mingga yaqin ma’lumotlar banki mavjud bo‘lgan. Bunda marketing axborotini qayta ishlash bilan 1686 ta turli tashkilotlar shug‘ullangan.
Tashkilotlarda bozor holati to‘g‘risidagi axborotlarni muntazam yig‘ib borish marketing bo‘limining muhim vazifasi hisoblanadi. Marketing axboroti yig‘iladi, tahlil qilinadi va marketing axboroti tizimi doirasida taqsimlanadi.
Marketing axborot tizimi (MAT) – marketing qarorlarini tayyor-lash, qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ishonchli axborotlarni tayinlan-gan vaqtda tahlil qilish va taqsimlashga mo‘ljallangan xodimlar, uskuna va amallar jamlanmasidir.
MAT marketing xizmati rahbarlari va mutaxassislari uchun zarur bo‘lgan ichki va tashqi manbalardan olingan ma’lumotlar shaklini o‘zgartiradi. Ichki axborot mahsulotga buyurtmalar, sotuv hajmi, jo‘natilgan mahsulotlar, zaxiralar miqdori, jo‘natilgan mahsulot uchun amalga oshirilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Tashqi manba ma’lumotlari joriy tashqi axborot (marketing razvedkasi) va marketing tadqiqotlari olib borish jarayonida olinadi.
Axborotning to‘liqligi, haqqoniyligi, ishonchliligi, tizimliligi, o‘z vaqtida taqdim etilganligi va davriyligiga nafaqat yangi mahsulot taqdiri, balki ba’zan firmaning taqdiri ham bog‘liq bo‘ladi.
Tashkilotlar atrofidagi o‘zgarishlarning tezligi oshib borayotgan sharoitda raqobatda o‘z ishini Bill Geyts “elektron asab tizimi” deb nomlagan eng yangi axborot texnologiyalari asosida tashkil qilganlar yutib chiqadilar. Quyidagi so‘zlar unga tegishli: “Elektron asab tizimi” elektron jarayonlar majmuasidir. Uning yordamida kompaniya dunyoni ko‘radi va mos ravishda undagi o‘zgarishlarga javob qaytaradi, xoh u raqobatchilar qo‘rg‘onidagi yangi hodisa bo‘lsin, xoh mijozlarda yuzaga kelgan yangi talab bo‘lsin.
“Elektron asab tizimi” ni yaratish uchun qurilmalar va dasturiy ta’minot talab qilinadi. Oddiy kompyuter tarmog‘idan uni aniqlik, tezkorlik va taklif qilinayotgan axborotning qamrov kengligi ajratib turadi. “Elektron asab tizimi” biznesni fikr tezligida yuritish imkonini beradi, bu esa XXI asrda muvaffaqiyat garovi hisoblanadi”. Zamonaviy iqtisodiyotda marketing tadqiqotlarining roli katta. Ularga qilinayotgan xarajatlar o‘sib bormoqda va bu xarajalar o‘zini oqlamoqda. Rivojlangan mamlakatlarda sotilgan mahsulotning har ming dollariga 6 dollardan to‘g‘ri keladi.



Download 136.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling