Isajon sultonning "ozod"romanidagi ramziylik
Download 354.92 Kb. Pdf ko'rish
|
isajon-sultonning-ozod-romanidagi-ramziylik
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI ISSN (E) 2181-2993 Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022) 244 www.birunijournal.uz ettiruvchi oynaga o‘xshab ketsa ham, oynadan keskin ravishda farq qiladi. Oyna hayotni befarqlik bilan aks ettiradi, kishi ongi esa faol ravishda aks ettiradi, ya’ni aks ettiruvchi narsani kishi moddiy va ma’naviy ehtiyojlari jihatidan baholaydi ham” [4;122-b]. Isajon Sulton ijodkor sifatida so‘zni ruhning aksi ekanini tushuntirsa, Izzat Sulton ilmiy nuqtai nazardan ongni hayotni aks ettirishi to‘g‘risidagi nazariyaga qisman qo‘shiladi. N.Ahmedova esa “Nutqiy voqealanish va obraz” nomli maqolasida bunga yanada o‘zgacha ta’rif beradi: “Demak, inson hissiy bilish faoliyati orqali narsa-hodisalarning dastlab tashqi ko‘rinishini, suratini ongida aks ettiradi, keyinroq esa ularning xossalarini ajrata boshlaydi. Bu xuddi ko‘zguga o‘xshab ketadi. Ya’ni narsa-hodisalar ham ko‘zguda akslanadi” [5;107]. Voqelikni akslarni ifodalash asardagi yetakchi omillardan biri. Aslida butun olam katta bir ko‘zgudir va har narsaning aksi unda namoyon bo‘ladi. Borliqdagi yaratiqlar shu oynaning parchalari kabidir. Muallif buni arslon va ko‘zgu haqidagi kichik rivoyat orqali o‘quvchiga yetkazishga urinadi. Arslonni har tomoni faqat oynadan qurilgan xonaga qamab qo‘yilganda, har tarafda o‘z aksini ko‘rgan arslon g‘azab bilan akslariga tashlanadi va ular bilan olishib halok bo‘ladi. Ya’ni dunyo hech kimga o‘zicha yomonlik ham, yaxshilik ham qilmaydi. Bu ko‘zguda faqat amallarimiz va harakatlarimiz natijalari aks etadi. Inson unda ko‘rishni xohlagan narsalarnigina ko‘radi. Bu tushuncha tasavvufdagi “vahdat ul-vujud” haqidagi qarashlar bilan ham chambarchas bog‘liq. Tasavvufshunos olim N.Komilov shunday ta’rifni keltirgan: “ Vahdat ul-vujud nazariyasiga ko‘ra, olam mutlaq zoti mukarram Haq taoloning o‘z husni jamoli, qudrat va sifatlarini namoyon etish istagidan paydo bo‘lgan. Ya’ni, Haq taolo o‘z-o‘zini tanish uchun borliqni yaratdi. Borliq go‘yo ko‘zgu bo‘lib, Haq jamoli, ilmi-hikmati unda aks etadi, jilolanadi” [6;47-b]. Shuningdek, ijodkor so‘zlar, ularning qudrati haqida bir qancha falsafiy fikrlarni bayon etadi. So‘zlar inson ichki olamini, uning tuchuncha va tuyg‘ularini namoyon etuvchi tilsimdir. So‘zlash ne’matining faqatgina insonga xosligi ham uning sharaf egasi ekanini anglatadi. Yozuvchi jism va ruhni ko‘za va mayga qiyoslaydi. Ko‘zaga loydan yasalgan qo‘pol bir jism, mayga esa latif bir narsa sifatini beradi. Xuddi shu kabi bir qancha ta’riflarni keltiradi. Masalan, tana ham g‘ilof kabi, ruh ma’vosida esa ummonlar , daryolar to‘lqinlanishi, ba’zan qushlar sayrasa, ba’zan yong‘inlar chaqnashini e’tirof etadi. Bunday ruhiy holatlarni anglatishning bir yo‘li so‘zlash, faqat so‘zgina buni ifodalashga qodir ekanini uqtiradi. So‘zning qudrati haqida mulohaza yuritgan yana bir ijodkor Polsha yozuvchisi Yan Parandovskiydir. U o‘zining “So‘z kimyosi” nomli kitobida ijodkorlik haqida fikr bildirib shunday yozadi: “So‘zda qancha yashirin qudrat bor ekanini his qila olish va bu qudratni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling