Иш бажариш соҳасидаги тадбиркорлик


Ish sifati talab darajasida bo‘lmaganligi uchun pudratchi javobgarligi


Download 28.18 Kb.
bet6/6
Sana19.11.2023
Hajmi28.18 Kb.
#1786415
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ekspert xizmati boʻyicha pudrat shartnomasi.

Ish sifati talab darajasida bo‘lmaganligi uchun pudratchi javobgarligi

Pudrat shartnomasi bo‘yicha bajarilgan ishning sifati talab darajasida bo‘lmaganligi uchun pudratchi javobgar bo‘ladi. Agar, ish pudratchi tomonidan pudrat shartnomasidan chetga chiqkdn holda bajarilib, ish natijasini yomonlashtirgan bo‘lsa uni shartnomada nazarda tutilgan maqsadlar uchun yoxud shartnomada yaroqsizlik haqida tegashli shartlar bo‘lmaganda, odatdagi maqsadlar uchun foydalanishga yaroqsiz qilib qo‘yadigan boshqa kamchiliklar bilan bajarilgan bo‘lsa, qonunda yoki shartnomada boshkrcha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, buyurtmachi o‘z xohishiga ko‘ra, pudratchidan shu kamchiliklarni maqbul muddatda bepul bartaraf etishni yoki ish uchun beyagilangan bahoni mazkur kamchiliklarga mutanosib ravishda kamaytirishni yoxud shartnomada buyurtmachining kamchiliklarni bartaraf etish huquqi nazarda tutilgan bo‘lsa, ularni bartaraf etishga qilgan o‘z xarajatlarini qoplashni tatab qilishga haqli.


Pudratchi ishdagi o‘zi javobgar bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish o‘rniga, buyurtmachiga shartnomani bajarishni kechiktirganlik natijasida yetkazgan zararni qoplagan holda ishni yangidan bepul bajarib berishga haqli.
Bunday holda buyurtmachi ilgari o‘ziga topshirilgan ish natnslasini, agar ishning xususiyatiga ko‘ra uni qaytarib berish mumkin bo‘lsa, pudratchiga, kdytarib berishi shart.
Agar pudrat shartkomasi bo‘yicha bajarilgan ishdagi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar jidsiy va bartaraf etib bo‘lmaydigan darajada bo‘lsa, yoki aniqlangan kamchiliklar buyurtmachi tomonvdan belgilangan oqilona muddatda bartaraf etilmagan bo‘lsa, buyurtmachi shartnomani bajarishdan bosh tortishga va keltirilgan zararni qoplashni pudratchidan talab qshshshga haqli.
Pudrat shartnomasida bajarilgan ishning muayyan kamchiliklari uchun pudratchini javobgarlikdan ozod qilish xususida shart bo‘lishi, agar bunday nuqsonlar pudratchining aybli harakatlari yoki harakatsizligi tufayli vujudga kelganligi isbotlansa, pudratchini javobgarlikdan ozod qilishga asos bo‘lmaydi.
«... Ishni bajarish uchun material bergan pudratchi uning sifati uchun sotuvchining sifati lozim darajvda bo‘lmagan tovar uchun javobgarligi to‘g‘risidagi qoidalar bo‘yicha javobgar bo‘ladi» (FKning 650-moddasi).
Buyurtmachi pudrat ishini qabul qilib olganidan so‘ng, qonun hujjatlari yoki pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, buyurtmachi pudratchi tomonidan bajarilgan ish natijasining talab darajasida sifatli emasliga bilan bogliq talablarni FKning 651-moddasida beyagilangan muddat davomida aniqpagan taqsirda, pudratchiga nisbatan talab qo‘yishga haqyai.
Pudratchi tomonidan bajarilgan ishga uning sifati xususida kafolat mo‘ddati belgilanishi mumkin, Agar pudratchi tomonidan bajarilgan ish natijasida kafolat muddati belgilanmagan bo‘lsa, ish natijalaridagi kamchiliklar oqilona muddatda, biroq ish natijasi topshirilgan kundan boshlab, ikki yil mobaynida aniklangan takdirda, buyurtmachi ish natijasidagi kamchiliklar bilan bog‘liq talablarni qo‘yishi mumkin. Buyurtmachi qonun, shartnoma yoki ish muomalasi tartibida boshqacha mudsat belgilangan bo‘lmasa, FKning 651-moddasida belgilangan muddat davomida ishning sifati lozim darajada emasligi xususida pudratchiga talab qo‘ya oladi.
Pudratchi tomonidan shartnomaga muvofiq bajarilgan ishning talab darajada sifatli ekanligi xususida kafolat muddati belgilanadi. Buyurtmachi tomonidan bajarilgan ish natijasidagi kamchiliklar ana shu muddat davomida aniqlansagina bu kamchiliklar xususida unga talab qo‘ya oladi.
Agar pudrat shartnomasiga muvofiq bajarilgan ish natijasining sifati xususida belgilangan kafolat muddati ikki yiddan kam bo‘lsa, buyurtmachi ishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ana shu kafolat muddati o‘tgandan so‘ng ham aniqlashi mumkin. Biroq FKning 651-moddasining beshinchi qismida belgilanganidek bajarilgan ish natijasi buyurtmachi tomonidan qabul qilib olingan yoki qabul qilib olinishi lozim bo‘lgan paytdan e’tiboran ikki yil davomida aniqpangan takdirda pudratchiga nisbatan talab qo‘ya oladi. Buyurtmachi pudratchiga nisbatan talab qo‘yishi uchun ishdagi kamchiliklar ish natijasi o‘ziga topshirilgungacha yoki topshirish paytida yuzaga kelgan sabablarga ko‘ra, paydo bo‘lganligini isbot qilishi lozim. Shuvda ular uchun pudratchi javobgar bo‘ladi.
Pudrat shartnomasiga muvofiqbajarilgan ish natijasining sifati talab darajasid^ ekanligi xususida kafolat muddati belgilanadi. Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafolat muddati bajarilgan ish natijasi buyurtmachi tomonidan qabul qilib olingan kundan yoki qabul qnlinib olinishi lozim bo‘lgan paytdan e’tiboran o‘ta boshlaydi.
Pudrat shartnomasi bo‘yicha kafolat muddatini hisoblashda, agar qonun hujjatlarvda, taraflar o‘rtasidagi kelishuvda boshkrcha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, yoki u pudrat shartnomasining xususiyatlaridan kelib chiqmasa, Fuqarolik kodeksining 404-moddasi ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarining qoidalari muvofiqtarzda qo‘llaniladi.
Pudratchi tomonvdan pudrat shartnomasiga muvofiqbajarilgan ish sifatli emasligi xususida buyurtmachi dayu qo‘zgatishga xakli. Da’vo qo‘zg‘atish qonunda belgilangan muddat ichida bo‘lishi kerak. Bunday muddat Fuqarolik kodeksining 150-moddasida uch yil qilib belgilangan. Buyurtmachi ishni qabul qilib olgandan so‘ng ish sifatiningtegishli darajada emasligani bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab da’vo qo‘zgash muddati o‘ta boshlaydi.
Agar qonun hujjatlari yoki pudrat shartnomasida pudratchining ish sifatiga kafolat berishi nazarda tutilgan, kafolat muddati belgilangan va ishdagi kamchiliklar xususidagi ariza kafolat muddatida berilgan bo‘lsa, da’vo qo‘zg‘ash muddati kamchiliklar xususida ariza bergan kundan e’tiboran o‘ta boshlaydi.
Buyurtmachi pudratchi tomonidan bajarilayotgan ishni o‘zaro kelishuvga muvofiq qismlarga bo‘lib qabul kdgsishi ham mumkin. Bunday paytda ishning sifati lozim darajada emasligi xususida da’vo muddati pudrat ishining bir qismi qabul qilinib undagi kamchiliklar aniqlanganidan so‘ng emas, balki pudrat shartnomasqda belgilangan ishning hammasi bugunlay qabul qilib olingan kundan e’tiboran o‘ta boshlaydi.
Pudrat shartnomasi bo‘yicha taraflar sir tutilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni, albatta sir saqlashi shart. Buni hozirgi bozor iqgisodiyoti munosabatlarida raqobat kurashi, qolaversa, har bir subyektning qonuniy manfaati ham talab etadi. Bir tomon pudrat shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarganligi tufayli ikkinchi tomondan yangi yechimlar va texnikaviy bilimlar, jumladan tijorat siri deb xisoblanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar xam olishi mumkin. Bunday ma’lumotlarni olgan tomon ana shu ma’lumotni bergan tomonning roziligisiz uni uchinchi shaxsga oshkor qilishga haqqi yo‘q. Bunday maxfiy saklash shart bo‘lgan axborotdan foydalanish tartibi va shartlari tomonlarning o‘zaro kelishuvi bilan belgilanadi.
Pudrat shartnomasi muddatidan avval bekor qilinganda pudratchi buyurtmachiga ish uchun bergan material va uskunalarni qaytarib berishi shart. Agar buyurtmachi ushbu Kodeksning 642-moddasining 4-qismida belgilanganidek, pudrat shartnomasi bajarilguncha, shartnomadan bir tomonlama voz kechsa yoki 650-moddasi 3-qismiga muvofiq pudrat shartnomasida aniklangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida belgilangan muddatda pudratchi uni bartaraf etmagan bo‘lsa, buyurtmachi shartnomani bajarishdan bosh tortishi mumkin. Bunday holda pudratchi buyurtmachi tomonidan beriltan materiallarni uskunalarni ishlash (ishlov berish) uchun berilgan ashyo va boshqa mol-mulkni buyurtmachiga qaytarib berishi shart. Buyurtshchiga qaytarmasa, buyurtmachi ko‘rsatgan shaxsga topshirishi, agar buning iloji bo‘lmasa, - materiallar, uskunalar, ashyo va boshqd mol-mulkning qiymatini to‘lashi shart.
Adabiyotlar:


1 Karimov I. A.. O‘zbekiston buyuk kelajak sari (O‘zbekiston XXI asr bo‘sagasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafo-latlari). T., «O‘zbekiston», 1998, 567-6.
2. «Xalq so‘zi», 2000 yil 15 iyun.
3. Karimov I. A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. T., «O‘zbekiston», 1995, 241-6.
4. O‘zbekiston Respublikasining Korxonalar, Ijara, Mulkchilik to‘g‘risidagi qonunlari. T., «Adolat», 1997.
5.www.akadmvd.uz
Download 28.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling