Irsiyatning xromosoma nazariyasi


T.H. Morgan: meva pashshalari bilan oʻyin


Download 0.85 Mb.
bet2/3
Sana20.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1104674
1   2   3
Bog'liq
Irsiyat

T.H. Morgan: meva pashshalari bilan oʻyin

  • T.H. Morgan: meva pashshalari bilan oʻyin
  • Morgan oʻzining genetik izlanishlari uchun meva pashshasi (Drozofilla Melanogaster)ni tanladi. Meva pashshalarining oʻziga xos ustunliklari boʻlmasa-da (hasharotlar boʻyicha didingizga bogʻliq holda), amaliyotda ular ancha qulaylik tugʻdiradi: ular arzon, qulay hamda tez oʻsadi. Siz minglab pashshalarni kichik idishdagi shakar eritmasi yordamida oʻstirishingiz mumkin va genetik olimlar hozir ham ulardan foydalanadi.
  • Morganning muhim, xromosoma nazariyasini tasdiqlovchi tajribalari u pashsha koʻziga taʼsir etuvchi genlardagi mutatsiyani aniqlagandan soʻng boshlandi. Bu mutatsiya normal qizil koʻz rangiga taʼsir qilib, uning oq rangda boʻlishiga sabab boʻladi.
  • Kutilmaganda Morgan koʻz rangini ifodalovchi genlar erkak va urgʻochi organizmlarda turlicha irsiylanishini aniqladi. Erkak pashshalar X va Y xromosomaga (XY) ega boʻlsa, urgʻochilarida ikkita X xromosoma boʻladi (XX). Koʻz rangi X xromosomaga birikkan holda irsiylanishini tasavvur qilish uchun Morganga koʻp vaqt kerak boʻlmadi.
  • Xromosoma nazariyasiga tanqid bilan qaragan Morganni bu judayam ajablantirdi.

“Jinsga birikkan” holda irsiylanish^66start superscript, 6, end superscript

  • “Jinsga birikkan” holda irsiylanish^66start superscript, 6, end superscript
  • Nima sababdan Morgan koʻz rangini ifodalovchi gen X xromosomada joylashgan deb oʻyladi? Keling, uning maʼlumotlariga koʻz yugurtiraylik. Dastlab oq koʻzli erkak pashsha normal qizil koʻzli urgʻochi pashsha bilan chatishtirilganda, hosil boʻlgan F1 avlodning barchasi qizil koʻzli edi. Bu esa Morganga koʻzning oq boʻlishi retsessiv belgi degan xulosaga kelish imkonini berdi. Mana shu yergacha barchasi yaxshi va kutilmagan hech narsa sodir boʻlmagan edi.

Lekin F1 dagi pashshalar oʻzaro qayta chatishtirilganda gʻalati bir narsa sodir boʻldi: F2 dagi hamma urgʻochi pashshalar qizil koʻzli, erkak pashshalarning yarmi esa oq koʻzli edi. Bundan erkak va urgʻochilardagi belgilar turlicha irsiylanishi maʼlum boʻldi. Shunisi aniqki, X xromosomaga bogʻliq belgilar ularda bir holatda irsiylanadi.

  • Lekin F1 dagi pashshalar oʻzaro qayta chatishtirilganda gʻalati bir narsa sodir boʻldi: F2 dagi hamma urgʻochi pashshalar qizil koʻzli, erkak pashshalarning yarmi esa oq koʻzli edi. Bundan erkak va urgʻochilardagi belgilar turlicha irsiylanishi maʼlum boʻldi. Shunisi aniqki, X xromosomaga bogʻliq belgilar ularda bir holatda irsiylanadi.
  • X kerakli joyni belgilaydi
  • Keling, qanday qilib X xromosomaning irsiylanishi Morgan guvohi boʻlgan hodisani tushuntirib bera olishini koʻramiz. Oldinroq biz urgʻochi pashshalar XX genotipga, erkak pashshalar esa XY genotipga ega boʻlishini aytib oʻtgandik. Agar biz koʻz rangini belgilovchi genni X xromosomada joylashtirsak (uni quyidagicha W+ qizil uchun va w oq uchun yozgan holda), Morganning birinchi chatishtirish natijasini Pennet katakchasidan foydalanib quyidagicha keltirishimiz mumkin:

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling