Irsiyatning xromosoma nazariyasi


Download 0.85 Mb.
bet1/3
Sana20.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1104674
  1   2   3
Bog'liq
Irsiyat

Irsiyatning xromosoma nazariyasi

Asosiy tushunchalar:

  • Asosiy tushunchalar:
  • Boveri va Sattonning irsiyatning xromosoma nazariyasiga koʻra, xromosomalarning muayyan qismlarida joylashgan genlar va meyoz davomida xromosomalarning holati Mendelning irsiyat qonunlarini tushuntirib beradi.
  • Meva pashshalarini oʻrgangan Tomas Hant Morgan birinchilar qatorida ushbu xromosoma nazariyasini tasdiqladi.
  • Morgan pashshalarning koʻz rangiga taʼsir etuvchi mutatsiyani kashf etdi. Unga koʻra, bu mutatsiyalar erkak va urgʻochi pashshalarda turlicha irsiylanadi.
  • Irsiyat qonunlariga asoslangan holda Morgan koʻz rangini ifodalovchi gen X xromosomada joylashadi degan xulosaga keladi.

Genlar xromosomada joylashganligini kimlar aniqladi? Uolter Satton va Teodor Boveri buni tushunib yetishga muvaffaq boʻlishdi. Amerikalik Satton xromosoma va meyozni chigirtkalarda oʻrgandi. Germaniyalik Boveri esa xuddi shu narsalarni dengiz tipratikanlarida oʻrgandi.

    • Genlar xromosomada joylashganligini kimlar aniqladi? Uolter Satton va Teodor Boveri buni tushunib yetishga muvaffaq boʻlishdi. Amerikalik Satton xromosoma va meyozni chigirtkalarda oʻrgandi. Germaniyalik Boveri esa xuddi shu narsalarni dengiz tipratikanlarida oʻrgandi.
  • 1902- va 1903-yillarda Satton va Boveri bir-biridan mustaqil ravishda hozir biz bilgan oʻsha irsiyatning xromosoma nazariyasi haqidagi maqolani chop etishdi. Ushbu nazariyaga koʻra, xromosomalarning muayyan qismlarida joylashgan genlar va xromosomalarning meyoz davomidagi holati, nima uchun genlar Mendel qonuniga muvofiq irsiylanishini tushuntirib bera oladi

Irsiyatning xromosoma nazariyasini qoʻllab-quvvatlovchi kuzatishlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi

  • Irsiyatning xromosoma nazariyasini qoʻllab-quvvatlovchi kuzatishlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi
  • Xromosomalar, Mendelning genlari kabi organizmda juftlashgan (gomologik) holatda boʻladi. Xromosoma yoki genlar juftligining biri onadan, ikkinchisi esa otadan oʻtadi. 
  • Gomologik juftlik meyoz jarayonida bir-biridan ajraladi, shuning uchun har bir spermatozoid yoki tuxum hujayra ulardan biriga ega boʻladi. Bu jarayon Mendelning belgilarning ajralish qonunidagi allellarning gametalarga taqsimlanishini koʻrsatib beradi. 
  • Mendelning belgilarning mustaqil irsiylanish qonunidagi turli gen allellari kabi, turli xromosoma juftlari meyoz davomida bir-biridan mustaqil holda gametalarga taqsimlanadi. 
  • Belgilarning xromosomalarga bogʻliqligi bevosita dalillar bilan isbotlanishidan oldin irsiyatning xromosoma nazariyasi qabul qilinib, munozaraga sabab boʻlgandi. Yakunida esa meva pashshalari genetikasini oʻrgangan Tomas Hant Morgan va shogirdlarining ishlari tufayli bu nazariya tasdiqlandi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling