Иш бажариш соҳасидаги тадбиркорлик


Download 28.18 Kb.
bet3/6
Sana19.11.2023
Hajmi28.18 Kb.
#1786415
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ekspert xizmati boʻyicha pudrat shartnomasi.

Ishni baholash

Pudrat shartnomasida bajariladigan ishning bahosi yoki uni aniqlash usullari ko‘rsatiladi. Ular shartnomada ko‘rsatilgan bo‘lmasa, ishning bahosi Fuqarolik kodeksi 356-modsasining to‘rtinchi qismiga muvofiq belgilanadi. Bu qonunda belgilanishicha, «...haqto‘lashni nazardatugadigan shartaomada baho nazarda tutilmagan va shartnoma shartlari bo‘yicha belgilanishi mumkin bo‘lmagan hollarda shartnomani bajarganlik uchun o‘xshash vaziyatlarda odatda shunday tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun olinadigan baho bo‘yicha haq to‘lanishi kerak...»


Pudrat shartnomasi bo‘yicha bajariladigan ishning bahosi ishni bajarish bilan bog‘liq pudratchining barcha xarajatlari, chiqimlari (masalan, tikish uchun ketadigan materiallar, yasash, yamash, barpo etishga sarflangan narsalar qiymati, agar ular buyurtmachi tomonidan taqdim etalgan bo‘lmasa) hamda bajargan ish uchun to‘lanadigan haqdan iborat bo‘ladi.
Pudratchi tomonidan bajariladigan ishning bahosi smeta (xarajat va chiqimlar ro‘yxati) tuzish yo‘li bilan aniqlanadi. Smeta qatiy yoki taxminiy bo‘lishi mumkin. Agar shartnoma tuzish paytida keyinchalik bajarilishi lozim bo‘lgan ishni va zarur materiallar miqdorini oldindan aniqlash imkoniyati bo‘lmasa, bunday hollarda taxminiy smeta tuziladi. Smetaning taxminyay bo‘lishligi shartnomada yoki smetaning o‘zida aloxdsa qayd etilgan bo‘lishi kerak. Qdtiy smeta bo‘yicha shartnomaning aniq qiymati muayyan ishlar uchun belgilangan bahoda taraflarning kelishuvi bilan aniq belgilanadi. Ish pudratchi tomonidan tuzilgan smeta bo‘yicha bajarilgan taqsirda, smeta buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. U tasdiqlangan paytdan boshlab kuchga kiradi va pudrat shartnomasining bir qismi hisoblanadi. Agar pudratchi tomonidan bajariladigan ishning bahosi shartaomada qat’iy yoki taxminiy qilib belgilangan bo‘lmasa, shartnoma bo‘yicha bajariladigan ishning bahosi qatiy belgilangan deb hisoblanadi.
Pudratchi tomonidan ishni bajarish jarayonida qo‘shimcha ish bajarish zarur bo‘lib qolsa va shu sababli ishning taxminiy belgilangan bahosini ancha oshirishga to‘g‘ri kelsa, bu hakda buyurtmachini o‘z vaqgida ogoxlantirishi shart. Pudratchi tomonidan taxminiy smetani oshirish zarurligi xususida ogoxlantirilgaidan keyin buyurtmachi taxminiy smetani oshirishga rozi bo‘lmasa, pudratchi shartnomadan voz kechishga haqli. Bunday holda shartnomani bekor qilgan pudratchi buyurtmachidan ishning bajarilgan qismining bahosini to‘lashni talab qilishga haqli bo‘ladi. Agar smeta qiymatining oshirilishi pudratchi bilan bog‘liq b;chlsa, buyurtmachi smetadan ortiqcha sarflangan xarajatlarni to‘lamasdan majburiyatning bajarilishini pudratchidan talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Buyurtmachi pudrat shartnomasida ko‘rsatilgan ishning bahosini oshirish zarurligi haqida o‘z vaqgida ogohlantirishi shart. Agar pudrat shartnomasida ko‘rsatilgan ishning bahosini oshirish zarurligi haqida buyurtmachini o‘z vaqtida ogoxlantirmagan bo‘lsa, pudratchi smetadan ortiqcha xarajatlarni o‘z hisobiga o‘tkazib, shartnoma bo‘yicha olingan burchni bajarishga majbur. Lekin u shartnomada ko‘rsatilgan baho bo‘yicha haqolish huquqini saklab qolgan xrlda shartnomani bajaradi. Qo‘shimcha qilgan mehnati uchun haqolishga haqli bo‘lmaydi.
Pudrat shartnomasi bo‘yicha qat^y smetani qoida bo‘yicha taraflar o‘zgartmrishga hakli emas. Hasto bajarilishm yuyerjbo‘lgan ishning to‘la efjmini yoki buning uchun zarur xarajatlarni pudrat shartnomasi tuzilayotgan paytda nazarda tugish imkoniyati bo‘lmagan hollarda ham taraflar smetani oshirish yoki kamaytirishni talab qilishga haqli emas.



Download 28.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling