Is va mv zv n I 90 sih vA ra an vD xn a a o


Moliyaviy hisobot turlari va ularni tuzish qoidalari


Download 5.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/94
Sana01.11.2023
Hajmi5.82 Mb.
#1736862
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-BUXGALTERIYA HISOBINAZARIYASI

8.2 Moliyaviy hisobot turlari va ularni tuzish qoidalari
Hisobotda bir korxona k o ‘rsatkich m a’lumotlari yoki bir ne- 
cha korxona k o ‘rsatkich m a’lumotlari k o ‘rsatilgan b o iish i m um ­
kin. Demak, shu xususiyatiga ko‘ra hisobotni quyidagi ikki turga 
ajratish mumkin: dastlabki hisobot; y ig‘ma hisobot.
Y ig‘ma hisobot birlashmalar, assotsiyasiyalar, aksiyador- 
lik jam iyatlari, bosh boshqarmalar, vazirliklar tarmoqning boshqa 
yuqori tashkiloti tomonidan tuziladi. Hisobotni tuzish va topshirish 
muddatiga k o ‘ra esa quyidagi turlarga ajratish mumkin: yil ichida­
gi (davomidagi) hisobot; yillik hisobot.
Yil ichidagi hisobot esa oylik, choraklik va yarim yillik b o ia d i.
Yillik hisobot shakllari quyidagilardan iborat:
Korxona balansi (1-shakl).
Moliyaviy natijalar haqida hisobot (2- shakl).
Pul m ab lag iari haqida hisobot (4- shakl).
Xususiy kapital haqida hisobot (5-shakl). Yuqoridagi hisobot- 
larga qo‘shimcha har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt debitorlik va 
kreditorlik to ‘g ‘risidagi m a’lumotnomani taqdim etadi.
Bu hisobot shakllari O ‘zbekiston Respublikasi M oliya Vazirlig- 
ining 1996-yil noyabrdagi Nizomida tasdiqlangan. 1991- yil yan-
167


varigacha esa ular soni 13 ta edi, y a ’ni balansga ilova, bolalar 
bog‘chasini saqlash xarajatlari haqida hisobot, fondlar va maqsadli 
moliyalash m a b lag lari hisoboti haqida hisobot va hokazo.
Yillik va choraklik buxgalteriya hisobotlarini 0 ‘zbekiston Re- 
spublikasidagi qonunga asosan huquqiy shaxs hisoblangan korx­
onalar (chet el investitsiyalari bilan ishlovchi korxonadan tashqa­
ri) mulkchilikning qaysi shakliga asoslanganligidan qat’iy nazar te­
gishli tashkilotlarga topshirishlari lozim.
Chet el investitsiyalari korxonasidan tashqari hamma korx­
onalar choraklik hisobotlarini kelgusi choraklik hisobot oyining 25 
kunidan, yillik hisobotni esa keyingi hisobot yilining 15-fevralidan 
kechiktirmay topshirishlari lozim.
Chet el investitsiyalari bilan ishlaydigan korxonalar esa yillik 
hisobotni kelgusi hisobot yilining 15-martidan kechiktirmay top- 
shirishlari lozim.
Yillik buxgalteriya hisobotiga 15-20 varaqdan k o ‘p b o im ag an
tushuntirish xati ilova qilinadi. Bu tushuntirish xatida korxona 
faoliyati so‘nggi natijasiga ta ’sir etgan asosiy omillar, korxonan­
ing yillik hisoboti natijalari b o ‘yicha qabul qilgan qarorlari va sof 
foyda taqsimlanishi, buxgalteriya hujjatlarini tekshirish haqida au­
ditor xulosasi k o ‘rsatib o ‘tiladi. A gar yil boshiga boshlang‘ich ba­
lans o ‘zgartirilgan bo‘lsa, u holda tushuntirish xatida o ‘zgartirish 
sabablari k o ‘rsatib o ‘tiladi. Shu ningdek, unda hisobot yilidagidan 
boshqacha hisob siyosatini q o llash g a doir qaror qilingan b o ls a , u 
haqida ham m a'lum ot beriladi.
Buxgalteriya hisoboti shakllarida ham m a k o ‘rsatib o ‘tilgan 
ko ‘rsatkichlar aks ettiriladi. U yoki bu m odda (qator) to ‘ldirilmagan 
holda, agar ular korxonada tegishli aktivlar, passivlar, jarayon­
lar y o ‘q b o ‘lmagan, ishlatilmagan b o ‘lsa, tegishli qatorga chizib 
qo'yiladi.
Shakllar manzil qismi quyidagi tartibda to ‘ldiriladi:
«Korxona» rekviziti - korxonaning to ‘liq nomi o ‘matilgan 
tartibda ro ‘yxatdan o ‘tkazilib, tasdiqlangan hujjatlar asosida
168


ko‘rsatiladi va uning kodi korxona ham da tashkilotlar umumittifoq 
guruhlashishiga (klassifikator) asosan k o ‘rsatiladi (OKPO).
«Tarmoq (faoliyat turi)» rekviziti - tarmoq (ft) va uning ko­
di umumittifoq xo‘jalik tarmoqlar, guruhlashishiga (OKONX) 
ko‘rsatiladi.
«Davlat mulkchiligining boshqaruvchi tashkilot» rekviziti -
bunda davlat yoki munisipial korxona tarkibiga kiruvchi tashkilot 
nomi (agar bor b o ‘lsa) va buxgalteriya hisoboti topshirilayotgan 
tashkilot k o ‘rsatiladi.
«Nazorat summasi» rekviziti - korxonalar tomonidan to ld iril- 
maydi.
Choraklik va yillik hisobotlami tuzishda mvestorlar, kreditor- 
lar, aksiyadorlar, soliq inspeksiyalari, ta ’sischilar, banklar, boshqa­
ruvchi korxona va davlat qiziqishini hisobga olishi, xalqaro stan- 
dartlar va 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining amaldagi 
ko‘rsatmalariga, « 0 ‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi 
haqida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Fuqarolik Kodeksi, shuningdek, buxgalteriya hisob- kitoblar, 
hisoblar va hisobotlar masalasiga tegishli ko‘rsatm alar va Prezident 
farmonlariga va boshqa m e’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga 
javob berishiga e ’tibor berish lozim.
Korxona ham m a ichki bo ‘limlari faoliyati hisobot shakllari 
ko‘rsatkichlarida ko'rsatilishi lozim.
Buxgalteriya hisobotini tuzishda hisob vaqti b o lib , hisobot 
davri so ‘nggi kalendar kuni hisoblanadi.
Yo‘qotilayotgan, tarqatilayotgan, davlat mulkchilik shaklini ja- 
moa shakliga almashtirayotgan korxona yillik hisobotni amal qilay- 
otgan usul (shakl)da yil boshidan y o ‘qotish (o‘zgartirilayotgan) 
davrigacha b o lg a n davrga tuziladi.
Yangi tuzilgan korxona hisobotda m ablag‘ va ular m anbalari­
ni (sotib olish, olish qiymatida) o'rnatilgan tartibda ular ro‘yxatdan 
o'tgan oyning 1- kunidan, hisobot yilining 31- dekabriga 1- davr­
ga tuzadilar. Hisobot yilining 1- oktabridan keyin tuzilgan korxo­
na esa 31- dekabrgacha b o lg a n davrga hisobot tuzishdan ozod qil-
169


ingan, ammo bu k o ‘rsatilgan tartib y o ‘qotilgan (boshqatdan tashkil 
qilingan) korxonalar asosida tuzilgan korxonalarga tegishli emas.
Korxona balans moddalari aktiv va passivlari yaxshilab 
o ‘tkazilgan inventarizatsiyaga asoslangan bo ‘lishi lozim. Bunda 
yillik hisobotni tegishli organlarga topshirguncha doimiy amalda 
ishlovchi inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya natijasida 
boyliklar haqiqiy holati bilan buxgalteriya hisobi m a’lum otlarining 
farqini tartibga solishi lozim. Shuningdek, tekshirish aktlari yo­
ki o ‘zaro hisob-kitoblar qoldig‘ini tasdiqlash xatlari bilan rasmi- 
ylashtiriladigan debitorlik va kreditorlik qarzlari ham inventa­
rizatsiya qilinishi lozim.
0 ‘tkazilgan inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuningdek, 
agar o ‘tkazilmagan b o is a , sabablari yillik hisobotga ilova qilinadi- 
gan tushuntirish xatida k o ‘rsatib o ‘tilishi kerak.
Balansdagi moliyaviy, soliq tashkilotlari, bank muassasalari 
bilan hisob-kitob b o ‘yicha moddalarida aks ettiriladigan summalar, 
ular bilan kelishilgan bo‘lishi lozim. Shu hisob-kitob b o ‘yicha ba- 
lansda tartibga solinmagan summalarga y o l qo‘yilmaydi.
Korxona balansi da hisobot m a’lumotlari bilan oldingi yil tegish­
li davri m a’lumotlarini hisob siyosatidagi o ‘zgarishlami (agar ular 
ro 'y bergan b o ‘lsa) hisobga olgan holda solishtirish ta ’minlangan 
b o iish i kerak. Buxgalteriya hisoboti va balansida hech qanday tu- 
zatishlarga y o l q o ‘yilmasligi kerak. X atolar tuzatilgan holda, hiso­
bot va balansga imzo chekkan shaxs, tuzatilgan muddatni k o ‘rsatib, 
tegishli so‘zlami yozadi. Hisobot m a’lumotlarining joriy yil­
da shuningdek, o ‘tgan yildagilarida (ular tasdiqlangandan so ‘ng) 
xatoliklar aniqlansa, hisobotda tuzatiladi, tuzatishlar hisobot davri 
m a ’lumotlariga ham kiritiladi (choraklik, yil boshidan).
Yillikbuxgalteriyahisobotini tekshirishdavomidadaromadlar- 
ni yashirish yoki moliyaviy natijani muom ala xarajatlarga tegish­
li b o im ag an xarajatlami unga qo‘shish y o l i bilan kamayishi an­
iqlansa, oldingi yil buxgalteriya hisobi va hisobotida tuzatish kirit- 
ilmaydi, balki qaysi tegishli schyotda aniqlangan b o is a , shu schy­
ot bilan korrespondensiyalanib, joriy yildan o ‘tgan yil foydasi sifa- 
tida aks ettiriladi.
170


Hisobot m a’lumotlarini k o ‘rsatib o ‘tilgan tuzatish tartibi, ko­
rxona va boshqa tashkilot tekshirish ham da inventarizatsiyasi nati­
jasida aniqlangan xatoliklami tuzatishda qo‘llaniladi. Yuqorida ay- 
tib o ‘tilganidek, yillik hisobotni tuzishdan oldin tayyorgarlik ish­
lari k o ‘riladi va hisobot m a’lum otlarining to ‘g ‘riligini ta’minlash 
maqsadida korxonada inventarizatsiya o ‘tkaziladi. Unda mavjud 
tovar moddiy boyliklari debitorlik va kreditorlik qarzlari ham ­
da boshqa hisob-kitoblar birm a-bir sanab, tekshirib va taqqo- 
slab chiqiladi. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan joriy hisob 
ko‘rsatkichlaridagi xatolar 10 kun m obaynida tegishli buxgalteri­
ya yozuvlari orqali haqiqatda aniqlangan m a ’lumotlarga moslanib 
to ‘g ‘rilanishi lozim. Yillik hisobot tuzishdan oldin BHMSning
«Inventarizatsiya» nomli 19-sonli standartida keltirilgan tartib 
va muddatlarda inventarizatsiya o ‘tkaziladi. M asalan, asosiy vosi- 
ta bir yilda kamida bir m arta (hisobot yilining 1- noyabriga qadai) 
tovar, material va boshqa moddiy boyliklar bir yilda kam ida bir 
marta (hisobot yilining 1 oktabriga qadar) inventarizatsiya qilini­
shi zarur. Davlatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, hamma so- 
halarda o ‘zgarishlar ro ‘y bermoqda. Iqtisodivotdagi o ‘zgarishlar, 
uning asosini tashkil etuvchi korxonalarda ham o ‘zining to ‘la aksi- 
ni topmoqda. Korxonalarga berilayotgan mustaqillik, ular mulkini 
saqlashni ta ’minlash maqsadida, korxonalarga yil davomida inven­
tarizatsiya o ‘tkazish soni va muddatlarim belgilash huquqi beril­
gan.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad 5910 -« K a- 
momadlar va boyliklam ing buzilishi natijasidagi talafotlar» schy­
oti ga olib boriladi. Kamomad tekshirilib tabiiy kamayish m e’yorida 
bo‘lsa, korxona xarajatlariga, y a’ni 2010 - «Asosiy ishlab chiqar­
ish» yoki 9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti, agar mod­
diy javobgar shaxs aybi bilan bo‘lsa, 4730 - «Moddiy zararlarni 
qoplash yuzasidan xodim lam ing qarzi» schyotga olib boriladi va 
undirib olinadi.
Agar kamomad va zarar jinoyat natijasida vujudga kelgan 
bo‘lsa, unda korxona rahbari islini tegishli sud, tergov organlar-
171


iga yuborib, kamomad aniqlangandan keyin 5 kun mobayni- 
da fuqarolik da’vosi e ’lon qilinishi kerak. Agar tabiiy kamomad 
m e’yoridan ortiqcha kamomadlar va moddiy boyliklam ing buzil- 
ishidan ko‘rilgan zararlaming aybdorlari aniqlanmasa, bu kam o­
mad va zararlar korxona foydasidan qoplanadi, bu holda kamomad- 
lam i hisobdan chiqarish mehnat jam oalarida m uhokama qilinishi 
lozim. Bunday m uhokama kamomadlar oldini olish vajavobgarlik- 
ni oshirish imkonini beradi.
Inventarizatsiya natijasida ortiqcha tovar moddiy boyliklari an- 
iqlansa, quyidagi buxgalteriya provodkasi aks ettiriladi:
Dt 1000, 2800, 0100, 2900, 5010 schyotlar;
K t 9390 schyot.
Yuqorida aytib o ‘tilganidek, hisob-kitoblar solishtirish dalo- 
latnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Buxgalteriya hisob-kitob sum- 
masini tasdiqlaydigan k o ‘chirma va solishtirish dalolatnomasini 
inventarizatsiya komissiyasiga topshiriladi. Hisob-kitoblami sol­
ishtirish natijasida debitorlarning qarzlari har xil sabablarga k o ‘ra 
tolanm asligi mumkin. Masalan, qarzdor tashkilotlar tugatilgan yo­
ki topilmagan, d a’vogarlik muddati o ‘tib ketgan bo‘lishi yoki de­
bitor o ‘z qarzini to lash d an voz kechgan bo ‘lishi mumkin. B un­
day qarzdorliklarga buxgalteriyada alohida ro ‘yxat tuzilib, un- 
da umidsizlik (gumon qilinayotgan) debitorlik qarzlar ham da o‘z 
vaqtida undirib olinmagan debitorlik qarzlar barchasi uchun alo- 
hida-alohida ro ‘yxat tuzilib, unda har bir qarz oldiga ulam ing vu­
judga kelish sabablari hamda aybdor tashkilot va shaxslam ing 
nomlari k o ‘rsatiladi. Bu ro ‘yxat ham inventarizatsiya kom issiya­
siga topshiriladi. Inventarizatsiya komissiyasi tekshiruvidan keyin 
d a ’vogarlik muddati o li b ketgan debitorlik qarzlari va qarzdorlar- 
ning qobiliyatsizligi tufayli o ‘z vaqtida undirib olinmagan debitor­
lik qarzlar korxona rahbari yoki yuqori tashkilotning b u y ru g l b i­
lan hisobdan chiqariladi va korxona foydasi hisobidan qoplanadi.
Qarzdorlam ing to la s h qobiliyatsizligi tufayli zararlar hisobiga 
o lk azilg a n qarz summalari butunlay bekor qilinmay, qarzdorlar-
172


ning to ‘lash qobiliyatini kuzatish m aqsadida har ehtimolga qarshi 
balansdan tashqari schyotda 5 yil davom ida hisobda olib boriladi.
D a’vogarlik muddati o ‘tib ketgan kreditorlik qarzlari summasi 
shu muddat o ‘tib ketgan oydan keyingi oyning 10 kunida kechik- 
tirmasdan korxona daromadiga o ‘tkaziladi. Qayd etish muddatdan 
kechiqib topshirilgan har kun uchun jarim a sifatida 0,05% miqdor- 
da penya to ian ad i.
Tekshirishda ro ‘y bergan xo‘jalik jarayonlari tegishli hisob reg- 
istrlarida aks ettirilganligiga ham ahamiyat berish lozim. Barcha 
buxgalteriya schyotlari yilning oxirida yopiladi, y a’ni debet va kredit 
oborotlari va oy oxiriga qoldiq aniqlanadi. B a’zi schyotlar (tranzit 
schyotlar)ning esa qoldiqlari tegishli schyot, y a ’ni 9910 - «Yakuniy 
moliyaviy natija» schyotining debet yoki kreditiga o ‘tkaziladi. M a­
salan,
Dt 9910 schyoti 
Kt 9100, 9400, 9600 schyotlar 
Dt 9000, 9300, 9500 schoytlar 
Kt 9900 schyot.
9910 - «Yakuniy moliyaviy natija» schyotida aniqlangan de­
bet va kredit oborotlar taqqoslanib, qoldiq summa aniqlanadi. Agar 
ushbu schyotda qoldiq summasi debet tom onda b o is a , zarami, 
kredit tom onda b o is a , korxonaning hisobot davrini foyda bilan 
yakunlaganini bildiradi.
9910 - «Yakuniy moliyaviy natija» schyotida aniqlangan foy­
da yoki zarar 8710 - «Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi 
(qoplanmagan zarari)» schyotiga o ik azilad i, y a’ni 
D t 8710 schyot 
Kt 9910 schyot yoki 
Dt 9910 schyot Kt 8710 schyot.
Buxgalteriyadagi bunday yozuvlar yillik hisobotni tuzishga 
tayyorgarlikning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi.



Download 5.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling