Iroda haqida tushuncha


Download 392.85 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi392.85 Kb.
#1572724
1   2   3   4
Bog'liq
IRODA HAQIDA TUSHUNCHA

Irodaviy harakatlar ikki xil bo‘ladi: jismoniy va aqliy harakatlar. Jismoniy harakatlarga har xil mehnat operatsiyalari, o‘yin, sport mashg‘ulotlari va boshqalar. kiradi. Aqliy harakatlarga esa masala echish, yozma ishlar, dars tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va shu kabilar kiradi. Ko‘p vaqt takrorlanib, o‘zlashib ketgan ko‘nikma va odat bo‘lib ketgan harakatlar ham murakkab irodaviy harakatlardandir. Qarorni ijro etish odatda ma’lum vaqt, muddat bilan bog‘liq bo‘ladi. Qaror kechikmasdan belgilangan vaqtda ijro etilsa bu irodaning ijobiy sifatidan dalolat beradi. Bu esa ishchanlik, puxtalikni bildiradi. Ammo qabul qilingan qaror hamisha bajarilavermaydi. Ayrim hollarda esa o‘z vaqtida ijro etilmay qoladi. Kishining ba’zi bir holatlarida a’zoyi-badani bo‘shashib turganda, xafalik chog‘ida o‘z kuchlari va imkoniyatlaridan hafsalasi pir bo‘lib turganda qaror ha deganda bajarilavermaydi. Qarorni bajarishda ro‘y beruvchi to‘sqinliklar oldindan nazarda tutilmaganda yoki maqsadning o‘zi vaziyat o‘zgarishi bilan kerak bo‘lmay qolganda shunday bo‘ladi.
Shunday hollar ham bo‘ladiki odam ko‘pgina qaror qabul qiladi, ammo qarorning ijrosi cho‘zilib ketadi, paysalga solinadi, boshqa muddatlarga ko‘chiriladi. Ijrosi paysalga solinadigan yoki butunlay ijro etilmaydigan qarorlar ko‘pincha niyatlar deb ataladi. Ancha vaqtdan keyin, lekin muayyan muddat o‘tgach ijro etiladigan qarorlar ham niyatlar deb ataladi. Masalan, o‘quvchi yoki talaba o‘quv yilining boshida barcha imtihonlarni faqat “a’lo” baholar bilan topshirishga qaror qilishi mumkin.
Download 392.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling