Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya


Go’daklik davrida ijtimoiy moslashuvning o’ziga xosliklari


Download 1.94 Mb.
bet112/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1566877
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   126
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023

Go’daklik davrida ijtimoiy moslashuvning o’ziga xosliklari.

  • Maktabgacha ta’lim muasassalarda olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat



    KALIT SO‘ZLAR: chaqaloqlik, go’daklik, moslashuv, emotsiya, kayfiyat, ijtimoiy pedagogika, adaptatsiya, oila



    1. Chaqaloqlik davrida ijtimoilashuv moslashuv.

    Go‘daklik davri bolaning tug‘ilganidan bir yoshlarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Go‘daklik davri inson hayotidagi organik ejtiyojlarni (kislorodga, ovqatga, issiq yoki sovuqqa) qondirishga nisbatan yo‘naltirilgan hatti–harakatlarning tug‘ma, instinktiv shakllari sof xolda kuzatiladigan yagona davr hisoblanadi. Bola tug‘ilishining birinchi haftasidanoq uning ko‘rish va eshitish sezgilari jadal suratda rivojlanadi.
    Ilk go‘daklik davri - bu bolaning himoyasiz, kam harakat, harakat holatidan juda jadal ravishda rivojlanadigan, quvnoq bolaga aylanish davridir. U qisqa vaqt ichida kattalar bilan munosabat o‘rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga o‘rganadi. U atrof olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni qo‘li bilan ushlab, ularni qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga e’tibor beradi va predmetlar yordamida shu tovushlarni o‘zi yaratishga harakat qiladi. U o‘z onasi va boshqa yaqinlari bilan emosional munosabatga kirishadi. Go‘dak yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan juda tez rivojlanadi. Go‘daklik davridagi bolaning hayoti to‘liq kattalar bilan hamkorlikdagi emosional munosabat bilan bog‘liq bo‘lib, bola kayfiyatining yaxshi bo‘lishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. 4-5 oyligidan boshlab, bola o‘z yaqinlarini begonalardan ajrata boshlaydi. Kattalar bilan emosional munosabat shu yoshdagi bolalarning asosiy yetakchi faoliyati bo‘lib, bola psixik taraqqiyotining asosi bo‘lib hisoblanadi. Kattalar yordami bilan bajariladigan barcha hatti–harakatlari bolaning kelgusi psixik rivoji uchun asos bo‘ladi. Kattalarning bolaga nisbatan emosional munosabati, ularning gaplariga bolaning o‘z diqqatini qaratish, javob qaytarishga harakat qilishi, ba’zi so‘zlarni yodida saqlab qolib, emosiya bildirishi, diqqat, xotira, nutq va boshqa bilish jarayonlarining rivojlanishiga zamin bo‘ladi. Go‘dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o‘z onasining yuzini va ovozini o‘zgalarnikidan ajrata boshlaydi. 3-4 oyligidan boshlab, bolalar yaqinlariga o‘z harakatlari bilan ko‘rish, eshitish yoki gapirishni xohlayotganligini ko‘rsatadilar. 8 oyligidan boshlab esa, bola o‘zgacha muhit va begonalar qo‘liga tushsa, o‘z xavotirini yig‘isi orqali namoyon etadi. Bu xavotir 14-18 oyligida asta–sekinlik bilan kamaya boshlaydi.
    2-3 oylik bolalarda yuzaga keladigan narsalarni ushlay olish harakatlarining shakllanishi ularda predmetlarning shakli va hajmini idrok qilishlarini rivojlanishiga olib keladi.

    Download 1.94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   126




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling