Iroda jarayonlari va ularning tavsifi
Murakkab irodaviy ish-harakatlar strukturasida
Download 21.12 Kb.
|
IRODA BORASIDAGI PSIXOLOGIK JARAYONLAR
Murakkab irodaviy ish-harakatlar strukturasida uch bo‘g‘in - maqsad qo‘yish, fikrda planlashtirish va ularni amalga oshirish bo‘g‘inlari bir-biridan farq qilinadi. Maqsad qo‘yish odamning shu maqsadga bo‘lgan o‘z motivlarini anglab olish bilan bog‘liqdir. Masalan, havas yaxshi anglab olinmagan niyat bo‘lib, bunda odam biror narsa yetishmay turganidan qattiq iztirob chekadi, lekin tug‘ilgan niyatning nimaligini, ehtiyojni qondirishning maqsad va vositalarini ravshan tasavvur etol- maydi. Bunday motivlarning yolg‘iz o‘zi ta’sirida hali harakat sodir bo‘lmaydi. Xohishning o‘zi eng yaxshi anglangan motivdir. Bunday yuksak motivlar bilan past motivlar kurashi protsessida iroda tarkib topadi, binobarin, bunday hollarda kurash natijasi odam irodasiga obyektiv baho bo‘ladi. Ma’naviy jihatdan tarbiyalangan odam, yuksak motivlaming kuchliligi bilan ajralib turadi. Natijada uning ko‘pgina murakkab xatti- harakatlari motivlarning uqubatli kurashsiz, boshqacha aytganda, qalb da’vati bilan sodir bo‘ladi. Shaxsning irodaviy xislatlari (sifati, xususiyati) maqsadni amalga oshirishda uchragan to‘siqlarni yengish borasida odamning tajribada hosil qilgan o‘ziga xos usullardan iboratdir. Shaxsning irodasi, tub ma’nosi bilan aytganda, har xil irodaviy xatti-harakatlar va xususiyatlar majmuyidir. Harakatning maqsadga qaratilganligi odamning bosh, yetakchi irodaviy xususiyatidir. Shaxsning boshqa eng muhim irodaviy xususiyatlarini sanab o‘tamiz. Tashabbus o‘z xohishi bilan ish, amal qilish va xatti-harakat ko‘rsata bilish; qat’iyatlilik ikkilanmasdan, har tomonlama o‘ylab qarorlar qabul qila olish va ularni izchil suratda amalga oshira bilish; sabotlilik ~ qiyinchiliklarga qarshi kurashda g‘ayratni bo‘shashtirmasdan maqsad orqasidan doim uzoq vaqt quva bilish; sabotlilik - qabul qilingan qarorni amalga oshirishga xalaqit beruvchi ish-harakat, his va fikrlarni to‘xtata bilish; yig‘noqlik - o‘z ish- amallari va xatti-harakatlarni planlashtira olish, ijro etishda planga amal qila bilish. Shaxsning irodasizlik yoki bo‘sh irodalilikdan iborat xususiyatlari ham xilma-xildir, bular prinsipsizlik, tashabbussizlik, yengiltaklik, jur’atsizlik, shoshma-shosharlik va boshqalardir. Bular irodaning ijobiy irodaga mutlaqo zid xususiyatlaridandir. Tirishqoqlik yalqovlikka, dadillik (va jasurlik) qo‘rqoqlikka, mardlik jur’atsizlikka, sabotlilik qaysarIikka, qat’iyatlilik qat’iyatsizlikka qarshi qo‘yiladi va hokazo. Bu yoshda ko‘p irodaviy sifatlar ham xarakter xususiyati bo‘la olish darajasida barqaror bo‘lmaydi. Yuqori sinf o‘quvchisi tez g‘ayratga kiradi va bu ruhiy ko‘tarilish holatida katta qiyinchiliklarni yenga oladi, maqsadga erishish yo'lida qat’iylik ko‘rsata oladi. Lekin, uning g‘ayrati oldindan payqalmagan qandaydir biror to‘siqqa duch kelsa, u shunday tez soviydi. Unda ichki tormozlanish yetarli darajada mashq olgan va o‘smirlardagidek qarama-qarshiliklar, buzilishlar uchramaydi, ammo uning irodaviy g‘ayrati hissiyot, qiziquvlar bilan hamon mahkam bog‘langan bo‘ladi. Yuqori sinf o‘quvchilari irodasining o‘sishiga barqaror hayotiy g‘oyalaming tarkib topishi g‘oyat zo‘r ta’sir ko‘rsatadi. O’smir o‘z hayotining maqsadi haqida endigina o‘ylay boshlaydi, yuqori sinf o‘quvchisi esa butun sharoit talabi bilan o‘zining hayot yo‘lini tan- lash zarurati oldida turadi. U doimo o‘z qiziqishlari, mayl va qobili- yatiga baho beradi, o‘z iste’dodi, kasbi haqida o‘ylaydi, o‘zini amalda sinab ko‘radi. G‘oyalar kundalik tarbiyaning istalgan maqsadigina bo‘lmasdan, balki muhim vositasi hamdir. G‘oyalar irodaning nima maqsadga qaratilishini belgilaydi.
Download 21.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling