Iroq respublikasi davlat xavfsizligi muammolarining genezisi va ularning yechimlari


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana18.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1030521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
iroq-respublikasi-davlat-xavfsizligi-muammolarining-genezisi-va-ularning-yechimlari

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1041
davlatlarining aksariyati uning taklifini qo’llab-quvvatlamadilar, aksincha, Saudiya 
Arabistoni va Quvayt kabi davlatlar katta ishlab chiqarish siyosatini qo'llab-
quvvatladilar. Bundan tashqari, Quvayt ishlab chiqarishni OPEK tomonidan belgilangan 
chegaralardan oshirib yubordi. Shu sababli, bu bir necha oy ichida neft narxi 18,84 
dollardan 14 dollarga pasaydi. Saddam Husayn Husayn Quvaytdan qilingan bu 
harakatni o'zi uchun haqorat deb hisobladi va buni g'arb davlatlari va Isroil 
boshchiligidagi iqtisodiy urushda Quvaytning hissasi sifatida izohladi. Shunday qilib, 
o'sha paytda Iroq va uning arab qo'shnilari o'rtasidagi munosabatlar salbiy xarakterga 
ega bo’la boshladi. 1990-yil iyulda Saddam Husayn Quvaytni noqonuniy ravishda Iroq 
neftini mamlakatlar chegaralari orasidagi neytral hududdan qazib olishda aybladi va u 
Quvaytdan tovon puli sifatida 2,4 milliard dollar va Iroqning 10 milliard dollarlik 
qarzidan kechishini so'radi. Quvayt ushbu talablarni bajarishdan bosh tortdi.
2. Siyosiy maqsad. Eron bilan urush tugaganidan so'ng Saddam Husayn 
mintaqaviy gegemonlikni qo'lga kiritishni istadi. U islom-arab millatchiligiga urg’u 
berib arab mamlakatlarida katta jamoatchilik ko'magiga erishishga muvaffaq bo'ldi. Iroq 
qo'shnilarining harbiy jihatdan ustunligi urushga va g’alabaga bo’lgan ishonchnii 
kuchaytirdi.
Saddam Husayn Quvaytni bosib olganidan keyin uni Iroq viloyati deb e'lon qildi. 
BMTning 660, 661 – raqamli Iroqqa iqtisodiy sanktsiyalar qo’llashni nazarda tutuvchi 
qarorlaridan boshlab, uzoq vaqt davomida uning ketma-ketligidan aziyat chekdi. Ushbu 
sanksiyalar Iroq iqtisodiyotiga 170 milliard dollar zarar keltirdi. Ushbu sanksiylarni 
chetlab o’tish maqsadida Mosul yaqinidagi konlardan qazib olinadign neft 
mahsulotlarini Turkiya, G’arbiy Yevropa va AQShga kontrabandachilar vositasida 
yetkazib berish tizimi shakllantirildi (keyinchalik bu tizimdan IShID guruhi 
foydalangan)
5
. Lekin bu ish ham kutilgan natijani bermadi. Bu hol Iroqning Misr va 
Saudiya Arabistoni kabi qarama-qarshi pozitsiyada bo'lgan davlatlar bilan Iroqning 
siyosiy va iqtisodiy munosabatlariga ta'sir ko'rsatdi. Iroqning avtoritar tuzilishi va 
prezident Saddam Husaynning xarajatlarni va foydalarini oqilona hisoblamasdan, qaror 
qabul qilishi Iroqqa qimmatga tushdi. Ma'lumki, demokratik tizimda bunday qarorlar 
ba'zi bir davlat muassasalarida muhokaa qilinadi va bu ko'plab tartib-qoidalardan o'tadi. 
Ammo avtoritar rejimlarda, ayniqsa arab rejimlarida, rahbarlar har doim so’ngi so’zni 
aytguvchi sanalganlar. 
2003-yilda Bush ma'muriyati Saddam Husaynning 11-sentyabr voqealarini 
qo'llab-quvvatlaganikda ayblab, AQShning Iroqqa bostirib kirishi haqida qaror qabul 
qildi. Urush Amerika razvedkasining Iroq taqiqlangan kimyoviy qurollarni o'z ichiga 
5
Lukáš Tichý. Energy infrastructure as a target of terrorist attacks from the Islamic State in Iraq and Syria. International 
journal of Critical Infrastucture Protection 25 (2019). – P.5. www.elsevier.com/locate/IJCIP. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling