Irkinova ruhshona solijon qizi
IV. BITIMNING AMAL QILISh MUDDATI VA ShARTLARI
Download 290.81 Kb. Pdf ko'rish
|
777e2070-6570-4e8f-9de2-22de8afbf722
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat sherigiga
- 12 — 25 nafargacha turli yoshdagi bolalarni qabul qilish. Mazkur bitimning 1.1-bandida ko‘rsatilgan quvvat 37 nafar va undan yuqori (ko‘pi bilan 50 nafargacha
IV. BITIMNING AMAL QILISh MUDDATI VA ShARTLARI
4.1. Mazkur Bitim o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab kuchga kiradi va 2026-05-22 sanagacha amal qiladi. 4.2. Xususiy sherik Davlat sherigi talabiga ko‘ra bitim bo‘yicha majburiyatlarni bajarilishi to‘g‘risida Maktabgacha va maktab ta’limi hududiy boshqaruv organlari orqali Davlat sherigiga axborot va hisobot taqdim etadi. 4.3. Ushbu bitim amal qiladigan butun muddat davomida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatining ixtisosligini va yo‘nalishini o‘zgartirish qat’iyan taqiqlanadi. V. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI 5.1.Xususiy sherik quyidagi huquqlarga ega: 5.1.1. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini litsenziya olmagan holda amalga oshirish; 5.1.2. Tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib subsidiya mablag‘lari hisobidan ko‘pi bilan 4,5 ta shtat birligida (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 2,25 shtat birligigacha), shu jumladan, bir guruhda — 1,25 shtat birligida tarbiyachi va 1 shtat birligida tarbiyachi yordamchisini yollash; 5.1.3. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida har bitta guruhga 12 — 25 nafargacha turli yoshdagi bolalarni qabul qilish. Mazkur bitimning 1.1-bandida ko‘rsatilgan quvvat 37 nafar va undan yuqori (ko‘pi bilan 50 nafargacha ) bo‘lgan taqdirda va birinchi guruhda 25 nafar bola to‘liq shakllantirilganidan keyin ikkinchi guruhni ochish; 5.1.4. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini xususiy sherikning o‘ziga yoki turmush o‘rtog‘iga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar yoki noturar joyda ochish. Agar turar yoki noturar joy boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo‘lsa, bitim muddati davomida amal qilish sharti bilan notarial tasdiqlangan ishonchnoma yoki davlat organlaridan ro‘yxatdan o‘tgan ijara shartnomasi asosida yoxud qonunchilikda belgilangan boshqa asoslarga ko‘ra foydalanish mumkin bo‘lgan turar va noturar joylarda amalga oshirish; 5.1.5. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan tartibda o‘z mablag‘lari hisobidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari va xodimlarining malakasini oshirish; 5.1.6. Ota-onalar bilan kelishuv bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish (shu jumladan o‘qituvchilar, murabbiylar, tibbiyot xodimlarini taklif qilish); 5.1.7. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish tartibi va bolalarning tashkilotda bo‘lish vaqtini ota-onalarning istak va talablaridan kelib chiqib belgilash, 5 kunlik ish haftasi uchun,qoida tariqasida,9 soatli kunlik ish tartibini joriy etish, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib 6 kunlik ish haftasini ham joriy etish; 5.1.8. Xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar hisobiga tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisi ishini qo‘shimcha ravishda rag‘batlantirish; 5.1.9. Ta’lim berish jarayonida Davlat sherigi tomonidan tasdiqlangan o‘z (mualliflik) dasturlaridan foydalanish. 5.1.10. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiya olish; 5.1.11. NMTTBATning mobil ilovasini yuklab olish, NMTTBATning internet-sayti yoki mobil ilovasi yordamida NMTTBATga kirib, unda ko‘rsatilgan ommaviy oferta talablari va shartlari bilan tanishish, ushbu axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha o‘z roziligini bildirish va elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash. 5.1.12. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyachilari va tarbiyachi yordamchilari ishda bo‘lmagan vaqt (mehnat ta’tili, o‘z hisobidan ta’til, kasallik varaqasi ochilgan davr va boshqa holatlar)da ularning o‘rniga vaqtincha boshqa tarbiyachilar va tarbiyachi yordamchilarini yollash va ularning ishlagan kunlari bo‘yicha haqiqiy davomatidan kelib chiqib, ular haqida ma’lumotlarni NMTTBATga kiritgan holda ish haqi uchun subsidiya olish; 5.1.13. Uch yosh va undan katta yoshdagi (boquvchisini yo‘qotgan ayollarning 2 yosh va undan katta yoshdagi), shu jumladan, 7 yoshga to‘lgan, biroq maktabga qabul davrini kutayotgan bolalar uchun subsidiya olish; 5.1.14. Texnik yoki boshqa sabablarga ko‘ra hisobot oyida NMTTBATda subsidiyaning ortiqcha yoki kam hisoblanganligi aniqlanganda, hisobot oyidan keyin keladigan oyda ushbu subsidiyalarni tegishli summalar qo‘shilgan (yoki kamaytirilgan) holda olish; 5.1.15. Foyda olish; 5.1.16. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki «Litsenziya» axborot tizimidan foydalangan holda xabarnoma berish orqali o‘z tashabbusi bilan faoliyatini to‘xtatish. Download 290.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling