Isajon sultonning "ozod"romanidagi ramziylik
Download 354.92 Kb. Pdf ko'rish
|
isajon-sultonning-ozod-romanidagi-ramziylik
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI ISSN (E) 2181-2993 Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022) 246 www.birunijournal.uz yetgan yigit albatta mo‘jiza lolani olib kelish haqida o‘ylaydi: “Minglar u mahal baquvvat, chayir, o‘ktam yigit edi, mana shu ayoliga fotiha qilinganida qoyalaru o‘ngirlar osha borib, taqdir lolasini uzib kelgan, deydilar. Odamlar o‘shanda lolani ko‘rishdan umidvor bo‘lib Minglarning uyi oldiga yig‘ilishdi. Biroq, horib-charchab, nechundir o‘zgarib-yoshi ulg‘ayganday bo‘ib qaytib kelgan Minglar hech kimga ko‘rsatmadi. Minglarning nikohidan keyin ham lolani birov ko‘rmadi, ammo bu oila g‘oyat sarishta, uvali-juvali, qutli-barakatli bo‘lib chiqdi”[9;23-b]. Nima uchun baxt guli sifatida muallif aynan lolani tanladi? Atirgul yoki qizg‘aldoq deb atamadi. Sababi atirgulni hamma ham uzib olishi mumkin, uni har yerdan topsa bo‘ladi. Lola esa o‘ziga cho‘qqilarni, qorli va toshli joylarni makon qilgan. Uning yoniga yetib borish oson emas, duch kelgan yerda uchratib ham bo‘lmaydi. Mana shuning uchun lolaning qadri baland, bahosi qimmat. Garchi atirgulning go‘zalligi undan kam emas, hidi ham hushbo‘y. Lekin qiyinchiliksiz kelgan ne’matning zavqi bo‘lmaydi. Shu sababli insonlar baxt lolasiga ixlosmand edilar, deb xulosa chiqarish mumkin. Ammo oilasiga lolani olib kelganlar juda kam. Lolaga yetishish yo‘li mashaqqatli, hatto ilojsiz: “Bu yo‘lda xunobadan iborat daryolar bor, xunoba emas, balki zahar-zaqqum, deyilsa, to‘g‘riroq bo‘lar. Tog‘lari ham osmonga tig‘ tortgan..” [9;156-b]. Demak, farovon hayotga yetish har bir voyaga yetgan yigitning orzusi, niyati. Lekin bunga erishish kishidan ko‘p mehnat, sabot, matonatni talab qiladi. Orzu qilganlarning hammasi ham bu fazilatlarga ega emas. Ular uchun bu manzilga yetishning iloji yo‘q, faqat jasorat egalarigagina nasib etadi baxt lolasi. Ba’zilar uchun esa buning mutlaqo ahamiyati yo‘q. Ular befarq, loqayd, rivojlanish, muvaffaqiyat qozonishga intilmaydilar, turli bahonalar topib o‘zlarini aldab yashaydilar: “U yerda guvillab esayotgan shamoldan boshqa hech narsa yo‘q” [9;157]. Bunday kimsalar qorong‘u hayotlariga bir tutam nur olib kirishga urinib ham ko‘rmaydilar, erinchoqlik qiladilar, o‘zgarishlarga toqat qilolmaydilar. Bular bir ishni boshlamoqchi bo‘lsa, uddalay olmasliklari haqida o‘ylaydilar, mag‘lub bo‘lishlaridan, omadsizlikdan qo‘rqadilar. Natijada rostdan ham hech narsaga erisha olmaydilar. Chunki, ular qalblaridagi ishtiyoqni, ishonchni shubha-gumonlari bilan o‘ldirib qo‘yadilar. Bunga, ko‘pincha, atrofdagi yaqinlari ham sababchi bo‘ladilar: “Go‘daklik paytdayoq hayotda erishishni juda istagan narsalarga intilganimizda, yo‘q, bu narsalarga erishib bo‘lmaydi, degan gapni quloqqa quyib qo‘yishadi. Bola: harchand urinmay, baribir o‘zim xohlagan narsaga erisha olmayman, degan fikr bilan ulg‘ayadi” [10;2-b]. Dunyoga kelishlaridan maqsad nima ekanini ham tushunmay shu holda nom- nishonsiz o‘tib ketaveradilar. Ozod esa bulardan farqli ravishda o‘z maqsadi sari qiyinchiliklarni yengib, olg‘a boradi. “Agar inson ezgu maqsadlari sari intilsa, unga butun koinot yordam |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling