Irqdar teng emas, shuning uchun goʻyo "oliy", "sara" irqlarning "past" irqlar ustidan hukmron boʻlishi tarixiy zaruratdir, deb daʼvo qiluvchi nazariya va siyosat
Download 24.11 Kb.
|
research paper
Irqdar teng emas, shuning uchun goʻyo "oliy", "sara" irqlarning "past" irqlar ustidan hukmron boʻlishi tarixiy zaruratdir, deb daʼvo qiluvchi nazariya va siyosat. Biz bilamizki bu o’zgaruvchan, sinovli dunyoda yashashning o’zi bir maxoratdir. www.worldmeters.info saytining xabar berishicha, xozirgi vaqtda dunyoda 7.8 milliard inson yashamoqda. Biz bilamizki, yuqorida keltirilgan sonlar soniyalar ichida o’zgarish qobiliyatiga ham ega. Bir kun ichida millionlab insonlar vafoti, millionlab chaqaloqlar dunyoga kelishi kuzatiladi. Lekin millionlab vafot etayotgan insonlarni yoki tug’ilayotgan chaqaloqlarni, dunyoda hech bir statistika markazi irqiy jihatdan ajratgan holatda tavfsiflamaydi. Balkim shunaqa statistika markazlari ham bo’lishi mumkin, lekin ular shunchaki dunyodagi raqamlar qay holatda o’zgarayotganiga qiziqib o’z faoliyatlarini olib bormoqda. Irqchilik — irqiy kamsitish siyosati. Inson irqlarining jismoniy va ruhiy jihatdan har xilligi, irqiy tafovutlarning jamiyat tarixi va madaniyatiga hal qiluvchi taʼsiri, odamlarning azaldan oliy va past irqlarga ajratilganligi haqidagi qoidalarga asoslanadi. Shu daʼvolarga koʻra, oliy irqlar goʻyo boshqa irqlar ustidan hukmronlik qilishga daʼvat etilgan, sivilizatsiyaning birdan-bir bunyodkorlaridir, past irqlar esa yuksak madaniyatni yaratishga va uni hatto oʻzlashtirishga ham qobiliyatsizdir. Fransuz J. A. Gobino 19-asr oʻrtalarida birinchi bor Irqchilik gʻoyasini surib, oriylarni "oliy irq" deb eʼlon qiladi. Irqchilik fashizmning rasmiy mafkurasiga aylangan. Irqiy kamsitish, kishilarning biron-bir guruhini irqiy va etnik alomatiga koʻra majburan ajratish hamda aparteidni oqlashda Irqchilikdan foydalaniladi. Irqchilik sionizm bilan hamohang . Irqchilik xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilingan bir qancha hujjatlarda, jumladan, Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyada keskin qoralangan. Oʻzbekiston Respublikasi 1995 yil 31 avgustda mazkur Konvensiyaga qoʻshilgan.1 Irqchilik tarixiga nazar soladigan bo’lsak, asosan O’rta asrlarga, qullik davrlariga borib taqaladi. Nisbatan rivojlangan, svilizatsiyasi ertaroq uyg’ongan mamlakatlar o’zlariga mustamlaka davlatlar sonini oshirish, o’zlaridan nisbatan past rivojlangan xalqlarni bo’ysundurish, xozirgi vaqtdagi irqchilikning asosi hisoblanadi. Bizga tarixan malumki, irqchilik bayrog,I ostida Amerika, Avstraliya, Okeaniya, Afrika va boshqa mamlakatlardagi aborigenlar qirib tashlangan. Tarixdagi irqchilikka hindularning vayron etilishi, Polshadagi o’rta sinfga bo’lgan mafkura, skandinaviyaliklarning “Buyuk Finlandiya” kabi misollarni keltirishimiz mumkin.2 Bizga malumki irqchilik haqida diniy kitoblarda ham juda ko’plab malumotlar keltirilgan. Muqaddas Kitob irqchilik haqida nima deydi? Ushbu munozaradan tushunilishi kerak bo'lgan birinchi narsa, faqat bitta irq — insoniy irqdir. Kavkazliklar, afrikaliklar, osiyoliklar, hindular, arablar va yahudiylar turli irqlar emas. Aksincha, ular insoniyat irqining turli etnik guruhlaridir. Barcha odamlar bir xil jismoniy xususiyatlarga ega (albatta, kichik farqlar bilan). Eng muhimi, hamma odamlar Xudoning suratida va o'xshash qilib yaratilgan (Ibtido 1:26-27). Xudo dunyoni juda yaxshi ko'rar edi, U Isoni O'z hayotini bizga berishi uchun yubordi (Yuhanno 3:16). "Dunyo", albatta, barcha etnik guruhlarni o'z ichiga oladi. Xudo tarafkashlik yoki ikkiyuzlamachilik qilmaydi (Qonunlar 10:17; Havoriylar 10:34; Rimliklarga 2:11; Efesliklarga 6:9) va biz ham bunga yo'l qo'ymasligimiz kerak. Yoqub 2:4da kamsitishni "yomon fikrli qozilar" deb ta'riflaydi." Buning o'rniga, biz o'zimizni sevganimiz kabi yaqinlarimizni sevishimiz kerak (Yoqub 2:8). Eski Ahdda Xudo odamlarni ikkita "irqiy" guruhga ajratdi: yahudiylar va butparastlar. Xudo, Yahudiylar ruhoniylar shohligi bo'lishini va G'ayriyahudiy xalqlarga xizmat qilishini xohladi. Buning o'rniga, ko'pchilik yahudiylar o'z maqomlari bilan faxrlana boshladilar va butparastlardan nafratlanishdi. Iso Masih dushmanlikning ajratuvchi devorini yo'q qilib, bu ishga chek qo'ydi (Efesliklarga 2:14). Irqchilik, xurofot va kamsitishning barcha shakllari, Masihning xochdagi ishini haqorat qiladi. Iso bizni sevganidek, biz ham bir-birimizni sevishimizni buyurdi (Yuhanno 13:34). Agar Xudo xolis bo'lsa va bizni xolis sevsa, unda biz boshqalarni huddi shunday yuksak darajada sevishimiz kerak. Agar, biz insonga nafrat bilan muomala qilsak, biz Xudoning suratidagi va o'xshash yaratilgan odamga yomon munosabatda bo'lamiz; biz Xudo sevgan va Iso u uchun o'lgan kishiga zarar yetkazamiz. Turli shakllarda va turli darajadagi irqchilik ming yillar davomida insoniyat uchun o'latdir. Barcha millatlar birodarlaru, opa-singillar bunday bo'lmasligi kerak. Irqchilik, xurofot va kamsitishning qurbonlari bo'lganlar kechirishi kerak. Efesliklarga 4:32 deydi: "Bir–biringizga nisbatan ko'ngilchan va mehr–shafqatli bo'linglar. Xudo sizlarni Masih orqali kechirganiday, sizlar ham bir–biringizni kechiringlar." Irqchilik, balki sizning kechirimingizga loyiq bo'lmasligi mumkin, lekin biz ham Xudoning kechirimiga juda kam loyiq edik. Irqchilik, xurofot va kamsitishni amalda qo'llayotganlar tavba qilishlari kerak. "Aksincha, o'zingizni Xudoning izmiga topshiringlar, chunki sizlar oldin o'lik edingizlar, endi esa yangi hayotga egasizlar" (Rimliklarga 6:13). Galatiyaliklarga 3:28 ga to'liq amal qiling, "Endi na yahudiy, na yunon bor, na qul, na ozod bor, na erkak, na ayol bor. Sizlar Iso Masihga tegishli bo'lganingiz uchun, hammangiz birsizlar."3 Xalqaro maydonda ham irqchilikka qarshi kurash davom etmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng asosiy maqsadlaridan biri - inson huquqlari keng koʻlamda buzilgan hollarda buning uchun javobgarlik masʼuliyatini barqaror etish uchun xalqaro mexanizm tashkil qilish ishi hukumatlar Xalqaro jinoiy sud tashkil etishga rozilik bildirishganlaridan soʻng, 1998-yilda amalga oshdi. Genotsidda ayblanganlarni va insoniylikka qarshi qilingan boshqa jinoyatlarni jazolash uchun Sudda barcha zarur vositalar mavjud. Xalqaro hamjamiyat Sud tashkil etish uchun ovoz berib, kimki jinoyat sodir etsa, jazoni chetlab oʻtishga, qasosdan qutulib qolishga umid bogʻlamasligi zarurligini qoʻllab-quvvatladi. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro insonparvarlik huquqi sohasida qator konvensiyalar ishlab chiqishga oʻz hissasini qoʻshdi. Adolat va tenghuquqlilikni barqaror etish borasidagi turli chora-tadbirlar 1945-yili oʻz egalari boshqarmaydigan hududlarda 750 million kishi yashar edi. Ushbu son bugungi kunda 1,3 millionni tashkil etadi. Bu gʻoyat jiddiy tadbir Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qaram hududlarda yashayotgan xalqlar orzu-umidlarining qoʻllabquvvatlanganligi va ularning mustaqillikni tezroq qoʻlga kiritishlari uchun berilgan yordam tufayli amalga oshdi. Bosh Assambleya qaram mamlakatlar va davlatlarga mustaqillik berish toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qilgan 1960-yildan buyon 60 ga yaqin sobiq qaram hududlarda yashayotgan xalqlar mustaqillikka erishdilar va Birlashgan Millatlar Tashkilotining toʻla huquqli aʼzolariga aylandilar. Assambleya oʻz oldiga 2000-yilgacha kolonializmdan xalos boʻlish maqsadini qoʻygan. Oʻttiz-yildan ortiq muddat davomida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan olib borilgan muayyan operatsiyalar majmui tufayli aparteid singari butun dunyoga maʼlum boʻlgan Janubiy Afrikadagi irqiy segregatsiya tizimiga barham berildi. 1994-yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti missiyasi kuzatuvchilari ishtirokida bu mamlakatda barcha irqlar vakillari uchun ochiq boʻlgan birinchi saylovlar oʻtkazildi. Birlashlan Millatlar Tashkiloti tashkil topgan kunlaridanoq barcha xalqlar tinchligini barqaror etish va barcha shakllardagi irqchilikka qarshi kurashish ustida ish olib boradi. Bosh Assambleya qaroriga muvofik 2001-yilda Janubiy Afrikada irqchilik, irqiy kamsitishlar, ksenofobiya va shu kabilarga toqat qilib boʻlmaslik masalalariga bagʻishlangan konferensiya oʻtkaziladi.4 Bunga misol tariqasida BMT ning 2015 – yilgi Turkiyaga tashrifini aytishimiz mumkin. BMT Iroqdagi Bo'sg'inchilikni Bartaraf Qilish Qo'mitasi, ayrim tadqiqotlar uchun Turkiyani ziyorat qiladi. Har turli irq ayrimchiligini oldini olish mavzuli xalqaro shartnomani imzolagan davlatlardan biri sifatida Turkiya, 18 mustaqil mutaxassisdan tashkil topgan qo'mitaga hisobotini taqdim etdi. Turkiya hay'atning boshchisi sifatida qo'mitaga hitob etgan Tashqi Ishlar Vazirligi Ko'pqirrali Siyosiy Aloqalar Bosh Mudiri Hasan Ulusoy, ırqchilkka qarshi kurash doirasida Turkiyaning faoliyatlari haqqida so'zladi. Ulusoy, Turkiyada inson haqlari va erkinligi kuchaytirish va irqchilikka qarshi kurash faoliyatlari olib borar ekan, xalqaro hamkorlikka ahamiyat berganliklarini izohladi. Qo'mita esa Turkiyaning irqchlikka qarshi kurash mavzusida horizgi kungacha izlagan yo'l va asosan 2 million Suriyali qochqinga mezbonlik qilishidan maqtob bilan bahs etdi. Turkiyada ozchilik haqlarini muhofaza etish, Lo'li va Kurt fuqarolarni, ozchilik etnik guruhlarning o'lkadagi vakolatxonasi, qochqinlar va ularning ta'limi bilan aloqali Turkiya hay'atiga savollar bergan qo'mita, Yechim Jarayoniga ham to'xtalib, jarayon suslashgandan keyin maydonga kelgan o'zgarishlarning "qayg'uli" ekanligini ifoda etdi.5 Va shuningdek xozirgi vaqtning eng dolzarb muommoi bo’lgan koronavirus paytida ham irqchilikga yo’l qo’yilmaslik ustidan nazorat olib borilmoqda. BMT Bosh Assambleyasi barcha davlatlarni koronavirusga qarshi kurashda birlashishga chaqiruvchi rezolyusiyani qabul qildi, deb xabar beradi zakon.kz. Qaror "Koronavirus kasalliklariga qarshi global birdamlik 2019" deb nomlandi. “Bosh assambleya pandemiyani tarqatish, kamaytirish va uni yo‘q qilish uchun kuchli xalqaro hamkorlikka chaqirmoqda”, deyiladi hujjatda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi, shuningdek, davlatlarni axborot, ilmiy tajriba va ilg‘or davolash usullari bilan almashishga chaqirmoqda. Matnga ko‘ra, Bosh assambleya COVID-19 pandemiyasi inson salomatligi va farovonligiga tahdid solishini chuqur tashvish bilan qayd etdi. Mualliflar eng kambag‘al va eng himoyasizlar pandemiyadan aziyat chekayotganini tan olishdi va koronavirusni yo‘q qilish bo‘yicha global sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishda BMT tizimining muhim rolini qayd etishdi. “BMT inson huquqlarini to‘liq hurmat qilish zarurligini ta’kidlaydi va pandemiyaga qarshi kurashda kamsitish, irqchilik, ksenofobiya uchun joy bo‘lmasligi kerakligini alohida so‘raydi”, deyiladi hujjatda. Mualliflar o‘z yaqinlarini yo‘qotganlarga hamdardlik bildirishdi, shuningdek, pandemiyaga qarshi kurashning boshida turganlarga: shifokorlar, olimlar va davlat xizmatlarning boshqa xodimlariga minnatdorlik izhor etishdi va qo‘llab-quvvatlashda davom etishlarini ma’lum qilishdi. Qaror mualliflari qatorida Afg‘oniston, Armaniston, Ozarbayjon, Belgiya, Xorvatiya, Kanada, Gruziya, Germaniya, Yaponiya, Qozog‘iston, Pokiston, Shvesiya, Shveysariya, Ukraina va boshqalar bor.6 Xalqaro maydondagi irqchilik haqida so’z borar ekan, Amrikadagi irqchilik haqida to’xtalmasdan ilojimiz yuq. Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, Amerikada irqiy diskriminatsiya va segregatsiya siyosati atigi 45 yil oldin, 1960-yillarda man etilgan. Bugun vaziyatni a’lo darajada deb bo’lmaydi, irqiy kamsitilish hollari uchrab turadi. Ammo bugun afro-amerikaliklar mamlakat siyosiy-ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faol. 2008 yil, noyabr. Tarixda qoladigan sana. Amerika xalqi uzoq bellashuv ketidan Barak Obamani prezidentlikka loyiq topdi. Uning saylov g’alabasini qutlaganlar bunday kunlar kelishiga uncha ishonmagan. Ayniqsa irqchilik uchiga chiqqan davrda tahqirlangan afro-amerikaliklar, teng huquq uchun kurashgan avlod vakillari. 1963 yil, mart. Alabama shtatining Selma shahrida saylash huquqini talab qilib chiqqan qora tanlilar politsiyaning ayovsiz hujumiga duch keladi. Voqea “Qonli yakshanba” nomi bilan tanilgan. Bu davrda Amerikada irqiy kamsitish va segregatsiya siyosati hukmron, afro-amerikaliklar ovoz berish huquqidan mahrum, bo’lajak prezident Barak Obama esa ikki yoshda edi. Selmada Martin Lyuter King yordamida uyushtirilgan namoyishlar fuqarolar tengligi uchun kurashga kuch qo’shdi. “Bir orzum bor: bir kun kelib farzandlarim shunday mamlakatda yashaydi-ki, ularning irqi yoki jinsi emas, shaxsiga qarab baho beriladi”, - degan edi King. 1963 yil, avgust oyi. Martin Lyuter King 250 ming xaloyiq oldida “Mening Orzum” degan mashhur nutqini qilgan edi. O’sha yili AQSh poytaxti Vashingtonda o’tgan qora tanlilar namoyishi Kongressni irqchilikka qarshi qator qonunlar qabul qilishga undaydi. “Har bir fuqaro o’z murod-maqsadiga mehnat qilib yetadi. Ammo bunda birdamlik ham zarur”, - deydi bo’lajak prezident Barak Obama. 1965 yilning mart oyida saylov huquqini talab qilgan yangi boykot-namoyishlar … Nihoyat shu yili prezident Lindon Jonson saylov haqida qonun imzolab, bu marosimga Lyuter Kingni ham taklif qiladi. Advokat Barbara Arnvaynning aytishicha, “saylov qonuni imzolanishi afro-amerikaliklarga barcha darvozalarni ochib berganday bo’ldi. Mana oradan 43 yil o’tib, qora tanli prezidentni sayladik”. 76 yoshli huquq faoli Rojer Vilkinsga ko’ra King orzu qilgan kunlar osonlikcha kelgani yo’q. “Qo’shma Shtatlarning qora tanli prezidenti ishga kirishish arafasida turibdi. Bunga aql bovar qilmaydi. Fuqaro huquqlari uchun kurashgan har bir odamning hissasi bor bu g’alabada”,- deydi u. Obama erishgan muvaffaqiyat, deydi advokat Barbara Arnvayn, har bir amerikalikka o’ziga xos ilhom bag’ishlaydi. “Siyosat va umuman demokratiya tushunchasi yangilanganday bo’ldi. Faqat oq tanlilar uchun xizmat qilmaydi bu tizim”. Xalq saylagan rahbar lavozimga kirishar ekan, bu ayniqsa tengsizikka qarshi kurash, namoyishlarga guvoh bo’lgan avlod vakillari uchun hayajonli damlar. Ular orzusi oradan deyarli yarim asr o’tib amalga oshmoqda.7 Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, irqchilik hech qayerda hech kimga yaxshilik olib kelmagan, olib kelmaydi ham. Foydalanilgan manbalar: 1. O’zME Birinchi jild Toshkent, 2000-yil 2. Uz.atomiyme.com 3. Gotquestions.org 4. Uz.wikipdia.org 5. Trt.net 6. Zakon.kz 7. AmerikaOvozi.com 1 O’zME Birinchi jild Toshkent, 2000-yil 2 Uz.atomiyme.com 3 Gotquestions.org 4 Uz.wikipdia.org 5 Trt.net 6 Zakon.kz 7 AmerikaOvozi.com Download 24.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling