Иш бажариш соҳасидаги тадбиркорлик
Ishning sifati va kafolat muddati
Download 28.18 Kb.
|
Ekspert xizmati boʻyicha pudrat shartnomasi.
Ishning sifati va kafolat muddati
Pudrat shartnomasi bo‘yicha bajarilgan ishning sifati talab darajasida bo‘lishi lozim. Bajarilgan ish sifatli deb hisoblanishi uchun shu ish pudrat shartnomasi shartlariga muvofiq bo‘lishi, agar shartnomada ishning sifati haqida tegishli shart bo‘lmaganida, yoki shart to‘liq bo‘lmaganida esa, shunga o‘xshash ishlarga qo‘yiladigan odatdagi talablarga mos bo‘lishi keraq. Qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshhacha tartib nazarda tugilgan bo‘lmasa, ishning sifati shartaomada kursatilgan shartlar yoki odatda qo‘yiladigan talablar bilan belgalangan xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, bajarilgan ishnnng natijasini sifatli deb hisoblash uchun yana u ma’lum bir muddat davomida shartnomada nazarda tutilganidek, foydalanishga yarokli bo‘lishi lozim. Qonun hujjatlarida pudrat shartnomasi bo‘yicha bajariladigan ishga qo‘yiladigan majburiy talablar nazarda tutilgan bo‘lsa, tadbirkor sifatida ish olib borayotgan pudratchi ishni bunday majburiy talablarga amal qilgan holda bajarishi shart. Bundan tashqari pudratchi qonun hujjatlarida belgilangan majburiy talablarga nisbatan sifat jihatdan birmuncha yuqori bo‘lgan talablarga javob beradigan ishni bajarishni shartnoma asosida o‘z zimmasiga olishi ham mumkin. Qonun hujjatlarida yoki pudrat shartnomasida pudratchi buyurtmachiga ishning sifatiga kafolat berishi nazarda tutilgan bo‘lsa, pudratchi butun kafolat muddati davomida pudrat shartnomasining shartlariga, shartlar bo‘l maganvda, odatda tegishli 1>rdagi ishlarga qo‘yiladigan talablarga mos keladigan, shartnomada belgilanganidek, foydalanishga yarokli bo‘lgan ish natijalarini buyurtmachiga topshirishi kerak. Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ish natijasining sifatiga berilgan kafolat ishning natijasini tashkil etuvchi hamma narsaga tegishli bo‘ladi. Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafolat muddati buyurtmachi bajarilgan ish natijasini qabul qilgan yoki qabul qilishi lozim bo‘lgan paytdan o‘ta boshlaydi. Qonun hujjatlario,a yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, yoxud u pudrat shartnomasining xususiyatlaridan kelib chiqmasa, Fuqarolik kodeksi 404-moddasining tegishli qoidalariga ko‘ra belgilanadi. Agar pudrat shartnomasiga muvofiq bajarilgan ishga kafolat muddati belgilangan bo‘lsa-da, undan buyurtmachining foydalani-shiga pudratchiga bogliq bo‘lgan holatlar to‘sqinlik qilayotgan bo‘lsa, bu holatlar pudratchi tomonidan bartaraf qilingunga qadar kafolat muddatining o‘tishi boshlanmay turadi. Agar pudrat shartnomasida boshqacha belgilangan bo‘lmasa, kafolat muddati, pudrat ishi natijasidan aniqlangan kamchiliklar tufayli foydalanib bo‘lmasligi haqida pudratchi ogoxlantirilgan bo‘lsa, bu kamchiliklar bartaraf qilinguncha kafolat muddatining o‘gashi to‘xtatiladi. Pudrat shartnomasi bo‘yicha bajarilgan ishning kafolat muddati ish natijasidagi kamchiliklar va foydalanishga zid to‘sqinliklar pudratchi tomonidan bartaraf qilinganidan so‘ng qayta boshlanadi. Download 28.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling