vazifa 3
Savollarga javob bering.
Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi va vazifalari.
Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi. Hozirgi zamon psixologiya sohalari hozirgi kunga kelib 300 dan ortiqni tashkil qiladi. Bu sohalar o‘ziga xos ob’ektga ega bo‘lib, bir-biridan farq qiladi. Shu bois fan sohalarini o‘rganish qulay bo‘lishi uchun tarmoqlarni ma’lum tizimga keltirish maqsadida ma’lum guruhlarga tasniflash joriy qilingan. Bu borada professor A.V.Petrovskiy psixologiya fan sohalarini quyidagicha tasniflashni ilgari surdi:
Aniq faoliyat turlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.
Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.
Shaxs va jamiyatga bo‘lgan munosabatni o‘rganuvchi psixologiya sohalari.
Aniq faoliyat turiga ko‘ra psixologiyaning quyidagi turlari mavjud:
- mehnat psixologiyasi: inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning psixologik tamoyillarini o‘rganadi. Mehnat psixologiyasining bir nechta bo‘limlari mavjud; a) muhandislik psixologiyasi - inson bilan mashina o‘rtasidagi vazifalarni taqsimlash masalalalarini hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o‘rganadi; b) aviatsiya psixologiyasi- uchishga o‘rganish jarayoni va uchish moslamalarini boshqarishda inson faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o‘rganadi; v) kosmik psixologiya - vaznsizlik holati, fazoviy tasavvurlar chalkashib ketgan vaqtda va organizmga juda ko‘p ortiqcha ta’sirlar yuklangan paytda asab va ruhiy zo‘r berish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida holatlar tug‘ilganda odam faoliyatining xususiyatlarini o‘rganadi.
Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi sohalar.
A) yosh psixologiyasi - inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish jarayonlarining ontogenezda rivojlanishini o‘rganadi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi, o‘smirlar psixologiyasi, kattalar psixologiyasi, gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga bo‘linadi. B) patopsixologiya- miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli shakldagi ruhiy rivojlanishdan chetlanishni o‘rganadi. Oligofrenopsixologiya - miyaning tug‘ma kamchiliklari tufayli paydo bo‘ladigan bo‘limlarni o‘rganadi. Surdopsixologiya – eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning rivojlanishini o‘rganadi. Tiflopsixologiya – ko‘rish qobiliyati past yoki umuman ko‘rmaydigan kishi faoliyatini o‘rganadi. Qiyosiy psixologiya –hayotning filogenetik shakllarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi bo‘lib, inson va hayvonlar psixologiyasini solishtirish orqali o‘xshashlik va farq qiluvchi tomonlarini aniqlaydi. Akmeologiya yetuklik darajasiga erishgan shaxs rivojlanishining yuqori darajasi ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini, ayniqsa rivojlanishining eng yuqori cho‘qqiga erishish xususiyatlarini o‘rganadi.
Inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik tomonlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.
1. Ijtimoiy psixologiya – uyushgan va uyushmagan ijtimoiy guruhlardagi shaxslararo o‘zaro tasir jarayonida paydo bo‘ladigan psixologik hodisalarni o‘rganadi. 2. Differensial psixologiya – shaxs shakllanishining individual psixologik yo‘naltirilganligi kabi xususiyatlarni o‘rganadi.
|
Shaxsning individual xususiyatlari.
Shaxs – psixologiya fanining asosiy ilmiy tushunchalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. SHaxsning nimaligini tushunish va uning ruhiy tuzilishini ta’riflash imkonini beruvchi asosiy xossalarini ajratib olish uchun ushbu tushunchani «inson individ shaxs individuallik» qatorida ko‘rib chiqamiz.
Inson o‘ta murakkab mavjudot sifatida cheksiz murakkab dunyoda, aniqrog‘i, ko‘plab dunyolarda yashaydi, ularning ichidan zamonimizning mashhur faylasuflaridan biri Yurgen Xabermas asosiylari sifatida uch dunyoni: tashqi dunyo, ijtimoiy dunyo («bizning olam»), ichki dunyo («mening olamim», individuallik va betakrorlilik «mening mavjudligimning» betakrorligi) ajratishni taklif etdi.
Tashqi dunyo – bu insonning tabiat qonunlarini bilishda va ularni o‘z maqsadlarida tabiatni qayta tuzish uchun qo‘llashda egallaydigan tabiat olami. Bu fan, texnika, amaliyot olamidir. Bu barcha narsa isbot talab etuvchi maqsadga muvofiq faoliyat olamidir.
Ijtimoiy dunyo – bu insonni dunyoga kiritishning asosiy vositasi jismli faoliyat bo‘lgan olam. Insonni atrofdagi olamga va o‘ziga nisbatan munosabatlarining rang-barangligida tushunish, faolligining manbalarini topish va yo‘nalishini anglash uchuninsonning olamda tutgan o‘rnini aniqlab olish zarur. Insonga shaxs sifatida yondoshish, avvalambor, insonga jamiyat tuzilishida tutgan o‘rni bilan aniqlanuvchi jamiyatning birligi sifatida qarash bilan bog‘liqdir. Insonni biologik organizm, tur birligi sifatida hayvondan farq qiluvchi tub negizli belgisi jamiyatga tegishlilik, ijtimoiylik hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, shaxsni o‘rganishda dastlabki holat bo‘lib uning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy munosabatlar tizimiga kiritilganligi xizmat qiladi .
Agar biz shaxs munosabatlari haqida insonning dunyoga shaxsiy tegishliligi va bu bilan bog‘liq kechinmalar ma’nosida so‘z yuritadigan bo‘lsak, u holda inson mavjud bo‘la oladigan keyingi – bu «mening» ichki olamim dunyosigamurojaat qilamiz. Bu dunyo kechinmalar, shaxsiy mohiyatlar, shaxsiy dahldorlikni his etish, u yoki bunga shaxsiy tegishlilik, boshqa odamlar bilan mavjudlikning «hodisaviyligi» bilan to‘la. Bu dunyoga jismli faoliyat o‘z shaklini o‘zgartirgan holda oddiy holatdagi foydali faoliyat, shaklini yo‘qotgan jismli harakat bo‘lib emas, balki, «shaxsiy» faoliyat, ijodiyot sifatida kiradi, ijtimoiy hulq-atvoresa «mening» dunyosiga shaxslararo munosabat, boshqa odamlarning ichki dunyosiga yaqinlashish, boshqalarga o‘zini ochishning vositasi, o‘zini namoyon etish sifatida kirib keladi. «Mening» dunyosida unga xos bo‘lgan maxsus faoliyat turlari: o‘yin, san’at, din, ichki dunyolar yaqinlashuvi sifatidagi muloqot paydo bo‘ladi.[1][3]
Although our personality traits may be both stable and potent, the consistency of our specific behaviors from one situation to the next is another matter. As Walter Mischel (1968, 1984, 2004) has pointed out, people do not act with predictable con-sistency. Mischel's studies of college students' conscientiousness revealed but a mod¬est relationship between a student's being conscientious on one occasion (say, showing up for class on time) and being similarly conscientious on another occasion (say, turning in assignments on time). Pirandello would not have been surprised. If you've noticed how outgoing you are in some situations and how reserved you are in others, perhaps you're not surprised either (though for certain traits, Mischel reports, you may accurately assess yourself as more consistent)
«Individ» tushunchasini turlicha talqin qilish mumkin. Avvalambor, individ – bu yagona tabiat mavjudoti sifatidagi odam, Homo sapiens turiga mansub vakil. Ushbu holatda individ biologik turning umumiy irsiy xossalarini tashuvchi biologik organizm (har bir odam individ bo‘lib tug‘iladi) sifatida tushuniladi, ya’ni, insonning biologik mohiyati ta’kidlanadi. Lekin ba’zida «individ» tushunchasi odamni insoniy umumiylikning alohida vakili, mehnat qurollaridan foydalanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida belgilash uchun qo‘llaniladi.
Agar «inson» tushunchasio‘z ichiga odamlarga xos bo‘lgan barcha insoniy sifatlarning yig‘indisini, ularning ma’lum insonda mavjudligi yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar, jamlagan bo‘lsa,u holda «individ» tushunchasi aynan uni xarakterlaydi va qo‘shimcha sifatida shaxsiy xislatlar qatori psixologik va biologik xossalarniham kiritadi. Bundan tashqari, ushbu tushunchaga ma’lum odamni boshqalardan ajratib turuvchi sifatlar bilan birga, aynan shu odamga va ko‘plab boshqa odamlarga tegishli bo‘lgan umumiy xossalar ham kiradi.
Shaxs tushunchasining mohiyatli tomonlarini belgilab beruvchi turli xil ta’riflar mavjud. A.N. Leontev ta’rifigako‘ra: «SHaxs – faoliyat sub’ekti», A.G. Kovalevning – «shaxs ijtimoiy munosabatlar sub’ekti va ob’ekti sifatida», K.K. Aflotunovning – «shaxs – o‘z o‘rnini anglovchi layoqatli jamiyat a’zosi», S.L. Rubinshteynning – «shaxs – tashqi ta’sirlarning oldini oluvchi ichki sharoitlar yig‘indisi», A.V. Petrovskiyning – «shaxs – individ tomonidan jismli faoliyat va muloqotda orttirilgan, unga ijtimoiy munosabatlarga kirishganlik nuqtai nazaridan ta’rif beruvchi tizimli sifat», G. Ollportning – «shaxs hayoti davomida shakllanib boruvchi o‘ziga xos psixofixiologik tizimlar – ushbu insonga xos bo‘lgan tafakkur va hulq-atvorni belgilab beruvchi shaxs qirralari yig‘indisi» va boshqalarning ta’riflari shulardan iborat.
|
|
Motivlarning anglanganlik darajalari; ijtimoiy ustanovka.
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli
tizimini ishlab chiqqan:
A. Kognitiv komponent - ustanovka ob‘ektiga aloqador bilimlar, g‗oyalar,
tushuncha va tasavvurlar majmui;
B. Affektiv komponent - ustnovka ob‘ektiga nisbatan sub‘ekt his qiladigan
real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar);
V. Harakat komponenti - sub‘ektning ob‘ektga nisbatan real sharoitlarda
amalga oshirishi mumkin bo‗lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo‗lish).
Bu uch xil komponentlar o‗zaro bir-birlari bilan bog‗liq bo‗lib, vaziyatga
qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo‗lishi mumkin. SHuni aytish
lozimki, komponentlararo monandlik bo‗lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim
talabalar talabalik burchi va tartib - intizom bilan juda yaxshi tanish bo‗lsalar
ham, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish»,
«jamoatchilik joylarida tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat
komponentlarida uyg‗unlik yo‗qligini ko‗rsatadi. Bu bir qarashda so‗z va ish
birligi tamoyilining turli shaxslarda turlicha namoyon bo‗lishini eslatadi. Agar
odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqka zid harakat qilsa, va bu narsa
bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o‗rganib qoladi va ustanovkaga aylanib
qolishi mumkin. SHuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar
vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo‗lmasligiga yoshlarni o‗rgatib
borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga
bevosita ta‘sir ko‗rsatadi.
2. Motiv tasnifi.
Jahon psixologiya fanning nazariy mushohadalariga va o‗zimizning
shaxsiy ma‘lumotlarimizga asoslanib, motivlarni quyidagi turkumlarga
ajratishni lozim topdik.
I. SHaxsning ijtimoiy ehtiyojlari bilan uyg‗unlashgan, ularning mohiyati
mezoni orqali o‗lchanuvchi motivlar:
1) dunyoqarashga taalluqli, aloqador bo‗lgan g‗oyaviy motivlar;
2) ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi,
shaxsiy pozitsiyani ifodalovchi siyosiy motivlar;
3) jamiyatning axloqiy me‘yorlari, prinsiplari, turmush tarzi,
etnopsixologik xususiyatlariga asoslanuvchi axloqiy motivlar;
4) borliq go‗zalligiga nisbatan ehtiyojlarda in‘ikos etuvchi nafosat
(estetik) motivlari.
II. Vujudga kelishi, shartlanganlik manbai bo‗yicha umumiylikka ega
bo‗lgan, boshqaruv va boshqariluv xususiyatli motivlar:
1) keng qamrovli ijtimoiy motivlar (vatanparvarlik, fidoiylik, altruistik);
2) guruhiy, jamoaviy, hududiy, umumbashariy motivlar;
3) faoliyat tuzilishi, mohiyati va tuzimiga yo‗naltirilgan protsessual
motivlar;
4) faoliyat mahsulini baholashga, maqsadga erishuvga mo‗ljallangan
rag‗batlanuv, mukofot motivlari.
III. Faoliyat turlari mohiyatini o‗zida aks ettiruvchi motivlar:
1) ijtimoiy – siyosiy voqeliklarni mujassamlashtiruvchi motivlar;
2) kasbiy tayyorgarlik va mahoratni o‗zida namoyon etuvchi motivlar;
3) o‗qishga, bilishga (kognitiv), ijodga (kreativ) oid motivlar.
IV. Paydo bo‗lish xususiyati, muddati, muhlati, barqarorligi bilan
umumiylikka ega bo‗lgan motivlar:
1) doimiy, uzluksiz, longityud xususiyatli motivlar;
2) qisqa muddatli, bir lahzali, bir zumlik va soniyalik motivlar;
3) uzoq muddatli, vaqt taqchilligidan ozod, xotirjam xatti-harakatlarni talab
etuvchi motivlar.
V. Vujudga kelishi, kechish sur‘ati bioquvvat bilan o‗lchanuvchi motivlar:
1) kuchli, qudratli, ta‘sir doirasidagi shijoatli motivlar;
2) paydo bo‗lishi, kechishi o‗rta sur‘atli motivlar;
3) yuzaga kelishi, kechishi sust sur‘atli motivlar.
VI. Faoliyatda, muomalada va xatti-harakatda vujudga kelish xususiyati,
xislati hamda sifatini aks ettiruvchi motivlar:
1) aniq, yaqqol, voqe bo‗luvchi real motivlar;
2) zarurat, yuksak talab va ehtiyojlarda ifodalanuvchi dolzarb motivlar;
3) imkoniyat (potensiya), zahira (rezerv), yashirin (latent) xususiyatlarini
o‗zida mujassamlashtiruvchi motivlar.
VII. Aks ettirish darajasi, sifati nuqtai nazardan ierarxiya vujudga
keltiruvchi motivlar:
1) biologik motivlar;
2) psixologik motivlar;
3) yuksak psixologik motivlar.
Motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga ta‘siri.
Bu o‗rinda ustanovkalar ham alohida ahamiyatga ega. O‗qish-bilim olish
faoliyati shaxs kamolotida katta rol o‗ynaydi va chuqur muammo kasb etadi. Bu
shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko‗nikmalar
o‗zlashtriladi.
Foliyat turlari o‗z-o‗zidan ro‗y bermaydi. SHaxsning jamiyatdagi ijtimoiy
xulqi va o‗zini qanday tutishi, egallangan mavqei ham sababsiz, o‗z-o‗zidan ro‗y
bermaydi. ęaoliyatni amalga oshirish va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun
psixologiyada «Motiv» va «Motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi.
«Motivatsiya» tushunchasi «Motiv» tushunchasidan kengroq ma‘noga ega.
Motivatsiya-inson xulq-atvori, uning bog‗lanishi, yo‗nalishi va faolligini
tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u
yoki bu shaxs xulqini, ya‘ni «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?»,
«qanday manfaat yo‗lida?» degan savollarga javob qidirish – motivatsiyani
qidirish demakdir.
Haxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o‗zini tutish sabablarini
o‗rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‗lib, masalani yoritishning ikki jihati
farqlanadi.
1. Ichki sabablar, ya‘ni xatti – harakat egasining sub‘ektiv psixologik
xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‗ljallar,
istaklar, qiziqishlar va h.k.).
2. Tashqi sabablar – faoliyatning tashqi shart – sharoitlari va holatlar.
YA‘ni, bular ayni konkret holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‗ladigan tashqi
stimullardir.
|
|
Topshiriqni topshirish tartibi
1.Ism, familya, guruh raqami, topshiriq nomeri, bajarilish muddati yoziladi.
2.Berilgan har bir vazifalar xisobot tartibida bajarib PDF ko‘rinishida tizimga yuklanadi.
3.Maksimal ball 15
Do'stlaringiz bilan baham: |