Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya
Ilk bolalik (1-3 yosh) davri boshlanadi
Download 1.94 Mb.
|
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilk davridagi bolalarning yetakchi faoliyat turi - predmetlarni o‘rganish hisoblanadi.
Ilk bolalik (1-3 yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatga molik, uning kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi - muhim davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to‘g‘ri yurishi, muloqotga kirishishi va predmetli faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil etadi. Kattalar bilan bo‘ladigan muloqoti tufayli bola atrof hayot haqida ko‘proq ma’lumot oladi. Nutq - bu yoshlarda nafaqat muloqot, balki bola tafakkurining rivojlanishi va o‘zini-o‘zi, shuningdek, bilish jarayonlarini boshqarish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.
Ilk davridagi bolalarning yetakchi faoliyat turi - predmetlarni o‘rganish hisoblanadi. Go‘daklik davridagi bolalarga nisbatan, ilk bolalik davridagi bolalar atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan ko‘proq qiziqish bilan qaraydilar. Agar, go‘dak bola qo‘liga ushlagan narsani oddiy harakatlar bilan kuzatsa, 2-3 yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan o‘rganganidan so‘nggina, o‘z amaliy faoliyatida ishlata boshlaydi. Bolani dastlab, ayni shu predmetlarning qo‘llanish vazifasi, mohiyati qiziqtirib, u o‘z savoliga javob olish maqsadida ko‘pincha kattalarga «Bu nima?» degan savol bilan murojaat qiladilar. 3 yoshlar arafasida predmetlarning vazifalarini to‘la o‘zlashtirgan bolalar, o‘z o‘yinlarida, shu predmetlardan maqsadsiz foydalanib qolmay, balki ularni o‘z vazifalariga kura ishlatadilar ham. 3 yoshdagi krizis: 3 yoshga kelib bola o‘zini kattalar bilan taqqoslay boshlaydi va kattalar qilishi mumkin bo‘lgan (xuquqi bo‘lgan), ular bajara oladigan harakatlarni bajarishga intiladi. M:«Men katta bo‘lsam samolyotda uchaman.», «Men tank haydayman.». Bola o‘zini mustaqil harakat kila olishini anglagan vaqtdan boshlab, unda «o‘zim kilaman» boshlanadi va bu yana qaysarlik va o‘jarlik tarzida ko‘rinadi. 3 yoshdagi krizis bola shaxsining ma’lum bir darajada rivojlanganligi va kattalar bajaradigan hatti-harakatlarni kila olmayotganligini anglash natijasi hisoblanadi. Krizis davrida yuzaga keladigan xususiyatlar iroda, layoqat va boshqa xususiyatlar uni shaxs bo‘lib shakllanishiga tayyorlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga olgan xolda 3 davrga (3-4 yosh) kichik maktabgacha davri, (4-5 yosh) kichik bog‘cha yoshi o‘rta maktabgacha davr (o‘rta, bog‘cha yoshi), 6-7 yosh va katta maktabgacha davr katta bog‘cha yoshiga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan predmet va xodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib, egallab boradi. Mashhur rus pedagogi Lesgaftning fikricha, insonning bog‘cha yoshidagi davri shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda harakter xislatlarining namunalari shakllanib, ahloqiy harakter asoslari yuzaga keladi. Bog‘cha yoshdagi bolalarning ko‘zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri, ularning harakatchanligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat ko‘rsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va surunkaliligidan toliqadi. Bolaning maktab ta’limiga ijtimoiy-psixologik tayyorgarligi to‘g‘risida gapirilganida ko‘pincha muayyan reja asosida, tartibli, ko‘p qirrali maqsadga yo‘naltirilgan, o‘zaro mantiqiy bog‘liq boshlangich ta’limga zamin vazifasini o‘tovchi psixik o‘sish darajasini nazarda tutiladi. Ta’lim uchun psixik o‘sish darajasidan tashqari, bola turmushi va faoliyatining tafovutlari, sharoitlari, o‘ziga xosligi, uning sixat-salomatligi, usuliy jihatdan tayyorgarligi, oddiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirgani kabi omillarni hisobga olish maqsadga muvofikdir. Bular bolaning maktabga psixologik jihatdan tayyorgarligining ob’yektiv tomonlaridir. Bola maktab ta’limiga psixologik tayyorgarligining sub’yektiv tomoni ham mavjuddir. Bolada shu davrga kelib o‘kish, bilim olish haqida to‘g‘ri tasavvur shakllanadi. Ba’zi bola maktabga butun vujudi bilan talpinadi, boshqa bir bola esa maktabdan kat’iy voz kechishgacha borib yetadi. O‘kishga salbiy munosabat ko‘pincha kattalarning qo‘rqitishlari okibatida vujudga keladi. Shuningdek, aka va opalarning maktab to‘g‘risidagi gaplari, uyda bolalarni ko‘proq dars tayyorlashga majbur qilish ham o‘qishga salbiy munosabat uyg‘otadi. Natijada bolalar ta’lim muhitiga kirishishga qiynaladilar, qator ruhiy tusiqlarga duch keladilar. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling