Iroda jarayonlari va ularning tavsifi


Download 21.12 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi21.12 Kb.
#1551583
  1   2   3
Bog'liq
IRODA BORASIDAGI PSIXOLOGIK JARAYONLAR



MAVZU: IRODA BORASIDAGI PSIXOLOGIK JARAYONLAR


REJA:


  1. IRODA JARAYONLARI VA ULARNING TAVSIFI



  1. IRODANING INSON EHTIYOJ VA MOTIVLARIGA BOG‘LIQLIGI




  1. IRODAVIY FAOLIYATNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI



IRODA JARAYONLARI VA ULARNING TAVSIFI
Psixologiya fanida iroda kategoriyasi kishilik jamiyati ijtimoiy- tarixiy, ijtimoiy-psixologik taraqqiyotining har bir bosqichida muayyan darajada o‘rganilgan. Chunki, taraqqiyotning har bir davri uchun shaxs kamoloti alohida ahamiyat kasb etgan, uning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan irodaviy sifatlar, ularning turmushdagi o‘rni qat’iy ta’kidlangan. Jamiyat farovonligini harakatlantiruchi kuchi sifatida shaxsning yuksak darajada ulug‘lanishi va baholanishi unga nisbatan diqqat-e’tibor sira pasaymagan. Shuning uchun iroda falsafa va psixologiya fanlarining tadqiqot predmetida puxta o‘rin egallaganligi uning dolzarb mavzu ekanligini bildiradi. Hozirgi davrda mam- lakatimizda barkamol avlod shakllanishiga munosabat davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi tufayli mazkur muammo keng ko‘lamda tadqiq qilinmoqda.
«Iroda» tushunchasi psixiatriya, psixologiya, fiziologiya va falsa- fada keng qo‘llaniladi. Adabiyotlarda iroda o‘zining oldiga qo‘ygan maqsadga erishish vositasi deb qaraladi. Borliqni aks ettirish, faoliyatni muayyan yo‘nalishda tashkil qilish, muammolar yechimini egallash yuzasidan ma’lum bir qarorga kelish, uni amalga oshirish jarayonida qiyinchiliklarni yengish harakatlar yordami bilan ro‘yobga chiqadi. Aynan shu harakatlar irodani aks ettiradi. Iroda odamning о’z xatti-harakatini ongli suratda tartibga solishdir, bu esa ko'zlangan maqsadni amalga oshirishda uchragan to‘siqni bartaraf qilishda ifodalanadi. Odamning o‘z faoliyatini va xatti-harakatini tartibga solish, umuman, shunda ifodalanadiki, u lozim bo‘lib qolgan holda harakat va amalni ishga solishi, bu harakat va amalni kuchaytirishi yoki susaytirishi, tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi, vaqtincha to‘xtatishi, keyin yana davom ettirishi, maqsadga erishilgandan so‘ng esa butunlay to‘xtatishi mumkin. Xatti-harakatlarni tartibga solish va to ‘siqlarga qarshi kurashish protsessida yuz beradigan har qanday о‘zgarish kishida irodaviy zo‘r berish hissini tug ‘diradi. Odam irodasi butun ong bilan bog‘langandir, shuning uchun ham irodaviy nazorat bo‘lmagan biror-bir ongli harakatini uchratish qiyin. Lekin bu nazorat har xil tipdagi ish-harakatlarda bir xilda ifodalanavermaydi. Bir xil ish-harakatlarda, ayniqsa ular qiyin va yangi ish- harakatlar bo‘lsa, bu nazorat ravshan namoyon bo‘ladi (ayni shunday ish-harakatlar asli irodaga taalluqli bo‘ladi); ikkinchi bir xil, o‘rganib qolingan ish-harakatlarda, ayrim operatsiyalarning avtomatlashganligi sababli, nazorat kuchsiz bo‘ladi; uchinchi bir xil, affekt harakatlarda nazorat uzilgan yoki butunlay buzilgan bo‘ladi. Irodaviy ish-harakatlar har xil bo‘lishi: ijtimoiy va shaxsiy; kollektiv va individual mehnat, o‘qish va o‘yinlarga oid ish-harakatlar bo‘lishi mumkin.

Download 21.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling