Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya
-MAVZU: IJTIMOIY PEDAGOGNING MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN FAOLIYAT
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabdan tashqari vaqtni to’g’ri tashkil etishda ijtimoiy pedagogning o’rni. Tengqurlar jamoasi va bolalar submadaniyati.
- Ijtimoiy pedagogning o’quvchilarni kasb tanlashga yo’naltirishga oid vazifalari. KALIT SO‘ZLAR
- 1.Umumiy o`rta ta`lim maktablarining ijtimoiy funksiyalari
22-MAVZU:
|
IJTIMOIY PEDAGOGNING MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN FAOLIYAT |
Asosiy savollar
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining ijtimoiy funksiyalari.
Maktabdan tashqari vaqtni to’g’ri tashkil etishda ijtimoiy pedagogning o’rni.
Tengqurlar jamoasi va bolalar submadaniyati.
Maktabda pedagogik jihatdan me’yordan og’ishganlar bilan ijtimoiy pedagogning olib boradigan ishlari shakl, metod va vositalari.
Ijtimoiy pedagogning o’quvchilarni kasb tanlashga yo’naltirishga oid vazifalari.
KALIT SO‘ZLAR: tengqurlar, jamoa, moslashuv, emotsiya, kayfiyat, ijtimoiy pedagogika, shakl, metod va vosita, adaptatsiya, oila
1.Umumiy o`rta ta`lim maktablarining ijtimoiy funksiyalari.
Ijtimoiy pedagog faqatgina aloxida shaxs bilan bolalar bilan, o’smirlar bilan, agarda gurux bo’lib ishlashi kerak bo’lsa faqatgina kichkina gurux bilan, agar oyla bilan esa faqat kichik oylalar bilan, lekin har biri bilan aloxida ish olib boradi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi bu bolalarni, o’smirlarni ijtimoiy muxafaza qilish, ularga ijtimoiy yoki tibbiy yordam ko’rsatish, uning o’qishini tashkillashtira olish, shuningdek, ularning obro’ e`tiborini tiklash va jamiyatga moslashtira olish o’quviga ega bo’lishi lozim.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun bolani xar tomonlama o’rganish, inqiroz darajasini va uni bartaraf etish yullarini rejalashtira olishi kerak. Buning uchun esa pedagog ijtimoiy xizmat faoliyati bilan shunigdek, ijtimoiy, muxofaza qilish ishlari bilan yaqindan-tanish bo’lishi kerak. Bu esa ijtimoiy pedagogning kasbiy tayyor-bulishini va yuqori darajadagi pedagogik maxoratga ega bo’lishini talab qiladi. Ijtimoiy pedagog qo’yidagi fanlar bo’ycha kasbiy bilimlarga ega bo’lishlari lozim: Pedagogika va psixologiya, bolaning rivojlanish, fiziologiyasini, tarbiya ishlari metodikasini va xakozo va bolalar bilan xamkorlik o’rnata olish va tashkillashtira olishi lozim. Shuningdek ijtimoiy pedagog pedagogik texnologiyani ham bilishi kerak bo’ladi. Demak, tarbiyalanuvchilarga ta`sir o’tkazish yo’llari, malaka va maxoratga ega bo’lishi kerak. Bularga quyidagilar kiradi: artist bo’la olish, chiroyli nutq, ritm, temp, tembr, mimika va imo-ishoralar, alkogolik va narkoman, foxshalar bilan gaplashish tonini va tilini topa olish. Nafaqat gaplashish xattoki ularga ta`sir oʻtkazish va ishontira olishlari kerak bo’ladi. Ijtimoiy pedagog muamala madaniyati va gaplashish texnikasiga e`tibor qaratishi lizim bo’ladi.
Xozirgi kunda ijtimoiy pedagog: -maktabta sinfda nosog’lom oylalar bolalari bilan ishlashida:
-maktab-internatlarda, mexribonlik o’ylarda, bolalar o’ylarida:
-ijtimoiy-ta`limiy markazlarda, ijtimoiy-psixologik xizmat markazlarida:
-reabilitatsion-korrektsion markazlarda:
-madaniyat markazlari, yoshlar klublari:
-yozgi dam olish va mexnat lagerlarida ish olib boradilar.
Asosan bu maxkamalarda ijtimoiy pedagoglar bolalar va oylalar bilan ish olib boradi va ular quyidagilardan iborat: Faqatgina bolalarning (o’smirlarning) bilimlarigina ijtimoiy pedagogning ularga yordam berishi yoki qayta tarbiyalashda to’shri yo’l tanlashida yordam bera oladi. Ularning sogligini, oylasidagi o’zaro munosabatlarni, maktabga o’z tengqo’rlari bilan munosabatlarini, munosabatlari qanday ekanligini bilishi zarur. Pedagog suxbat, anketa javoblari, tengdoshlari bilan bo’lgan munosobatlaridagi xulq-atvoridan, bolalar bilim saviyasidan bilib oladi.
Ijtimoiy pedagogning olib boradigan ishining keyingi bosqichi bu bola (o’smir) bilan birgalikda uning xolatini, u tushib qolgan vaziyatni, «atrofdagilarning xammasi ayibdor» deb qaramasidan bolaning o’zining xatti-xarakatiga e`tibor qaratishi orqali tushinib olish. Vaziyatni aniqlashtirib va unda ishtirok etish bilan inqirozdan chiqib ketish yo’lini topishi mumkin. Bolalar bilan munosabatda bo’lishi uchun ijtimoiy pedagogika pedagogik nazorat va maxorat kerak bo’ladi bu esa ularga bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borish normasini belgilab beradi: agar me`yoridan oshib ketsa yomon ta`sir kursatishi mumkin.
Ijtimoiy pedagogning tashkilotchilik qobiliyati bolalarni (o’smirlarni) faqat
o’zigina o’z xayotini o’zgartira olishi va qiyin vaziyatdan chiqib keta olishini ishontirishda ko’rinadi.
Ijtimoiy pedagogning tashkilotchilk faoliyati bolalar bilan jamiyat o’rtasidagi davlatchilik maxkamalari o’rtasidagi aloqasi, eng asosiysi esa bolaga yangi xayot talablariga moslashishiga yordam beradi. Ijtimoiy pedagogning ishlash metodlari.
Pedagog bolaning muamalasini uning oyladagi, maktabdagi, dars jarayonidagi tengdoshlari bilan uning mexnat faoliyatini, xulq-atvorini kuzatadi. Suxbat metodi – suxbat o’tkazishga tayorlanish uchun oldin anketa olinadi, oldidan savollar tuziladi komissiya natijalari bilan tanishadi.
Download 1.94 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling