Irkinova ruhshona solijon qizi
shtat birligida tarbiyachi va 1 shtat
Download 290.81 Kb. Pdf ko'rish
|
777e2070-6570-4e8f-9de2-22de8afbf722
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12 nafarni ; - quvvati 50 nafargacha bo’lganda, ikkita guruhida tarbiyalanayotgan bolalar soni kamida 37 nafarni
shtat birligida tarbiyachi va 1 shtat birligida tarbiyachi yordamchisi lavozimida band
bo‘lgan xodimlarning ish haqini to‘lash uchun; -ta’lim-tarbiya olayotgan har bir bolani ovqatlantirish, yumshoq jihozlar (matras, yostiq, ko‘rpa, choyshab, ko‘rpa va yostiq jildlari, yoping‘ich) hamda dori-darmonlar bilan ta’minlashga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun (davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida belgilangan normativlar bo‘yicha); -boquvchisini yo‘qotgan ayollar farzandlarining ota-onalar badali to‘lovlarini tegishli hududdagi 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan miqdorlarda subsidiya olish uchun; 3.9. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlaridagi tarbiyalanuvchilari bo‘yicha o‘rtacha oylik davomati foizi 40 foizdan kam bo‘lganda, hisobot oyi uchun xodimlariga ish haqiga subsidiya hisoblanmaydi va to‘lanmaydi; 3.10. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga yollangan tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga ish haqini to‘lash uchun subsidiyalar ushbu oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining: - quvvati 25 nafargacha bo’lganda, har bir guruhida tarbiyalanayotgan bolalar soni kamida 12 nafarni; - quvvati 50 nafargacha bo’lganda, ikkita guruhida tarbiyalanayotgan bolalar soni kamida 37 nafarni(bir guruhda bolalar soni kamida 12 nafarni) tashkil qilganda to‘lanadi. 3.11. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining xodimlari va tarbiyalanuvchilarining haqiqiy davomati hisobi Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — NMTTBAT)da jismoniy shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali yuritiladi. 3.12. Biometrik identifikatsiya qilish jarayoni oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari yoki xodimlarining smartfonlari yoxud planshetlari yordamida, ushbu tashkilotning joylashuvi (geolokatsiyasi) hisobga olingan holda har ish kuni bir marotaba soat 07.00 — 17.00 gacha amalga oshiriladi; 3.13. Mazkur bitimda ko‘rsatilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining manzili (joylashuvi bo‘yicha geolokatsiyasi)dan boshqa joyda qayd etilgan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomati NMTTBATda hisobga olinmaydi va ular uchun subsidiya to‘lanmaydi; 3.14. NMTTBATning mobil ilovasidan internet tarmog‘isiz (offline rejimida) foydalangan hollarda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari va tarbiyalanuvchilari davomati bo‘yicha qayd etilgan ma’lumotlar hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechikmasdan internet tarmog‘iga ulangan holda (online rejimda) NMTTBATga taqdim etilishi zarur. Xususiy sherik tomonidan NMTTBATga ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilmagan taqdirda unga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar to‘lanmaydi; 3.15. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari NMTTBAT orqali taqdim etilgan reestr asosida subsidiyalarni oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tijorat bankidagi hisobvarag‘iga va ushbu tashkilotlar xodimlarining tegishli bank plastik kartalariga belgilangan tartibda o‘tkazib beradi; 3.16. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga Davlat budjeti mablag‘laridan subsidiyalar miqdori u tomonidan NMTTBAT va uning mobil ilovasidan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshirilgandan so‘ng hisoblanadi. Download 290.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling