Isajon sultonning "ozod"romanidagi ramziylik


Download 354.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana09.11.2023
Hajmi354.92 Kb.
#1760007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
isajon-sultonning-ozod-romanidagi-ramziylik

 
 

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI 
ISSN (E) 2181-2993 
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
246 
www.birunijournal.uz 
yetgan yigit albatta mo‘jiza lolani olib kelish haqida o‘ylaydi: “Minglar u mahal 
baquvvat, chayir, o‘ktam yigit edi, mana shu ayoliga fotiha qilinganida qoyalaru 
o‘ngirlar osha borib, taqdir lolasini uzib kelgan, deydilar. Odamlar o‘shanda lolani 
ko‘rishdan umidvor bo‘lib Minglarning uyi oldiga yig‘ilishdi. Biroq, horib-charchab, 
nechundir o‘zgarib-yoshi ulg‘ayganday bo‘ib qaytib kelgan Minglar hech kimga 
ko‘rsatmadi. Minglarning nikohidan keyin ham lolani birov ko‘rmadi, ammo bu oila 
g‘oyat sarishta, uvali-juvali, qutli-barakatli bo‘lib chiqdi”[9;23-b].
Nima uchun baxt guli sifatida muallif aynan lolani tanladi? Atirgul yoki 
qizg‘aldoq deb atamadi. Sababi atirgulni hamma ham uzib olishi mumkin, uni har 
yerdan topsa bo‘ladi. Lola esa o‘ziga cho‘qqilarni, qorli va toshli joylarni makon 
qilgan. Uning yoniga yetib borish oson emas, duch kelgan yerda uchratib ham 
bo‘lmaydi. Mana shuning uchun lolaning qadri baland, bahosi qimmat. Garchi 
atirgulning go‘zalligi undan kam emas, hidi ham hushbo‘y. Lekin qiyinchiliksiz 
kelgan ne’matning zavqi bo‘lmaydi. Shu sababli insonlar baxt lolasiga ixlosmand 
edilar, deb xulosa chiqarish mumkin. Ammo oilasiga lolani olib kelganlar juda kam. 
Lolaga yetishish yo‘li mashaqqatli, hatto ilojsiz: “Bu yo‘lda xunobadan iborat 
daryolar bor, xunoba emas, balki zahar-zaqqum, deyilsa, to‘g‘riroq bo‘lar. Tog‘lari 
ham osmonga tig‘ tortgan..” [9;156-b]. Demak, farovon hayotga yetish har bir 
voyaga yetgan yigitning orzusi, niyati. Lekin bunga erishish kishidan ko‘p mehnat, 
sabot, matonatni talab qiladi. Orzu qilganlarning hammasi ham bu fazilatlarga ega 
emas. Ular uchun bu manzilga yetishning iloji yo‘q, faqat jasorat egalarigagina nasib 
etadi baxt lolasi. Ba’zilar uchun esa buning mutlaqo ahamiyati yo‘q. Ular befarq, 
loqayd, rivojlanish, muvaffaqiyat qozonishga intilmaydilar, turli bahonalar topib 
o‘zlarini aldab yashaydilar: “U yerda guvillab esayotgan shamoldan boshqa hech 
narsa yo‘q” [9;157]. Bunday kimsalar qorong‘u hayotlariga bir tutam nur olib 
kirishga urinib ham ko‘rmaydilar, erinchoqlik qiladilar, o‘zgarishlarga toqat 
qilolmaydilar. Bular bir ishni boshlamoqchi bo‘lsa, uddalay olmasliklari haqida 
o‘ylaydilar, mag‘lub bo‘lishlaridan, omadsizlikdan qo‘rqadilar. Natijada rostdan ham 
hech narsaga erisha olmaydilar. Chunki, ular qalblaridagi ishtiyoqni, ishonchni 
shubha-gumonlari bilan o‘ldirib qo‘yadilar. Bunga, ko‘pincha, atrofdagi yaqinlari 
ham sababchi bo‘ladilar: “Go‘daklik paytdayoq hayotda erishishni juda istagan 
narsalarga intilganimizda, yo‘q, bu narsalarga erishib bo‘lmaydi, degan gapni 
quloqqa quyib qo‘yishadi. Bola: harchand urinmay, baribir o‘zim xohlagan narsaga 
erisha olmayman, degan fikr bilan ulg‘ayadi” [10;2-b]. Dunyoga kelishlaridan 
maqsad nima ekanini ham tushunmay shu holda nom- nishonsiz o‘tib ketaveradilar.
Ozod esa bulardan farqli ravishda o‘z maqsadi sari qiyinchiliklarni yengib
olg‘a boradi. “Agar inson ezgu maqsadlari sari intilsa, unga butun koinot yordam 



Download 354.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling