Иш бажариш соҳасидаги тадбиркорлик


Buyurtmachining huquqlari va majburiyatlari


Download 28.18 Kb.
bet4/6
Sana19.11.2023
Hajmi28.18 Kb.
#1786415
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ekspert xizmati boʻyicha pudrat shartnomasi.

Buyurtmachining huquqlari va majburiyatlari

Pudrat shartnomasi buyurtmachining topshirig‘iga muvofiq tuziladi. Shu sababli buyurtmachi ishningborish jarayonini va sifatli bajarilayotganligani istagan vaqgda pudratchining ish faoliyatiga aralashmagan holda tekshirib turishga haqli. Buyurtmachi pudrat ishining bajarilish jarayonini tekshirib, pudratchi pudrat shartnomasini bajarishga o‘z vaqtida kirishmaganligi ski ishni sust bajarishi natijasida uni shartnomada belgilangan muddatda tugatish mumkin emasligini aniqlasa, buyurtmachi shartnomadan voz kechishi mumkin. Bunday holda pudratchidan o‘ziga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga xdqli bo‘ladi. Shu bilan birga buyurtma kechiktirilib bajariladigan bo‘lsa, buyurtmachi shartnoma o‘z ahamiyatini yo‘qotgashshgini isbot qilishi lozim.


Buyurtmachi pudrat ishini tekshirib ishning shartnomada belgilangan vaqgda tegishli darajada bajarilmasligini aniklasa, pudratchi bilan kelishib ana shu kamchiliklarni yo‘qotish uchun pudratchiga ma’lum muddat belgilashga haqii. Bu talabni pudratchi belgilangan muddatda bajarmagan takdirda pudrat shartnomasvdan voz kechishga yoxud bu kamchishoslarni pudratchi hrsobidan tuzatishni boshqa shaxsga topshirishga, shuningdek yetkazilgan zararni qoplashni talab kdyaishga hakli bo‘ladi.
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, buyurtmachi ish natijasi o‘ziga topshirilgunga qadar istagan vaqgda shartnomadan voz kechib belgilangan bahoning buyurtmachi shartnomadan voz kechganligi to‘g‘risidagi ogohlantirish olingunga qadar bajarilgan ishga mutanosib qismini to‘lashi mumkin.
Buyurtmachi pudrat shartnomasi bo‘yicha bajarilgan ishning natijasini belgilangan muddatda qabul qylib olishi lozim. Bajarilgan ishning natijasini buyurtmachi shartnomada nazarda tutilgan muddatda va tartibda qabul qilish chog‘ida uni pudratchi ishtirokida ko‘rib chiqishga haqli. Ish natijasini qabul qilayotganda shartnoma shartlaridan chekinish bo‘lganligini yoki boshqa kamchiliklar borligi aniqlangan buyurtmachi bu haqaa pudratchini darhol xabardor qilishi kerak.
Bajarilgan pudrat ishi yozma tartibda qabul qilinishi lozim bo‘lsa, ishning qabul qilinganligi yozma tartibda rasmiylashtiriladi. Ishni qabul qilish vaqtida uning kamchiliklari aniklangan bo‘lsa, bu kamchiliklar va ularni tuzatish to‘g‘risida ana shu hujjatda yoki alohida hujjatda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Ana shundagina buyurtmachi bu kamchiliklarni asos qilib ko‘rsatishga hakli bo‘ladI.
Buyurtmachi topshirilayotgan pudrat ishini albatta ko‘rib, tekshirib, sinab ko‘rishi lozim. Masalan, televizor, radio, mashina va shunga o‘xshash texnika vositalarini qabul qilib olishda tekshirilib qabul qiligoshi lozim. Agar buyurtmachi ishni tekshirmay qabul qilgan bo‘lsa uni qabul qiliSHMING odsiy usulida aniqlanishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni dalil qilib keltirish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Pudratchi tomonidan bajarilgan ishda yashirin kamchiliklar ham mavjud bo‘lishi mumkin. Bunday kamchiliklar shartnoma shartlaridan chekinishlar tufayli ham yoki pudratchi tomonidan qasddan yo‘l qo‘yilishi oqibatida ham sodir bo‘ladi. Buyurtmachi ishni qabul qilib olganda yashirin kamchiliklar, ya’ni shartnomadan chekinishlar yoki ishni qabul qilishning oddiy usulida aniklanmagan boshqa kamchiliklar, shu jumladan, pudratchi qasddan yashirgan kamchiliklar keyinchalik aniqlansa, ular aniklanganidan so‘ng o‘n kunlik muddat davomida bu to‘g‘rida pudratchiga xabar qilishi shart. Bu muddat uzrli sababsiz o‘tib ketsa, buyurtmachi tomonidan qo‘yilgan talab pudratchi tomonidan qanoatlantirmasligiga sabab bo‘ladi.
Bajarilgan pudrat ishining kamchiliklari yoki shu kamchiliklarning kelib chiqish sabablari yuzasidan pudratchi bilan buyurtmachi o‘rtasida nizo kelib chiqqan taqsirda, pudratchi yoki buyurtmachi ekspertiza tayinlashni talab kdlishi mumkin. Ekspertiza o‘gkazish bilan bog‘liqxarajatlar pudratchi zimmasida bo‘ladi. Ammo ekspertiza pudrat shartnomasi buzilganligini aniklasa, yoki shartnomaning buzilishi bilan pudratchining harakatlari o‘rtasida hech qanday sababiy bog‘lanish bo‘lmasa, ekspertiza xarajatlarini qoplash pudratchi zimmasiga qo‘yilmaydi.
Buvday xrlda ekspertiza o‘tkazish bilan bokliq harajatlarni qoplash dou ekspertizani o‘tkazishni talab qilgzn taraf zimmasiga qo‘yiladi. Agar ekspertiza o‘tkazishni har ikki taraf birgalikda talab qilgai bo‘lsa, ekspertiza o‘tkazish bilan bog‘liq xarajetlar har ikki taraf tomonidan teng miqdorda qoplavddi,
Buyurtshchi bajarilgan pudrat ishini o‘z vaqgvda qabul qilib olishi dozim. Agar o‘z vaqgida qabul qilib olinmasa O‘zbekiston Respublikzsi Fukerolik kodeksining 646-moddasida belgilangan huquqiy rqibatlar kelib chiqadi. Unda belgilanishicha, "... agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, buyurtmachi bajarilgan ishni qabul qilishdan bosh tortganida, pudratchi shartnomaga binoan ish natijasi buyurtmachiga topshirilishi kerak bo‘lgan ko‘ndan boshlab bir oy o‘tgach va shundan keyin buyurtmachini ikki marta ogoxlantirgan hodsa tushgan pulni esa, pudratchiga tegishli hamma to‘lovlarni chegipib tashlab, notarial idoraning depozitiga buyurtmachining nomini kiritib qo‘yishga haqli. Pudratchi pudrat narsasini sotish o‘rniga uni ushlab turish yoki keltirilgan zararni buyurtmachidan undirib olish huquqidan foydalanishga haqli..."
Bajarilgan ishning tasodifan buzilishi yoki tasodifan nobud bo‘lish xavfi shu ishni topshirishni yoki qabul qilishni kechiktirgan tarafning zimmasiga qo‘yiladi. Agar buyurtmachi bajarilgan ishni belgilangan muddatda qabul qilib olmagan bo‘lsa, tayyorlangan (qayta ishlangan) ashyoning buzilish yoki tasodifan nobud bo‘lish xavfi shu ashyo topshirilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab buyurtmachiga o‘tgan xlsoblanadi.



Download 28.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling