Isajon sultonning "ozod"romanidagi ramziylik


Download 354.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana09.11.2023
Hajmi354.92 Kb.
#1760007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
isajon-sultonning-ozod-romanidagi-ramziylik

 
 

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI 
ISSN (E) 2181-2993 
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
248 
www.birunijournal.uz 
egasining so‘zlari, toshdan imorat qurayotgan kishining falsafasi, ko‘zi ko‘r kishining 
hikmati, bularning barchasi kalit vazifasini bajaradi. 
Adib asarda A.Navoiy, Imom G‘azzoliy, Rumiy, Mashrab kabi tasavvuf 
donishmandlarining ibratlarini, Mirtemir, Oybek, Shavkat Rahmon, Muhammad 
Yusuf, Iqbol Mirzo, kabi yozuvchi va shoirlar ijod namunalarini mahorat bilan 
qo‘llagan. Xalq o‘gitlari, ibratli rivoyatlar mag‘zini asarga singdirib yuborgan.
Qahramonning yo‘lida uchraydigan har bir manzaraga ramzlar vositasida turli 
hikmatlarni joylagan. Natijada borliq olam ma’nolar qatlamlarini hosil qilgan. 
XULOSA (Conclusion) 
Romanda ramzlarga o‘ralgan Dilorom, Oydinqiz obrazlari yetakchi ahamiyatga 
ega. Syujetdagi asosiy tugun ular orqali beriladi, Oydinqiz Ozodning asar maydonida 
harakatga keltiruvchi kuch sifatida ko‘rinadi. Ya’ni u suyuklisiga baxt lolasini 
keltirish maqsadida safarga otlanadi. Aslida bu ikki qiz ham ramziy timsollar. Eran 
Diloromning himoyasi uchun yov yo‘lini to‘sdi. Yovning maqsadi Dilorom edi. 
Dilorom o‘zi kim? Nima uchun bahodir o‘g‘lonlar uni asrash uchun jonini fido 
qildilar. Muallif asarda Dilorom orqali vatanni anglatmoqchi edi, deb xulosa qilish 
mumkin, ya’ni Vatan uchun jonini tikkan har bir yigitni Eran timsolida 
ko‘radi.Tarixda ona yurtini himoya qilgan Eranlar ko‘p o‘tganligi, ularga orqadan 
pichoq urgan mardudlar ham topilgani, Vatan har bir halok bo‘lgan o‘g‘loni boshida 
Dilorom kabi hasrat chekkanni kabi haqiqatlarni o‘quvchiga anglatmoqchi bo‘ladi. 
Ozod ham aslida Eranning o‘zi, uning istiqloldan keyingi qiyofasi. Qahramonda 
o‘zlikni anglash, o‘z taqdirini yaratish, vatan tuyg‘usi, komillikka intilish xislatlari 
kuchli. Voqealar rivojida qahramon tiynatidagi ezgulik, aql-idrok, fasohat kabi 
qirralar ochila boradi. Ozoddagi teran fikr, keng tafakkur, uyg‘oq aql va musaffo qalb 
komil inson qiyofasidir. Bu esa muallif o‘zidagi yuksak estetik idealni mahorat bilan 
ifoda eta olganini ko‘rsatadi. 
REFERENCES 
1. 
Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF 
THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции
2. 
Qayumov, A. (2018). Creating of a national character through means of 
literature. Theoretical & Applied Science, (1), 235-240.
3. 
Kayumov, A. A., & Isakova, J. B. (2022). DESCRIPTION OF A CHILD'S 
IMAGE IN UZBEK LITERATURE. Oriental Journal of Social Sciences2(02), 115-
122. 
4. 
Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social 
Sciences and Humanities3, 9-13. 



Download 354.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling