Iroq respublikasi davlat xavfsizligi muammolarining genezisi va ularning yechimlari
partiyasi yetakchisi va o’z vaqtida Iroq prezidenti bo’lgan Jalol Talabani o’z
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
iroq-respublikasi-davlat-xavfsizligi-muammolarining-genezisi-va-ularning-yechimlari
partiyasi yetakchisi va o’z vaqtida Iroq prezidenti bo’lgan Jalol Talabani o’z intervyularining birida iroqliklar federal hukumatni qabul qilishini va kurd mustaqil hukumatining tuzilishi real emasligini, chunki bu Eron, Turkiya va Suriya tomonidan rad etilganini ma’lum qilgan edi. Kurdlar va hukumat o’rtasidgi yana bir muammo bu Kirkuk mintaqasi. Kirkuk kurdlar o’rnashgan mintaqa bo’lib, konstitutsiyaning 140-moddasiga binoan unda referendum o’tkazish orqali Kurdiston yerlariga qo’shilishi kerak. Shuningdek Kurdiston mintaqaviy hukumatining vakolatlarini kengaytirish, Peshmarge harbiy kuchlarining Iroq armiyasidan mustaqilligini ta’minlash va neftga oid xalqaro 9 Rawiya Mohamad Alrawahi. Iraq Conflict and Security Issues. International Security Seminar Series. Muscat, 2015. P.13. 10 Jahanbakhsh Moradia, Masoud Motalebib. A Study of Federalism in Iraq from the View of the Micro Level of Analysis. 6th World conference on Psychology Counseling and Guidance, 14 - 16 May 2015. Procedia - Social and Behavioral Sciences 205 (2015). – P.494. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1044 kelishuvlarda Bag’dodning ta’sirini kamaytirish kurdlarning hozirgi asosiy maqsadlari hisoblanadi. Iroq sunniylari federal boshqaruv shakli masalasida kurdlarga xayrxoh. Ammo bu tartib shialar uchun tadbiq etilishiga qarshilar. Sunniy koalitsiyasi rahbari Adnan Muhammad Salmon Aldolining fikricha quyidagi ikki holat sunniylarni juda g’azablantiradi: 1.Iroqni uchta o’zini-o’zi boshqaruvchi hududga bo’linishi 2.Iroq arab xalqining bir qismi ekanligini ta’kidlash holatini konstitutsiyada aks etmaganligi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda 15 kishilik sunniylar jamoasiga yetakchilik qilgan Faxri al G’aysiy “Sunniy arablar o’z-o’zini boshqaruvchi mintaqalar yaratilishini odatiy hol kabi qabul qila olmaydi, chunki bu mamlakatni bo’lib tashlaydi” 11 deya bu borada sunniylar pozitsiyasini aniq ifodalab bergan edi. Shialarda bu masalada fikriy bo’linish mavjud. Ularning bir qismi kuchli markazlashgan davlat tarafdori. Hokimyatda shialarning ta’siri kuchli bo’lib turgan bugungi kunda ularning qarashlarida jon bordek. Ikkinchi qismi bo’lgan Iroq Islom inqilobining yuqori palatasi esa Iroqning janubidagi shialar yashovchi hududlarda o’zini-o’zi boshqaruvchi hudud yaratish tarafdori. Ularning fikricha federalism Iroqda birlik va uyg’unlikni saqlashning enh muhim shartidir. Shialarning uchinchi guruhi bo’lgan Sadrchilar esa Kurdistonda federlizmga qarshi emas, lekin boshqa hududlarda buni amalga oshirishga qarshilar. Ularning fikri xuddi arab sunniylarining qarashlari kabi. Bilamizki, davlat boshqaruvida shialar kata ta’sir kuchiga ega. Ozchilik sunniylar kurdlar bilan ittifoq tuzishi variant ham yo’q emas. Agar shu ish amalga oshadigan bo’lsa Iroq shialariga, albatta tashqi kuchlar yordamga keladi. Ushbu keskinlikni keltirib chiqargan o'zgarishlardan so'ng siyosiy rejim qulashi va 2018-yilgi saylovlar tarixga Iroqdagi so'nggi saylovlar sifatida kirishi mumkin. Chunki Iroq xalqi, ayniqsa Iroq janubidagi aholi siyosiy tartibsizliklardan charchagan. Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, Iroq siyosiy rejimi butunlay qulay boshlaydi va bu safar Iroq osongina parchalanadi. Iroqning qulashi va uning uchta davlatga bo'linishi Iroqqa ham, Iroqga o'xshash ijtimoiy tuzilishga ega bo’lgan qo'shni davlatlarga ham foydali emas 12 . Turkiya, Suriya, Eron uchun bu kutilmagan holat bo’ladi. 11 Jahanbakhsh Moradia, Masoud Motalebib. A Study of Federalism in Iraq from the View of the Micro Level of Analysis. 6th World conference on Psychology Counseling and Guidance, 14 - 16 May 2015. Procedia - Social and Behavioral Sciences 205 (2015). – P.495. 12 https://www.orsam.org.tr/tr/2018-irak-parlamento-secimleri-ve-siyasi-rejimin-gelecegi/ SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling