Iqtisoiyot(tarmoqlar va sohalar bo’yicha)yo’nalishi


-bosqich – yangilik kiritish bosqichi


Download 9.1 Kb.
bet2/4
Sana05.05.2023
Hajmi9.1 Kb.
#1426657
1   2   3   4
Bog'liq
menejment 8

1-bosqich – yangilik kiritish bosqichi

Ushbu bosqich mahsulotning konstruktiv xususiyatlari va texnik xarakteristikalari xaridorlar tomonidan xali to’la o’rganilmagan vaqtda talabning qat’iy emasligi, bozorning egallanmaganligi, yangi tovarga talab o’sishining sekin kechishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda xaridorlar bozorda yangi mahsulotga e’tibor berib, uning afzalliklarini baholab boradilar, natijada xaridlar hajmi sekin o’sa boshlaydi.

2-bosqich – xarid hajmining ko’payish bosqichi

Ushbu bosqichda tovarning yuqori iste’mol xususiyatlarining xaridorlar tomonidan tan olinishi evaziga talabning o’sishi bilan bog’liq holda ishlab chiqarish va xarid hajmi ko’payadi. Bu birinchi bo’lib ommaviy mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan firmalar uchun maksimal foyda olish vaqti hisoblanadi.

3-bosqich – bozorni to’ldirish bosqichi.

  • Ushbu bosqich xaridorlarning asosiy qismining ushbu tovarga bo’lgan o’z ehtiyojlarini qondirib bo’lganligi, uning ishlab chiqarilishi raqobatchilar tomonidan o’zlashtirila boshlanganligi va raqobat belgilari paydo bo’lganligi bilan xarakterlanadi.

4-bosqich – kamayish bosqichi


Ushbu bosqichda mahsulotning hayotiylik siklini uzaytirish uchun uni ishlab chiqarish nisbatan past ishlab chiqarish harajatlariga ega bo’lgan, ko’pincha rivojlanayotgan mamlakatlarga bevosita investitsiyalar yo’li bilan ko’chiriladi. Bu mamlakatlarga ushbu mahsulotni eksport qilish, odatda, bu yerda ularni ishlab chiqarishdan ilgari boshlangan bo’ladi. Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirilishi natijasida mahsulotni xorijiy mamlakatlardan import qilish qisqaradi.

2.Xorijda tadbirkorlik faoliyatini yuritish stimullari

Zamonaviy sharoitlarda xorijiy tadbirkorlik stimullariga quyidagilar kiradi Ichki milliy bozordagi faoliyatga nisbatan yuqori foyda nisbatan yirik va qudratli firma ta’siri xukumat va xalqaro tashkilotlar ta’siri kompaniyalar faoliyatini chet elga ko’chirishga majbur qiluvchi milliy bozordagi noqulay sharoitlar qabul qiluvchi mamlakatda bozor sig’imi, tabiiy resurslar,malakali arzon ishchi kuchi, ”inson kapitali” yuqori malakli mutaxasislar, muxandislar, olimlarning mavjudligi eksport uchun to’siqlar tavakalchilarning diversifikatsiyasi


Download 9.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling