Isajon sultonning "ozod"romanidagi ramziylik
Download 354.92 Kb. Pdf ko'rish
|
isajon-sultonning-ozod-romanidagi-ramziylik
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Keywords: Eastern philosophy, modern literature, spirituality, unity, world of wisdom,
semantic layer, aesthetic ideal KIRISH (Introduction) Badiiy asarning yaralishi ijodkordan katta mahorat talab qiladi. U muallifning tinimsiz mehnatlari, izlanishlari, uyqusiz tunlari, halovatsiz hayoti, buyuk istedodining samarasi o‘laroq maydonga keladi. Asar yozish ijodkordan tengsiz mahorat, malaka, matonat va qobiliyatni talab qiladi. Mana shu xislatlarning bir yozuvchida jamlanishi badiiy ijoddagi eng nodir va ulkan hodisa sifatida baholanadi. Chunki, yozuvchilarning ayrimlari chinakam iste’dod egalari bo‘lsa, boshqalari INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI ISSN (E) 2181-2993 Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022) 242 www.birunijournal.uz mashaqqatli mehnatlar orqali yozuvchilik maqomiga erishadilar. Mana shunday nodir ijodkorlardan biri Isajon Sultondir. Uning “Ozod”romani o‘zbek romanchiligiga yangicha ruh, kayfiyat olib kurdi. Roman modern adabiyotning namunasi bo‘lib, o‘z mazmun-mohiyati bilan hozirgacha yozilgan ko‘plab romanlardan tubdan farq qiladi. Syujeti jihatidan asar mumtoz adabiyot namunalariga borib taqalsa ham, aslida butunlay yangicha xarakterdagi ijod mahsulidir. Romanda Sharq falsafiy tafakkuri, ya’ni zohirni ko‘rib botinni anglash, ruhiy poklanish, ma’nolar olami, Haqqa yetishish kabi tasavvufiy qarashlar muhim o‘rin tutadi. Asar to‘laligicha ramziy belgilar asosiga qurilgan, ya’ni “hech narsa ko‘ringani kabi emasdir..” [1; 3-b] ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Mustaqillik davriga kelib adabiyot yo‘lidagi mafkuraviy g‘ovlardan xalos bo‘lgach, an’anaviy romanchilikdagi ijodkorning o‘ziga xos shakl va uslub individulalligi ko‘rina boshladi. Mumtoz adabiyot chashmalaridan oziqlanish, milliy qadryatlarga e’tibor kuchaydi. O‘zbek adabiyotida modernizm yo‘nalishi shiddat bilan yuzaga qalqdi. Bu holat G‘arb adabiyotiga taqlid natijasida emas, tabiiy ravishda tug‘ilgan ehtiyoj samarasi sifatida maydonga keldi. Bularning bari roman janri imkoniyatlarini kengaytirdi. Modern adabiyotda tasavvur va hayolot parvozi cheksiz , uzluksiz. Hayoliy bu jarayon qahramonga ko‘chib o‘tgach, o‘ziga xos ong oqimini vujudga keltiradi. “Ozod” romanida reallik bilan tasavvur uyg‘unligi bir vaqtning o‘zida namoyon bo‘ladi. Qahramon ongida hikmat qatlamlariga to‘la ma’naviy olamlar yaraladi. Vaqt chegarasi yo‘qolib, zamon va makon mohiyatini o‘zgartiradi. Hodisalar zamiridagi ramziy qulflarni ochish orqali asarning g‘oyaviy maqsadi yoritiladi. An’anaviy romanchilikka yot bo‘lgan bu kabi yondashuv, modernizmning ustivorligi, g‘oya va uslubning orginalligi asarning badiiy qimmatini oshiradi. Diqqatga molik jihati, romanda yozuvchi o‘ziga xos yangicha uslubdan foydalanadi. Unda modernistik yo‘nalishga oid bo‘lgan turli usullar, masalan, asarga aloqasi yo‘qdek ko‘ringan tasodifiy qahramonlar, voqealar, fikrlar talaygina. Asar yakuniga yetgani sari bu tilsimotlarga aniqlik kiritilib, mohiyat ochilib boradi. Qahramonning turli holatlarda sinovlardan o‘tishi, qarshisida moziy pardalari ko‘tarilib, tarix sahifalari namoyon bo‘lishi, aql idrokiga tayanib balolardan omon qolishi, nihoyat maqsadga yetish jarayonlari tizimli tarzda izchillik bilan ifodalanadi. Maqsad sari bosilgan yo‘l o‘tib borayotgan umrdir. Insonning umri bir tekis kechmaydi. Unda yaxshilik ham, yomonlik ham bor. Umr yo‘li davomida odamzodni harakatga undovchi asosiy omil ehtuyojdir. Ayni shu ehtiyoj ramzi sifatida “baxt lolasi” tavsif etilgan. Uning siymosida har kim o‘z istagini ko‘radi. Aksariyat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling