Irrigatsiya eroziyasiga uchragan yerlarda


Download 25.97 Kb.
Sana19.05.2020
Hajmi25.97 Kb.
#107649
Bog'liq
eroziya


Mavzu: Irrigatsiya eroziyasini qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligiga va sifatiga ta’siri.

IRRIGATSIYA EROZIYASIGA UCHRAGAN YERLARDA

MAKKAJO’XORI XOSILDORLIGI VA IQTISODIY SAMARADORLIGI

.Samaradorlik tushunchasi turlari, ko’rsatkichlari va ularni hisoblash

usullari.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo’jalik yuritish subyekti, har bir

tadbirkorlik shaklining asosiy maqsadi o’zining ixtiyoridagi, shuningdek, vaqtincha

jalb etilayotgan resurslardan yil davomida to’liq omilkorlik bilan foydalanib, barcha

aholining extiyojlari va talablarini to’laroq qondiradigan darajada ekologik jixatdan

sifatli bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularni qayta ishlash hamda

iste’molchilarga vaqtida sifatli holda yetkazib berish natijasida ko’proq foyda olish

oqibatida o’z faoliyatining samaradorligini yuksaltirishdir.

Demak tadbirkorlik subyektining samaradorligi uning serqirrali faoliyati

natijasida ko’proq qiymat yaratish oqibatida shakllantirilar ekan. Xalq xo’jaligi

tarmoqlari qatori, agrosanoat majmuasining asosiy zvenosi hisoblangan qishloq

xo’jaligida ishlab chiqarish samaradorligini, ya’ni ham iqtisodiy, ham ijtimoiy

samaradorligini oshirish hozirgi davrning eng dolzarb masalalaridan biridir.

Shunday ekan, tarmoqning barcha bo’g’inl arida samaradorlikni oshirish, eng

avvalo uning mohiyati va mazmunini to’la anglab, unga baho berishdan

boshlanadi.

Samara – bu ishlab chiqarish faoliyatining natijasi bo’lib, uni ana shu samarani

hosil qiladigan, iste’mol qilingan resurslarga taqqoslanganda samaradorlik vujudga

keladi. Ya’ni erishilgan samara(natija) qanday resurslar(xarajatlar) evaziga hosil

bo’lganligini bildiradi.

Demak, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi

umumiy ko’rinishda ishlab chiqarishning natijasi va ushbu natijaga olib kelgan

xarajatlar o’rtasidagi nisbat bilan ifodalanadi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi

iqtisodiy samaradorligini oshirishning obyektiv zarurligi mamlakat iqtisodiy

rivojlanishining hozirgi bosqichdagi bir qator xususiyatlari va doi miy harakatdagi

omillarning to’plamiga bog’liq. Bir tomondan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish

samaradorligini oshirish oziq -ovqat va xom ashyoga bo’lgan talabning o’sib

borishi, mahsulot sifatiga bo’lgan talabning kuchayishi, ba’zi ishlab chiqarish

resurslarining chegaralanganligi, ishlab chiqarish vositalari qiymatining

o’zgarishi va boshqalarni ko’rsatib turadi.

Boshqa tomondan, hozirgi bosqichdagi fan-texnika tarraqiyoti rivojlanishi

qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligini oshiris h imkoniyatini

kengaytiradi.

Mamlakatda to’plangan iqtisodiy potensial, fan va texnikaning rivojlanishi,

kadrlar malakasining oshishi, aholiing aktivligi, tajribasi, shuningdek yuqori

pirovard natijalarga ommaning moddiy manfaatdorligining o’sishi o’simchi lik va

chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirishga sharoit yaratadi,

tannarxni pasaytiradi va rentabellikni oshirish imkoniyatlaridan oqilona

foydalanish imkonini beradi.

Umumiy ko’rinishda har qanday ishlab chiqarishning samarasi shaklida

uning vazifasi–ishlab chiqarishning maqsadini amalga oshiruvchi pirovard

mahsulot yuzaga chiqadi. Bir tomondan, u o’z tarkibiga ma’lum davrdagi

harakatdagi ishlab chiqarish resurslarining moddiy natijasi yig’indisini oladi,

boshqa tomondan–ishlab chiqarish ning pirovard maqsadi faqat bevosita ishlab

chiqarilgan moddiy boyliklarning hajmida mujassamlashgan bo’ladi.

Samara, qishloq xo’jalik mahsulotlari shaklida(natura va pulda) ishlab

chiqarish resursi, xarajat, foyda sferasida iqtisodiy, shuningdek xodimlar ning

yashash va ishlash sharoitini ham aks ettiruvchi ijtimoiy bo’lishi mumkin.

Lekin samara qanchalik muhim bo’lsa ham, o’z -o’zidan kishining mehnat

faoliyatini to’liq xarakterlamaydi, qanday resurs(xarajatlar)lar evaziga

olinganligini ko’rsatmaydi. Bir xil samara turli usul bilan, resurslardan turlicha

darajada foydalanish orqali olingan bo’lishi mumkin va aksincha, bir xil

resurs(xarajat)lar turli samara berishi mumkin. Shuning uchun erishilgan

samarani shu samarani olishda qatnashgan resurslar(xarajatl ar) bilan taqqoslash

zaruriyati kelib chiqadi.

Bundan ko’rinadiki, samara(natija) deb atalgan absolyut miqdor bilan bir

qatorda yana bir absolyut miqdor – qo’llanilgan yoki iste’mol qilingan

resurslarni(joriy ishlab chiqarish xarajatlari) hajmini bilish za rur. Bunda ushbu

qo’llanilgan yoki iste’mol qilingan resurslarni qo’llashning muqobil

imkoniyatlarini (marjinal xarajatlarni) ham e’tiborga olish zarur.

Samaradorlik xalq xo’jaligiga yoki mamlakat iqtisodiyotiga, uning

majmuasiga, tarmog’iga, korxonalariga, alohida yo’nalishlariga va nihoyat aniq

tadbirlariga, iqtisodiy resurslariga taa’lluqlidir. Bu samaradorlikni iqtisodiy

kategoriya ekanligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham samaradorlik

kategoriyasi iqtisodiyotga oid fanlarda muhim ahamiyatga molik bo’lgan masala

hisoblanadi. Chunki, u jamiyat a’zolarining o’sib borayotgan extiyojini maksimal

darajada qondirishi, chegaralangan mavjud barcha resurslardan ancha yaxshiroq

foydalanish yo’llarini izlab topish hisobiga erishilishi kerak.

Iqtisodiy samaradorlik bu ikki samaradorlikni umumlashtiriuvchi tushuncha

bo’lib, matematik ko’rinishda quyidagicha ifodalanishi mumkin:

Is = Ts  RTs

Bu yerda: Is – Iqtisodiy samaradorlik;

Ts – Texnik samaradorlik;

RTs – Resurslarni taqsimlashning samaradorligi.

Iqtisodiy samaradorlik darajasi qancha bahodagi resurslar hisobiga qanday

iqtisodiy samaraga erishilganligini bildiradi. Samara qancha katta va xarajat

shuncha kichkina bo’lsa, ishl ab chiqarish iqtisodiy samadorligi shuncha katta

bo’ladi va aksincha. Resurslar va iqtisodiy samaradorlik o’rtasida uzviy aloqa

mavjud. Shunday qilib, iqtisodiy samaradorlik ta’rifidan ikki asosiy vazifani

keltirib chiqarish mumkin: bevosita – ma’lum bir xarajatlar hisobiga maksimal

darajada samara olish (ko’pincha resurslarning cheklanganligi bilan ifodalanadi)

va bilvosita – belgilangan samaraga minimal xarajatlar bilan erishish.

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligining mazmun

mohiyati, uning darajasi aniq mezoni va ko’rsatkichlar orqali ifodalanadi.

Mezonning ilmiy tushunchasi ma’lum bir belgi, baho o’lchovini

ifodalaydigan asosiy sifati bilan ajralib turgan muhim xossasidir. Qishloq

xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samara dorligi mezoni cheklangan yer

maydoni birligidan chiqadigan qishloq xo’jalik mahsulotining olinishi, shu bilan

bir qatorda ishlab chiqarishning tejamliligi va yuqori sifatini ta’minlashi va

pirovard natijada resurs birligi hisobiga ko’proq sof mahsulot va sof foyda

olishdir.

Xalq xo’jaligi samaradorligi aholining oziq -ovqatga bo’lgan iste’molini

qondirish, sanoatning xom ashyoga bo’lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek,

tarmoqni umumdavlat, xalq xo’jalik topshiriqlari va muammolarini hal qilishda

moliyaviy hissasi nuqtai nazaridan baholanadi. Tarmoq samaradorligi resurslar

potensialidan foydalanishda, xalq xo’jaligining shu tarmog’ida samara (natija) va

resurs (xarajat) o’rtasidagi erishilgan nisbatning natijasini aks ettiradi.

Qishloq xo’jaligida samara va resurslarning bosqich darajasiga qarab:

qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi samaradorligi, davlat, shirkat korxonalari, ijara

jamoalari, fermer va dehqon xo’jaliklari samaradorligi, ayrim qishloq xo’jalik

tarmoqlari va mahsulotlari samaradorligi, alohida i shlab chiqarish resurslari,

shuningdek alohida xo’jalik tadbirlari: agrotexnik, zootexnik, veterinariya,

texnika, iqtisodiy, tashkiliy va boshqalarning samaradorligi aniqlanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida, ishlab chiqarish intensivlashayotgan jarayonda

amalga oshiriladigan turli xo’jalik tadbirlarining iqtisodiy samaradorligini

aniqlash ancha muhim hisoblanadi. Bunday tadbirlar jumlasiga ekin turlari va

ularning tarkibi, qishloq xo’jalik ekinlarining yangi navlari, ilg’or texnologiya va

alohida agrotexnik tadbirlar (tuproqni ishlash, ekish, hosilni yig’ish va

boshqalar), hayvonlarning yangi zoti, poda strukturasi, oziqlantirish rasioni va

boshqalarning samaradorligi kiradi.

Shu bilan birga, kishilarning iste’molini qondirish darajasi ishlab chiqarilgan

mahsulotning faqat miqdoriga emas, balki sifatiga ham bog’liq. Mahsulot sifatini

yaxshilash bir tomondan oziq -ovqat mahsulotlari miqdorining ko’payganligini

bildirsa, qayta ishlash sanoati uchun qishloq xo’jalik xom -ashyosining sifatining

yaxshilanishi aholining turli xil iste’mol buyumlariga bo’lgan talabini to’laroq

qondirishga imkoniyat yaratadi.

Hozirgi zamon g’arb iqtisodiyotida, pirovard foydalilikni qarab chiqishda

korxona xo’jalik faoliyati tahlili va tarmoq taqqoslama iqtisodiy samaradorligining

asosiy (bosh) ko’rsatkichi marjinal daromad (MD

1

)- tushum va bevosita o’zgaruvchi



xarajatlar orasidagi farq deb hisoblanadi.

Bu ko’rsatkich alohida tarmoq va texnologiyalarni taqqoslashda ko’pincha

mezon sifatida foydalaniladi. Tarmoqning nisbiy samaradorligini yoki uning

afzalligini aniqlashdan tashqari, foydani hisoblash bilan bog’liq bo’lgan, ya’ni

mahsulotning to’liq tannarxini hisobga oladigan absolyut samaradorlikni aniqlashda

ham muhim ahamiyatga ega. Bu masalaga tannarx bo’limida kengroq to’xtalamiz.

Alohida tarmoqlar bo’yicha to’liq tannarxni va foydani hisoblash uchun doimiy

umumishlab chiqarish va umumxo’jalik xarajatlarini bittadan xarajat turlariga qarab

oqilona asoslangan tamoyilda korxona tarmoqlari o’rtasida alohida taqsimlash zarur.

Foyda tushunchasi tadbirkor uchun moliyaviy xizmat (soliqqa tortish) nuqtai

nazaridan emas, balki real xarajatlarni haqiqatda aks ettirishga maksimal

yaqinlashish nuqtai nazaridan ahamiyatga ega. Shunday ekan, marjinal daromadni

biz aytmoqchi bo’lgan foydani keltirib chiqarishda, hisoblashda muhim bo’lgan

iqtisodiy kategoriya sifatida qarash mumkin. Foydani to’g’ri hisoblashning

ahamiyati va roli quyidagi hisob-kitoblar tizimi kategoriyalarida ko’zga tashlanadi.

1.Tushum–asosiy mahsulotlarning jamisini ularning bir birligining bahosiga

ko’paytirib, unga yordamchi mahsulotlarning jamisini ularning bir birligining

bahosiga ko’paytirilgan natijani qo’shib topiladi:

T = A M*B + Yo M*B

Bu yerda, T – tushum;

AM va YoM – asosiy va yordamchi mahsulot miqdori, s.

B – mahsulotlar birligining bahosi, so’m.

2.Marjinal daromad I (MD1

) - asosiy va yordamchi mahsulotlarni sotishdan

kelgan tushumdan bevosita o’zgaruvchi xarajatlar(BO’X)ni ayirib topiladi:

MD I =T – BO’X

Bu yerda, MD1 – Marjinal daromad I, so’m;

BO’X – Bevosita o’zgaruvchi xarajatlar, so’m.

3.Taqqoslama marjinal daromad II(MD II

) - Marjinal daromad I dan boshqa

bevosita o’zgaruvchi xarajatlar (jumladan, doimiy xodimlarga beriladigan mehnat

haqini) ni ayirib topiladi:

TMD II = MD I

- BBO’X

Bu yerda, TMD - Taqqoslama marjinal daromad II, so’m;

BBO’X – Boshqa bevosita o’zgaruvchi xarajatlar, so’m.

4.Bevosita xarajatlarni ayirib tashlagandan keyingi tushum - taqqoslama

marjinal daromad II dan bevosita doimiy xarajatlar (maxsus biriktirib qo’yilgan

asosiy vositalar qiymati)ni ayirib topiladi:

BXATKT = TMD II – BDX

Bu yerda, BXATKT- Bevosita xarajatlarni ayirib tashlagandan keyingi

tushum, so’m;

BDX – Bevosita doimiy xarajatlar, so’m.

5.Foyda–bevosita xarajatlarni ayirib tashlagandan keyingi tushumdan

taqsimlangan umumishlab chiqarish va umumxo’jalik xarajatlarini ayirib topiladi:

F = BXATKT – TUIChUXX

Bu yerda, TUIChUXX – Taqsimlangan umumishlab chiqarish va

umumxo’jalik xarajatlari, so’m.

Iqtisodiyotda XX-asrning so’nggi yillarigacha hisoblanib kelinayotgan foydani

hisoblash usullari ma’lum darajada hozirgi shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti

talablariga javob bera olmayotgan edi. Harakatdagi iqtisodiyot esa hisob kitob

tizimini yangi talablar asosida qaytadan ko’rib chiqishni taqozo qildi.

Respublikamizning mustaqil rivojlanish yillarida iqtisodiy samaradorlikning

kompleks ko’rsatkichlarini o’rganish, tahlil etish usullari takomillashtirilgan.

Chunki mehnat, yer, suv, moddiy-texnika resurslaridan foydalanish ko’rsatkichlari

qatorida, bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari

rentabelligini mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllaridan qat’iy nazar to’g’ri

hisoblash zaruriyati kelib chiqadi. Natijada umumlashgan mezon ko’rsatkichning

ahamiyati kuchayadi.

Bozor iqtisodiyotini istiqbolli va joriy rejalar asosida boshqarish yillarida

asosiy va aylanma fondlardan foydalanish, tovar mahsulotining to’liq tannarxiga

kiritilgan xarajatlar rentabelligini hisoblash va uni oshirish imkoniyatlarini ishga

solish muammolari yuqorida ta’kidlangan va boshqa ko’pgina adabiyotlarda keng

yoritilgan. Ammo, uning nazariy va amaliy asoslari erkin bozor iqtisodiyoti

talablariga to’laroq javob bermas edi.

Ma’lumki, yangi Nizom qabul qilinguncha qishloq xo’jaligi korxonalarida ham

mos ravishda ishlab chiqarish rentabelligini to’la xarakterlash uchun rentabellik

darajasi va foyda normasi quyidagicha hisoblanar edi.

Lekin qishloq xo’jalik ishlab chiqarishda nafaqat joriy, balki asosiy ishlab

chiqarish vositalarini yangilash va ko’paytirishga sarflangan kapital qo’yilmalar

xarajatlari ham amalga oshiriladi, ular mahsulot ishlab chiqarish xarajatlariga

amortizasiya shaklida qo’shiladi. Shuning uchun faqat joriy xarajatlar

samaradorligini emas, balki ishlab chiqarish vositalarida moddiylashgan xarajatlarni

bilish ham muhim hisoblanadi. Shu bois bir so’mlik asosiy va aylanma fondlarga

to’g’ri keladigan sof foyda miqdorini ifodalaydigan, rentabellikning nisbiy

ko’rsatkichidan foydalaniladi.

Ammo qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi faqat joriy xarajatlar hisobiga emas, balki

kapital mablag’ xarajatlari hisobiga ham amalga oshiriladi. Mahsulot ishlab

chiqarishda moddiy xarajatlar ham qatnashib, ularni mahsulot qiymatiga ushlangan

ulushini ham hisobga olish zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda olish

iqtisodiy zaruriyat hisoblanadi. Rentabellikning mutloq ko’rsatkichi juda muhim

moliyaviy ko’rsatkich bo’lgani bilan, u ayrim korxonalar faoliyatini o’rganishda

qiyinchilik tug’diradi. Chunki bu ko’rsatkichda korxonaning yalpi va tovar

mahsulotlari, ularga sarflangan xarajatlar bevosita ifoda etilmaydi.

Rentabellikning 5 ta moliyaviy koeffisiyentlari quyidagilar:

1.Mahsulot sotishning rentabelligi koeffisiyenti sotilgan mahsulot birligiga

qancha foyda to’g’ri kelishini ko’rsatadi. Bu koeffisiyent narx belgilash siyos atidagi

o’zgarishlarni va xo’jalik yurituvchi subyektning sotilgan mahsulot tannarxini

nazorat qilib turish qobiliyatini ko’rsatadi. Koeffisiyent dinamikasi narxlarni qayta

ko’rib chiqish yoki moddiy zahiralardan foydalanish ustida nazoratni kuchaytirish

zarurligidan dalolat beradi. Uning pasayishi turli sabablarga ko’ra korxona

mahsulotlariga talabning pasayganligini ko’rsatadi.

Agar mahsulot sotish rentabelligi koeffisiyenti hisobot davrida 0 dan kam

qiymatga ega bo’lsa, unda qishloq xo’jalik korxonasi zarar bilan ishlagan deb

hisoblanadi.

2.Asosiy vositalar va oborotdan tashqari boshqa aktivlar rentabelligining

koeffisiyenti asosiy vositalar va oborotdan tashqari boshqa aktivlardan foydalanish

samaradorligini aks ettiradi, ya’ni qishloq xo’jalik korxonasining moliyaviy

xo’jalik faoliyatida ishlatadigan aktivlardan foyda yoki zarar ko’rish darajasini

ko’rsatadi

-uzoq muddatli aktivlar

Agar aktivlarning rentabellik koeffisiyenti hisobot davrida 0 dan kam qiymatga

ega bo’lsa, unda qishloq xo’jalik korxonasi zarar bilan ishlagan deb hisoblanadi.

3.Xususiy kapitalning rentabelligi koeffisiyenti o’z kapitalidan foydalanish

samaradorligini ko’rsatadi. Koeffisiyent dinamikasi korxona aksiyalari kotirovka

darajasiga ta’sir qiladi. Bu koeffisiyent darajasi investisiya qilgan kapitaldan

foydalanish samaradorligini belgilash va bu ko’rsatkichni ushbu mablag’larni

boshqa qiymatli qog’ozlarga sarflashdan olishi mumkin bo’lgan daromad bilan

pasayishi ham mahsulotlarga talabning pasaygani va aktivlarning ortiqcha to’planib

qolganidan dalolat beradi:Agar xususiy kapital rentabelligi koeffisiyenti 0 dan kichik bo’lsa, unda qishloq

xo’jalik korxonasining moliyaviy faoliyati zarar bilan yakunlangan hisoblanadi.

4.Permanent kapitalning rentabelligi koeffisiyenti korxona faoliyatiga

sarflangan kapitaldan (o’zining va qarzga olingan) foydalanish samaradorligini aks

ettiradi. P1

-o’z mablag’ manbalari.

Agar permanent kapital rentabelligi koeffisiyenti 0 dan kichik bo’lsa, korxona

ushbu ko’rsatkich bo’yicha iqtisodiy nochor hisoblanadi.

5.Kapital umumiy aylanuvchanligining rentabelligi koeffisiyenti korxonaning

jami kapitalining aylanish tezligini aks ettiradi. Uning o’sishi korxona mablag’lari

oborotining jadallashganligini yoki narxlarning infilyasion o’sishini anglatadi.

0

БЯ

Т



Р

ку

 



Bu yerda, BYa – balans yakuni

Agar kapital umumiy aylanuvchanligining rentabelligi koeffisiyenti 0 dan

kichik bo’lsa, korxona ushbu ko’rsatkich bo’yicha iqtisodiy nochor hisoblanadi.

Iqtisodiy adabiyotlarda keyingi yillarda samaradorlik muammosi aspektida

ko’p ilmiy ishlar e’lon qilingan, lekin hozirgacha shu muammoga bag’ishlangan

ko’p masalalar bo’yicha yagona fikr yo’q. Shuning uchun mamlakatda qisqa muddat

ichida bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos ijtimoiy, ishlab chiqarish samaradorligini

oshirishning nazariy va amaliy jihatdan yaratilgan modelini takomillashtirish

masalasi qo’yilgan.

Haqiqatdan ham, bozor iqtisodiyoti sharoitida samaradorlik muammosi –

iqtisodiy fanlarda asosiy muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Chunki, jamiyat

a’zolarining o’sib borayotgan ehtiyojini maksimal darajada qondirish,

chegaralangan mavjud barcha resurslardan ancha yaxshiroq foydalanish yo’llarini

izlab topish hisobiga erishilishi kerak.

Ishlab chiqarish samaradorligi tushunchasi keng qamrovli, murakkab va turli

bayon qilish ko’rinishlariga egadir. U tor va keng ma’noda qarab chiqiladigan so’z.

Samara – bu ishlab chiqarish faoliyatining natijasi bo’lib, uni ana shu samarani hosil

qiladigan, iste’mol qilingan resurslarga taqqoslanganda samaradorlik vujudga

keladi. Ya’ni erishilgan samara (natija) qanday resurslar (xarajatlar) evaziga hosil

bo’lganligini bildiradi.

Irrigatsiya eroziyasiga uchragan yerlarda Siderat ekinlarni qo’llashning

makkajo’xori yetshtirishda iqtisodiy samardorligi*

№ Ko’rsatkichlar O’lchov

birligi


Variantlar

Sideratsiz –

(Nazorat )

SideratNo’xat

SideratlarNo’xat+ra

ps


SideratlarNo’xat+raps

+gorox


1

2 3 4


1. Olingan jami hosil don s/ga 66,35 75,29 83,29 85,28

poya s/ga 68,30 71,61 74,11 75,47

2. Sideratlar xisobiga

olingan, qo’shimcha

xosil

don


s/ga

nazorat 8,94 16,94 18,93

poya s/ga nazorat 3,31 5,81 7,17

3. 1s mahsulot narxi don m/so’m 52 52 52 52

poya m/so’m 24 24 24 24

4. Sideratlar xisobiga

olingan shartli daromad

don m/s/ga nazorat 464,8 880,8 984,3

poya m/s/ga nazorat 79,4 139,4 172,0

5. Sideratlar xisobiga olingan

jami qo’shimcha hosildan

olingan shartli daromad

m/s/ga nazorat 544,2 1020,2 1156,3

6. Sideratlar xisobiga jami,

qo’shimcha xarajat

m/s/ga nazorat 215,6 326,4 426,4

Sh.j. Urug’lik material uchun m/s/ga nazorat 100 198 298

Sideratlarni yerga xaydach

bilan bog’liq xarajatlar

m/s/ga nazorat 115,6 128,4 128,4

7 Sideratlarni qo’llash xisobiga

qo’shimcha sof daromad

m/s/ga nazorat 328,6 693,8 729,9

8. Sideratlarni qo’llashning

shartli rentabelligi

% nazorat 152,4 212,5 171,1

*Manba:Payariq tumanida qo’llanilgan tajriba natijalari.

Gorox=2500 x 40kg =100000 so’m Raps =14000x 7kg = 98000 so’m

No’xat=2500 x 40kg=100000 so’m

4.1.2. jadval

Tajribada jami harajatlar strukturasi*

T/r Ko’rsatkichlar

O’lchov

birligi


Variantlar

Sideratsiz –

(Nazorat )

SideratNo’xat

SideratlarNo’xat+raps

SideratlarNo’xat+raps+gorox

1

Mineral o’g’itlar



olishga ketgan

xarajat;

Shu jum.- Azotli

- Fosforli

- Kaliyli

ming/


so’m/ga

617,7


250,2

283,1


84,4

617,7


250,2

283,1


84,4

617,7


250,2

283,1


84,4

617,7


250,2

283,1


84,4

2

O’g’itlarni



qo’llashga ketgan

xarajat


ming/

so’m,


ga

117,1 117,1 117,1

117,1

3

Sideratlar xisobiga



jami, qo’shimcha

xarajat


m/s/ga

nazorat 215,6 326,4 426,4

Sh.j. Urug’lik

material uchun

m/s/ga

nazorat 100 198 298



Sideratlarni yerga

xaydach bilan

bog’liq xarajatlar

m/s/ga


nazorat 115,6 128,4 128,4

4

Qo’shimcha xosil-ni



yig’ishtirishga

ketgan xarajat

ming/so’

m/ga


nazorat 140,5 172,6 177,2

*Manba:Payariq tumanida qo’llanilgan tajriba natijalari.

Demak, Samarqand viloyati Poyariq tumani irrigatsiya eroziyasiga uchragan tipik

bo’z tuproqlar sharoitida qisqa navbatli g’o’za-g’alla almashlab ekish dalasida

yozda g’alladan bo’shagan maydonlarga Siderat ekin turlarini ekish asnosida

makkajo’xoridan yuqori va sifatli hosil olish bilan birga soha rentabelligini ham

oshirish mumkin ekan.

Irrigatsiya eroziyasiga uchragan yerlarda makkajo’xori hosildorligi

O’simlik o’sishi va rivojlanishining yaxshilanishi o’z navbatida

hosildorlikning oshishiga olib keldi. Makkajo’xori hosildorligi qo’llanilayotgan

o’g’itlarga sezilarli ravishda bog’liq bo’ldi. Tajriba o’tkazilgan yilda makkajo’xori

don hosildorligi nazoratda eng past bo’lishi kuzatildi. Nazoratda don hosili o’rtacha

66,35 s/ga ni tashkil etgan bo’lsa, NPK +no’xat variantida 75,29 s/ga teng bo’ldi.

Sideratlarni ikki va uch xilini birga ekilgan fon variantlarida shunga javoban 83.29

va 85.28 s/ga ni tashkil etdi. Qo’shimcha olingan xosil miqdori xam quyida

keltirilgan (4.2.1.-jadval).

Mineral o’g’itlar uch xil Sideratlar fonida qo’llanilganda hosildorlikni eng

katta birlikka oshirdi. Demak, makkajo’xori hosildorligi asosan o’g’itlar bilan

tushadigan harakatchan oziq moddalar miqdoriga bog’liq bo’ladi. Lekin mineral

o’g’itlar bilan tuproqqa tushadigan oziq moddalar o’simlikka yetarli e mas ekanligi

boshqa variantlarda olingan ma’lumotlardan ma’lum bo’ldi. Sideratlar tasirida

to’planadigan oziq moddalar miqdori, yoki ularning tuproq agrofizik,

mikrobiologik, meliorativ xolatlarini yaxshilashi ushbu variantlarda olingan

ma’lumotlardan makkajo’xori hosildorligi uchun yetarli darajada ekanligi ham

aniqlandi. Shuning uchun ham yuqoridagi o’rganilgan omillar birgalikda

qo’llanilganda ularning kompleks ta’siri hisobiga makkajo’xori hosildorligi yanada

ortdi. Bunda mineral o’g’itlarni Sideratlar bilan birga qo’llash eng yaxshi natija

berdi. Makkajo’xori hosildorligi bilan bir qatorda don sifati ham muhim ahamiyatga

ega. Chunki donning sifati qancha yaxshi bo’lsa, undagi ozuqa birligi, urug’ning

unuvchanligi shuncha ortadi.

Sideratlar va mineral o’g’itlarning makkajo’xori hosildorligiga ta’siri,*

Variantlar



Don hosili, s/ga

Qaytariqlar O’rtacha Qo’shimcha

hosil

I II III IV



s/ga %

1.

Sideratsiz – (Nazorat ) +NPK



65,6 64,5 67,9 67,4 66,3 - -2. Siderat- No’xat +NPK 72,6 74,1 77,5 77,0 75,2 8,9 13,5

3. Sideratlar- No’xat+raps+NPK 78,3 83,8 86,2 84,9 83,2 16,9 25,5

4. Sideratlar- No’xat+raps+gorox+NPK 80,4 84,9 88,1 87,7 85,2 18,9 28,5

EKIF t


05

= 5,7 s/ga Sx% = 2.2 %

*Manba:Dala tajribasi materiallari. Payariq tumani irrigatsiya eroziyasiga uchragan tipik bo’z tuproqlari

Don sifatini belgilovchi omillardan biri bu dondagi oqsil miqdori

hisoblanadi. Don tarkibidagi oqsil miqdori variantlar bo’yicha 10,5-14,1% atrofida

o’zgardi.

Siderat ekinlar fonida mineral o’g’it qo’llanilishi dondagi yog’ miqdorini

yanada oshirdi va uning maksimal bo’lishini ta’minladi. Makkajo’xori donidagi

kletchatka miqdori variantlar bo’yicha farq qildi. (4.2.2. -jadval).

Sideratlar fonidm mineral o’g’itlar qo’llash kletchatka miqdorini oshirdi. Bu

holat ayniqsa mineral o’g’itlar qo’llanilganda yaqqol kuzatildi. Makkajo’xori

donida kraxmal eng ko’p miqdorda bo’ladi. Uning miqdori donda variantlar

bo’yicha 60,3-67,3% atrofida o’zgardi. Mineral oziqlanishning kuchayishi, ya’ni

har xil o’g’itlarni qo’llanilishi dondagi kraxmal miqdorini kamayishiga olib keldi.

Mineral o’g’itlar qo’llanilganda dondagi kraxmal miqdori eng ko’p darajada

kamaydi. Sideratlarning ikki va uch xilini aralash ekishda kraxmal miqdorini

kamaytirish kuchi aloxida qo’llanilganidan kuchliroq bo’ldi.

Sideratlar va mineral o’g’itlarning makkajo’xori donining sifat ko’rsatkichlariga ta’siri

(% hisobida)*

№ Variantlar Namlik Oqsil Yog’ Kletchatka Kraxmal Kul

1.

Sideratsiz – (Nazorat ) +NPK



13,4 10,5 3,60 3,10 67,3 1,1

2.

Siderat- No’xat +NPK



13,6 11,9 4,10 3,40 63,7 1,3

3.

Sideratlar- No’xat+raps +NPK



13,5 13,8 4,30 3,70 61,8 1,5

4.

Sideratlar- No’xat+raps+gorox +NPK



13,4 13,8 4,40 3,70 61,0 1,6

EKIF t


05

= 5,7 s/ga

*Manba:Dala tajribasi materiallari. Payariq tumani irrigatsiya eroziyasiga uchragan tipik bo’z tuproqlari.

4.3. Irrigatsiya eroziyasiga uchragan yerlarda makkajo’xori yetshtirishhning

iqtisodiy samaradorligi

Har qanday agrotexnologik tadbirning qiymati iqtisodiy samaradorlik

bilan belgilanadi. Sideratlarni makkajo’xori yetshtirishda qo’llashning iqtisodiy

samaradorligi shartli ravishda xisoblab chiqildi (4.3.1.-jadval)

Makkajo’xoridan olingan don hosilining xarid narxi 52000 so’m/sentnerni,

quruq poyaning xarid narxi 24000 so’m/sentnerni tashkil etdi. Yoki 1 kg don 52

so’m va poyasining narxi javoban 24 so’m.

Sideratlar hisobiga qo’shimcha hosildan olingan shartli yalpi daromad

492.9 - 1156.3 ming so’m oralig’ida bo’ldi.

Sideratlar xisobiga, qo’shimcha xarajatlar variantlarida mos ravishda

nazoratga nisbatan (2-4 variantlarda) 215.6 ; 226.4 ; va 426.4 m/so’m/ga ni

tashkil etdi

Sideratlarni aloxida qo’llash xisobiga qo’shimcha sof daromad 328.6

ming so’m/ga oralig’ida bo’ldi. Lekin raps+gorox va raps+gorox+no’xat

variantlarida bu ko’rsatkich ancha yuqori bo’ldi, yani 693.8 – 729.9 ming so’mni

tashkil qildi. Demak eng yuqori qo’shimcha sof daromad raps+gorox+no’xat

variantlarida bo’ldi yani 729.9 ming so’mni tashkil qildi, lekin shartli eng

yuqori rentabelligi raps+gorox variantida kuzatildi (4.3.1 –jadval )

Sideratlarni qo’llash natijasidagi shartli rentabelligi variantlar bo’yicha katta

farq qildi. Sideratlarni aloxida qo’llash xisobiga qo’shimcha yoki shartli

rentabelligi 152.4 foiz atrofida bo’ldi. Lekin raps+gorox variantida (3- variant)

212.5 foiz va raps+gorox+no’xat variantida bu ko’rsatkich biroz pasyroq bo’ldi,

yani 171.1 foizni tashkil qildi. Boshqacha aytadigan bo’lsak 1 so’m xarajatga mos

ravishda 1.52, 2.12 va 1.71 so’m qo’shimcha daromad olindi (4.3.1 –jadval )

Irrigatsiya eroziyasiga uchragan yerlarda Siderat ekinlarni qo’llashning

makkajo’xori yetshtirishda iqtisodiy samardorligi*

№ Ko’rsatkichlar O’lchov

birligi


Variantlar

Sideratsiz –

(Nazorat

)+NPK


SideratNo’xat

+NPK


SideratlarNo’xat+ra

ps +NPK

SideratlarNo’xat+raps+

gorox+NPK

1 2 3 4

1. Olingan jami hosil don s/ga 66,35 75,29 83,29 85,28



poya s/ga 68,30 71,61 74,11 75,47

2. Sideratlar hisobiga

olingan, qo’shimcha

hosil


don s/ga nazorat 8,94 16,94 18,93

poya s/ga nazorat 3,31 5,81 7,17

3. 1s mahsulot narxi don m/so’m 52 52 52 52

poya m/so’m 24 24 24 24

4. Sideratlar xisobiga

olingan shartli daromad

don m/s/ga nazorat 464,8 880,8 984,3

poya m/s/ga nazorat 79,4 139,4 172,0

5. Sideratlar hisobiga olingan

jami qo’shimcha hosildan

olingan shartli daromad

m/s/ga nazorat 544,2 1020,2 1156,3

6. Sideratlar xisobiga jami,

qo’shimcha xarajat

m/s/ga nazorat 215,6 326,4 426,4

Sh.j. Urug’lik material uchun m/s/ga nazorat 100 198 298

Sideratlarni yerga xaydach

bilan bog’liq xarajatlar

m/s/ga nazorat 115,6 128,4 128,4

7 Sideratlarni qo’llash xisobiga

qo’shimcha sof daromad

m/s/ga nazorat 328,6 693,8 729,9

8. Sideratlarni qo’llashning

shartli rentabelligi

% nazorat 152,4 212,5 171,1

*Manba:Xo’jalik va tumanda belgilangan erkin narxlardan olingan: Sideratlar

narxlari

Gorox=2500 x 40kg =100000 so’m Raps =14000x 7kg = 98000 so’m

No’xat=2500 x 40kg=100000 so’m

O’rta Osiyoning sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida tuproqning

irrigasion eroziyasi keng tarqalgan bo’lib, u suv eroziyasining bir ko’rinishi va ular

albatta iqtisodiy jihatidan o’rganilgan bo’lishi kerakdir. Yer nishabligi katta

bo’lgan yerlar o’zlashtirilib paxtachilikda foydalana boshlashi natijasida keyingi

yillarda ana shunday eroziya maydonlari ko’payib bormoqda.

Binobarin, yozda g’alladan bo’shagan maydonlarga Siderat ekin sifatida

gorox, no’xat va rapsni sof holda yoki goroxni raps bilan, no’xatni raps va gorox

bilan aralash holda foydalanish va bu maydonlarda makkajo’xori o’stirish

natijasida tarmoq rentabelligini oshirish va gektaridan yuqori sof foyda olish

imkoniyati ta’minlanadi.

Demak, Samarqand viloyati Payariq tumani irrigatsiya eroziyasiga uchragan

tipik bo’z tuproqlar sharoitida, yozda g’alladan bo’shagan maydonlarga Siderat

ekin turlarini ekish asnosida va shu joyda makkajo’xoridan yuqori va sifatli hosil

olish bilan birga, yuproq unumdorligini saqlash va soha rentabelligini ham oshirish

mumkin ekan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.Abdullayev B.N. Muxiddinov A. Payariq tumani bo’z tuproqlari sharoitida

Sideratlarning makkajo’xorini o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga tasiri.-Samarqand : MBI, 2012. 87 bet

2. Xazratqulov Sh. Siderat ekinlarning tuproq unumdorligi va makkako’xori

xosiliga tasiri. Ilmiy konferensiya mat. Samarqand, 2011, 58-59 bet

3. .Xolmonov N va boshq. Siderat ekinlarning irrigatsiya eroziyasiga ta’siri. Ilmiy

konferensiya mat.- Samarqand: Samqxi,2012. 124-128 bet

4.Internet ma’lumotlari:



4.1.www.samqxi.uz. Samarqand Qishloq Xo’jalik Instituti rasmiy sayti.
Download 25.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling