Isajon sultonning "ozod"romanidagi ramziylik
Download 354.92 Kb. Pdf ko'rish
|
isajon-sultonning-ozod-romanidagi-ramziylik
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI ISSN (E) 2181-2993 Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022) 247 www.birunijournal.uz beradi” [11;63]. Aslida Ozodning bu safari ma’nolar olamiga qilingan safar edi. Qahramon bu yo‘lda anglagan ma’nolari haybatidan hayratga tushadi. Insonning qanchalik sharaflangan idrok egasi ekanini his qiladi. Ma’nolarni anglashida shamolning hissasi beqiyos edi. “..lekin bilib ol, u yoqda eng yaqin hamrohing- shamol bo‘ladi..” [9;156-b] Shamol romanda yo‘l boshlovchi, donishmand, roviy qiyofasida namoyon bo‘ladi. U qahramonni oddiy ko‘ringan hodisalar darchasidan uning tub zamiriga boqib, tarix sahifalari ostida ko‘milib ketgan ming yillik hikmatlar qatlamini ko‘rishga o‘rgatadi. Muallif manzilga yetib borish mashaqqaatlarini turli rakurslarda turib ramziy detallar vositasida mahorat bilan tasvirlaydi. Ozod nihoyat lolaga yetib borganda ko‘radiki, u boshqa lolalardan farqli ravishda qora rangda edi. Qora rang salobat va ulug‘vorlik belgisi ekani inobatga olinsa, lolaning rangi uning yuksak ekaniga bir ishora bo‘lishi mumkin, boshqa lolalarga o‘xshamasligi uning darajasini yanada balandlatgandir. Balki u chaqmoqlar tufayli qora rangda tug‘ilar? Ochilishida chaqmoqlarning xizmati bo‘lgan bu gulning sathida chaqmoq kuydirgan izlar bor. Ikkinchi tomondan, u g‘amgin edi: “Bilmadim, -dedi Lola, bosh egib. Shunda Ozod lolaning mungli va mayus ekanini ko‘rdi, uning nozik gulkosalarida ko‘z yoshlari monand tomchilar titrar edi” [9;156]. Mulohaza qilinadigan bo‘lsa, bu o‘rinda qora rang qayg‘uni bildirish uchun ishlatilgan degan xulosa haqiqatga yaqinroq. Lola gulkosalaridan uchqunlar taratib, yog‘dulanib turardi, ammo uning hayoti qorong‘ulikdan iborat edi, hatto nima sababdan unib chiqishi, nega bebaho ekanini ham bilmaydi. Unga talpinayotganlari, aziz tutishlari also quvontirmaydi. Yagona tilagi chaqmoqli qoyatoshlar ortidagi yana bir lolaga yetishish va murg‘ak lolasini - zuryodini dunyoga keltirish. Ozod anglaydiki, baxt atalgan lolaning o‘zi baxtga mushtoq. Bundan kelib chiqib, inson intilayotgan, talab qilayotgan ne’matlarning o‘zi insonga muhtoj deyish mumkin . Baxtni har kim har xil tushunadi. Kimgadir sog‘lik baxt. Boshqaga boylik. Ko‘pincha kishi o‘zida bo‘lmagan narsani baxt deb hisoblaydi. Boshqa jihatdan qaraganda, orzu qilgan, erishishni xohlagan narsalarinmizning hammasi ham biz o‘ylaganday mukammal bo‘lmasligi anglatiladi. Chunki hamma narsa ham ko‘ringanidek yoki ta’riflanganidek emas. Baxt aslida insonning o‘zi, borligi, asliyatining sharafliligidadir. Muammo shundaki, inson har doim ham buni anglab yetmaydi. Buyuk bo‘lib yaratilganini tushunmaydi. Barcha yaratiqlar ichida eng oliy maqomga egaligini unutib qo‘yadi. Muallifning maqsadi o‘quvchiga shularni singdirish, ruhini qalqitib, alq ko‘zini ochish, olamga, undagi har bir yaproq, tosh, giyohga tafakkur nazari bilan qarashga majbur qilishdir. Inson o‘z taqdirining yaratuvchisi, farovon hayotning bunyodkori. Hammasi uning qo‘lida, lola faqatgina ramziy ishora xolos. Ayni paytda Ozod obrazini yoritishda qo‘shni ayollarning suhbati, uzumzorlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling