Isajon sultonning "ozod"romanidagi ramziylik
Download 354.92 Kb. Pdf ko'rish
|
isajon-sultonning-ozod-romanidagi-ramziylik
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA (Conclusion)
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI ISSN (E) 2181-2993 Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022) 248 www.birunijournal.uz egasining so‘zlari, toshdan imorat qurayotgan kishining falsafasi, ko‘zi ko‘r kishining hikmati, bularning barchasi kalit vazifasini bajaradi. Adib asarda A.Navoiy, Imom G‘azzoliy, Rumiy, Mashrab kabi tasavvuf donishmandlarining ibratlarini, Mirtemir, Oybek, Shavkat Rahmon, Muhammad Yusuf, Iqbol Mirzo, kabi yozuvchi va shoirlar ijod namunalarini mahorat bilan qo‘llagan. Xalq o‘gitlari, ibratli rivoyatlar mag‘zini asarga singdirib yuborgan. Qahramonning yo‘lida uchraydigan har bir manzaraga ramzlar vositasida turli hikmatlarni joylagan. Natijada borliq olam ma’nolar qatlamlarini hosil qilgan. XULOSA (Conclusion) Romanda ramzlarga o‘ralgan Dilorom, Oydinqiz obrazlari yetakchi ahamiyatga ega. Syujetdagi asosiy tugun ular orqali beriladi, Oydinqiz Ozodning asar maydonida harakatga keltiruvchi kuch sifatida ko‘rinadi. Ya’ni u suyuklisiga baxt lolasini keltirish maqsadida safarga otlanadi. Aslida bu ikki qiz ham ramziy timsollar. Eran Diloromning himoyasi uchun yov yo‘lini to‘sdi. Yovning maqsadi Dilorom edi. Dilorom o‘zi kim? Nima uchun bahodir o‘g‘lonlar uni asrash uchun jonini fido qildilar. Muallif asarda Dilorom orqali vatanni anglatmoqchi edi, deb xulosa qilish mumkin, ya’ni Vatan uchun jonini tikkan har bir yigitni Eran timsolida ko‘radi.Tarixda ona yurtini himoya qilgan Eranlar ko‘p o‘tganligi, ularga orqadan pichoq urgan mardudlar ham topilgani, Vatan har bir halok bo‘lgan o‘g‘loni boshida Dilorom kabi hasrat chekkanni kabi haqiqatlarni o‘quvchiga anglatmoqchi bo‘ladi. Ozod ham aslida Eranning o‘zi, uning istiqloldan keyingi qiyofasi. Qahramonda o‘zlikni anglash, o‘z taqdirini yaratish, vatan tuyg‘usi, komillikka intilish xislatlari kuchli. Voqealar rivojida qahramon tiynatidagi ezgulik, aql-idrok, fasohat kabi qirralar ochila boradi. Ozoddagi teran fikr, keng tafakkur, uyg‘oq aql va musaffo qalb komil inson qiyofasidir. Bu esa muallif o‘zidagi yuksak estetik idealni mahorat bilan ifoda eta olganini ko‘rsatadi. REFERENCES 1. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции. 2. Qayumov, A. (2018). Creating of a national character through means of literature. Theoretical & Applied Science, (1), 235-240. 3. Kayumov, A. A., & Isakova, J. B. (2022). DESCRIPTION OF A CHILD'S IMAGE IN UZBEK LITERATURE. Oriental Journal of Social Sciences, 2(02), 115- 122. 4. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling