Ish bajardi: G’aybullayev Bozorboy Bahodir o’gli Guruh : 071-19 Tekshirdi Toshkent -2023 topshiriq 2


Download 71.27 Kb.
bet3/4
Sana27.10.2023
Hajmi71.27 Kb.
#1727346
1   2   3   4
Bog'liq
2-topshiriq sirtqi (sirtqi uchun)

Ijtimoylashuv (ba’zi adabiyotlarda sotsializatsiya deb berilgan) tushunchasi ijtimoiy-psixologik, sotsiologik, pedagogik kategoriyalardan biri boiib, bu atama shaxsning uni oʻrab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’siri ostida jamiyatdagi mavjud tajribalarni oʻzlashtirishga moyilligi yoki oʻzlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy ma’nosi ostida individ tugʻilib, uni oʻrab turgan birlamchi va ikkilamchi muhit ta’sirida ulgʻayishi, undan soʻng jamiyatga qoʻshilishi, oʻrgangan barcha tajribalarini atrof
muhitdagilar bilan hamkorlik qilish jarayonida qo`llashi va kimlargadir shu tajribalarni uzatishda vosita bolishi jarayoni tushuniladi.
Ijtimoylashuv inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash, hayot va faoliyat jarayonida uni faol tarzda qollash jarayonidir. Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv har bir shaxsning jam iyatga qoʻshilishi, uning me’yorlari, talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan holda, har bir harakati va muomalasida uni koʻrsatishi va kerak boʻlsa, shu ijtimoiy tajribasini oʻz navbatida oʻzgalarga oʻrgata olish jarayonidir.
Ijtimoylashuv soʻziga berilgan ta’riflardan eng keng tarqalgani (lot. Socialis — ijtimoiy, jamoaviy) individning jamiyatga kirib borib, undagi hayot uchun zarur boʻladigan malaka, rollar, me’yorlar va qadriyatlarni oʻzlashtirishidir. Ijtimoylashuv jarayonida insonlarda jamiyatdagi muloqotning ishtirokchisi boiishi uchun kerak bo`ladigan ijtimoiy sifatlar, bilimlar, koʻnikmalar shakllanib boradi.




xarakter

Xarakter — adabiyot va sanʼat asarlarida xususiy belgilari mukammal tasvirlangan va oʻzida feʼlatvor (xattiharakat, kechinma, fikriy va nutqiy faoliyat)ning tarixan aniq tipini mujassamlantirgan, shuningdek, muallifning maʼnaviyestetik konsepsiyasini ifodalagan inson obrazi. Badiiy X. umumiy (takrorlanuvchi) va xususiy (takrorlanmaydigan); obyektiv (badiiy X.ga proobraz boʻlib xizmat qilgan kishi hayotining ijtimoiypsixologik asoslari) va subyektiv (proobrazning muallif tomonidan idrok va talkin etilgan) belgilarning oʻzaro uyushgan hosilasidir. Adabiyot va sanʼat asarlaridagi X. tushunchasi falsafa, sotsiologiya va psixologiyadagi ayni tushunchadan inson obrazining konsepsiyaviyligi bilan ajralib turadi.


istedod

Isteʼdod, talant — nihoyatda zoʻr qobiliyat hisoblanadi. Biror sohada yuksak darajadagi layoqat. U idrok, tasavvur, tafakkur, xotira, kuzatuvchanlik benihoya oʻsganligida, voqeahodisalarning yangi qirralarini, ularning zamiridagi murakkab aloqadorlikni kashf etishda koʻrinadi. I. haqida turli nazariyalar mavjud. Ularga koʻra, I. xudo tomonidan beriladi; irsiyat orqali oʻtadi; tarbiya orqali paydo qilinadi; insondagi tabiiy, tugma anatomik-fiziologik layoqat muayyan faoliyatda shakllanadi va rivojlanadi.


motiv

Motiv (psixologiyada) — inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab boʻluvchi omil, vaj. M. shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo boʻluvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va boshqa M.lar jumlasiga kiradi. Hozirgi zamon psixologiyasida M. atamasi subʼyektni faollashtiruvchi turli hodisa va holatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi. Xatti-harakat va faoliyat M.larining majmuasi motivatsiya deyiladi. M. ehtiyoj negizida vujudga keladi va shakllanadi. Ehtiyojning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini taʼminlaydi. Harakat faoliyatning tarkibi boʻlganligi tufayli u faoliyatning maqsadi va M.i orqali boshqariladi. Baʼzan "M." tu-shunchasini "emotsiya", "maqsad", "ustanovka" atamalari bilan almashtirish hollari uchraydi. Goho turtki, qoʻzgʻovchi, undovchi tushunchalari bilan aynanlashtiriladi


idrok

Idrok — tirik organizmning maʼlumotlarni qabul qilib, qayta ishlash jarayoni; organizmga obyektiv reallikni aks ettirish va tashqi olamdagi yangidan-yangi vaziyatlarni baholab, shunga yarasha harakat qilish imkonini beradi.
Idrok ongning , nmiyaning ijodiy jarayonidir. Idrokning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining analiz va sintez faoliyatidan iborat. Bu faoliyat sezgi aʼzolarimizga taʼsir qilib turgan narsalarning bitta xususiyati bilan emas, balki jami xususiyatlarining taʼsiri bilan bogʻliq. Idrok ana shu barcha xususiyatlar oʻrtasidagi muvaqqat bogʻlanish (qarang Assotsiatsiya) natijasida yuzaga keladi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan idrok jarayoniga kishining tajribasi, bilim, abstrakt tafakkurning faoliyati va boshqalar ham ishtirok etadi (qarang Appersepsiya). Shuning uchun kishilar ayni bir narsa yoki hodisani yoshlari, maʼlumotlari, turmush tajribalari, kasblari, ijtimoiy kelib chiqishlari, xarakteri, qobiliyati va qiziqishlarida koʻrinadigan shaxsiy xususiyatlariga qarab har xil idrok qiladilar. Masalan, tegishli ixtisosi boʻlmagan kishining birorta yangi mashinani idrok qilishi ixtisosi bor odamning idrokiga qaraganda tor va yuzaki boʻladi.
Idrokning muhim xususiyatlaridan biri barqaror (konstant)ligidir. Inson bir vaqtda idrok qilgan narsani oʻz xotirasida saqlab qolish va uni qayta tiklash qobiliyatiga ega. Bir narsaning ana shunday qayta tiklangan timsoli (qarang Tasavvur) idrok jarayonining ajralmas qismi. Idrokning xususiyati koʻp jihatdan hissiy kechinmalarga (shodlik, gʻamginlik, tajanglik va h.k.) ham bogʻliq. Masalan, kishining taʼbi xira vaqtida tabiat manzaralari unga allaqanday soʻniqdek koʻrinsa, taʼbi chogʻ vaqtida u butunlay boshqacha koʻrinadi.






Download 71.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling