Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya


Download 1.94 Mb.
bet66/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1566877
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   126
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023

Asosiy savollar:

  1. Ijtimoiylashuvga ta’sir etuvchi omillar.

  2. Tashqi va ichki omillar.

  3. Mikro, mezo va makro omillar.

  4. Shaxs ijtimoiylashuviga siyosiy, iqtisodiy, ekologik omillarning ta’siri.



KALIT SO’ZLAR: Ijtimoiylashuv sotsium ta’lim-tarbiya Maxalla Megaomillar, Makroomillar, Mezoomillar Identifikasiyalash Ijtimoiy moslashuv Ijtimoiylashuv vositalari, Ijtimoiy maqom.

Ijtimoiylashuv tushunchasi. "Ijtimoiylashuv” so‘zi dastlab siyosiy iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy iqtisodiyotda yer va ishlab chiqarish vositalarining umumlashuvi ma’nosinianglatgan."Ijtimoiylashuv” atamasini birinchi boʻlib amerikalik sosiolog F. G. Keddings insonlarga nisbatan qo‘llagan.U"Ijtimoiylashuv nazariyasi” (1987) kitobida hozirgiga yaqin ma’noda "ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir” degan fikrni bildiradi.XX asr o‘rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini butun umri mobaynida o‘rganuvchi hamda fanlararo bogʻlanuvchi mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli


konsepsiyalarini tahlil qilish uni, shartli ravishda, ikki asosiy yondashuvga ajratish imkonini beradi:
— sub’yektiv-ob’yektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining
sust iste’molchisi sifatida qaraladi (E. Dyurkgeym, T. Parsons);
— sub’yektiv-sub’yektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol o‘rni, uning hayotiy holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi.
Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi talablariga ikkinchi yondashuv ko‘proq mos keladi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni o‘zlashtirish jarayonidagi rivojlanishi va o‘zgarishi bilan belgilanadi. Ijtimoiylashuv jarayoni. Bolaning ijtimoiylashuvi, xususan, insonning ijtimoiy moslashuvi uning bilishga boʻlgan ob’yektiv ehtiyoji jarayonida paydo boʻladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bolada boshqa bir ob’yektiv ehtiyoj —o‘ziga xoslikni namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro‘y beradi. Shaxsning faqat o‘ziga tegishli boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari individual tarzda namoyon boʻladi, uning ijtimoiy xulq-atvori esa takrorlanmas jihatlarga egabuladi. Bolaning ijtimoiy rivojlanishi o‘zaro bog‘liq boʻlgan ikki yo‘nalishda olib boriladi: moslashuv (ijtimoiy madaniy tajriba, madaniyatni o‘zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbatan oʻziga xoslikka ega bo‘lish). Shunday qilib ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda inson shaxsining moslashuvi va individuallashuvi jarayonlarini o‘zaro bog‘laydi. Inson (bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvi yoki undan ajralib chiqishi (individuallashuvi) ijtimoiylashuv jarayonining mazmunini tashkil qiladi. Moslashish sub’yekt va ijtimoiy muhitning o‘zaro faol yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J. PiaJe, R. Mertoj).
Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudotga aylanish jarayoni va natijasidir. Individuallashuv insonning ob’yektiv ehtiyojlar bilan bogʻliq holda jamiyatda ma’lum darajada alohidalikka intilishi boʻlib, uning yoshligidayoq o‘z-o‘zini namoyon qilishga bo‘lgan harakatlarida paydo bo‘ladi. Bu extiyoj quyidagicha namoyon bo‘ladi:
a) o‘z qarashlariga ega bo‘lish;
b) o‘ziga xosliklarga ega bo‘lish;
v) o‘ziga tegishli bo‘lgan masalalarni o‘zi hal qilish;
g) o‘z mavqeini aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy
holatlarga qarshi turish.
Agar shaxsning jamiyatga kirishida moslashuv va individuallashuv jarayonlari o‘rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro‘y beradi. Shu bilan birga, bunday hollarda shaxs va muhitning o‘zaro ta’sir etishi ham sodir bo‘ladi.Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv o‘rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon uch asosiy sohada amalga oshadi:
1. Faoliyat turlarining kengayishi, uning shakl va vositalarini qo‘lga kiritish, erkin mo‘ljal olish.
2. Muloqot doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish.
3. Shaxsiy "Men” obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, oʻz ijtimoiy mansubligi va o‘rnini anglash, o‘ziga baho berishni shakllantirish.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling