Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya


Islom-monoteistik din. Hadislarda ijtimoiy –pedagogik fikrlarning yoritilishi


Download 1.94 Mb.
bet26/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1566877
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   126
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023

3.Islom-monoteistik din. Hadislarda ijtimoiy –pedagogik fikrlarning yoritilishi
O’zbek xalq pedagogikasida sevgi, oila, bolalar haqidagi qarashlar ko’p yillik tajriba ta’sirida shakllangan. Bu tushunchalarning qonun va qonuniyatlarida pedagogik amaliyotda sinalgan tarbiya me’yorlari va qoidalari o’z aksini topgan.
Xalq pedagogikasida oila inson hayotida eng asosiy tarbiya omili sifatida ko’riladi. Oila jamiyat negizidir. U bolalarga tarbiyaviy ta’sir etishning usullari, odat va an’analarini bilishi, dam olish tartibini, bolalarning mehnat va o’quv mashg’ulotlarini belgilashi, ota-ona va bolalar orasidagi o’zaro munosabatlarning eng qulay me’yorlarini ishlab chiqishi lozim.Chunki bola o’zini qiziqtirgan masalalar bo’yicha eng avval o’z ota-onasi bilan maslahatlashadi. Bu yerda oila a’zolari orasidagi munosabatlar amalga oshadi hamda ota-onaning tarbiyaviy vazifalari aniqlanadi.
Oila va oilaviy tarbiyaning u yoki bu xususiyatlari doimo xalq e’tiborida bo’lgan va xalq pedagogikasida o’z ifodasini topgan. Xalq, avvalom bor, baxt li oila yaratish uchun kurashgan. Xalq pedagogikasida oila “baxt manbai”, "‘tabiat go’zalligi”, mehnatsevar jamoa sifatida ko’riladi, oilada ayol va erkak teng huquqliligi e’tirof etiladi, ayollar huquqi himoya qilinadi, er-xotinlarning ajralishlari qoralanadi, oilaviy nizolarni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan hal qilishni maslahat beriladi.
Xalq pedagogikasida onalikka oliy ijtimoiy qadriyat sifatida qaraladi, xalq og’zaki ijodida esa ona doim ulugʻlanadi. Xalq tomonidan oilaning ijtimoiy vazifalarini bolada axloq, hurmat, kattalar va kichiklar bilan hushmuomala bo’lish,dehqonchilik, chorvachilik, turli kasb-hunar malakalarini egallashda e’tirof etilgan. Qur’onda har bir shaxsni ijtimoiylashuvi hamda har bir insonning hayot va mehnatiga munosabati haqida g’oyalar mavjud. Islomshunoslar islom dinining inson hayoti va mehnatga nisbatan munosabati borasida izlanishlar olib borganlar.
Ularning ta’kidlashlaricha, Qur’on boyliklarni qoralaydi, biroq u barcha boylikni emas, balki Xudo qismatni, musulmonning farzlarini unutishga chorlovchi boyliklarnigina qoralaydi. Agar boylik din nuqtai nazaridan halol topilgan bo’lsa va zakoti berilsa, uni islom qonuniy hisoblaydi. Qur’on Harakatsizlikni ham qoralaydi. U ham dunyoviy, ham diniy ishlardagi faol kishilarni yoqlab chiqadi. Ana shu sababli tarbiyaviy tizimda hadislardan foydalanish nihoyatda muhim hisoblanadi. Chunki ularda payg’ambarning hayoti va faoliyatidan turli hikoyalar, axloqiy pandlar mavjud. Hadislarda islom asoslarining sharxlari berilgan bo’lib mehribonlik, ruhiypoklik, tozalik, halollik iymon kabi tushunchalar ko’rib chiqilgan. Hadislarning pedagogik taxlili ushbu man’baning ta’lim- tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan quyidagi eng muhim mazmuniy yo’nalishlarini aniqlash imkonini beradi:
— “go’zal xulq sohibi” U insonlarning bir-biriga ishonchini shakllantiradi;
— o’z xatolarining tan olinishi xalqning buyukligidan dalolat beradi;
— o’z fikrini bildirish — inson kuchining ifodasidir. O’z fikrini bildirmaslik esa shariat va sogʻlom fikrlashga nisbatan norozilik alomati;
— o’z farzini tushunish va uni ixtiyoriy bajarish insonda yaxshi xislatlar paydo bo’lishiga olib keladi; insonning o’z Vatani, do’stlari, xalqi oldida majburiyatini bajarishi — inson tarbiyalanganligining ko’rsatkichi;
— hayotda vaqtning qadriga etish insonning va jamiyatning rivojlanishining asosiy shartidir;
— sabr qilish baxtsizlik, yetishmovchilik, kasalliklarni yengishga yordam beruvchi xislatdir. Muvaffaqiyatga erishish uchun haddan tashqari sabr ham talab qilinadi;
— insonni farishta darajasiga ko’taruvchi — bu xislatdir.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling