Ish haqi to'g'risidagi turli xil nazariyalar


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana04.06.2020
Hajmi0.76 Mb.
#114416
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ish-haqi-to'g'risidagi-turli-xil-nazariyalar


Xulosa 

Ish  haqi  to’g’risidagi  turli  xil  nazariyalarni  o’rganib  quyidagi  xulosalarga 

keldik. 


Ish  haqi  korxona,  muassasa,  tashkilotlarning  o’z  xodimlariga  ularning 

mehnati uchun to’lashi shart bo’lgan haq shaklidir. 

Yaratilgan  yalpi  ichki  mahsulotning  uning  ishlab  chiqaruvchilari  o’rtasida 

mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadigan qismi ish haqi 

deb yuritiladi. 

Ish  haqining  asosiy  vazifasi  ishchi  va  xizmatchilarning  hayot  va  mehnat 

sharoitini  yaxshilash,  boshqacha  qilib  aytganda,  mehnat  me’yori  bilan  iste’mol 

me’yori o’rtasidagi bog’liqlikni ta’minlashdan iboratdir. 

Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki 

unga  qancha  miqdorda  tovarlar  va  xizmatlar  sotib  olishi  mumkinligi  muhim.  Shu 

sababli  nominal  va  real  ish  haqi  farqlanadi.  Nominal  ish  haqi  bu  ma’lum  vaqt 

davomida  olingan  ‘ul  summasi  yoki  ‘ul  shaklidagi  ish  haqi.  Real  ish  haqi  –  bu 

nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. O’z-

o’zidan  aniqki,  real  ish  haqi  nominal  ish  haqiga  va  xarid  qilinadigan  tovarlar  (va 

xizmatlar)  bahosiga bog’liq. Shunday  ekan, real  ish  haqi boshqa  sharoitlar  bir  xil 

bo’lganda,  nominal  ish  haqiga  to’g’ri  mutanosibdir  va  iste’mol  buyumlari  va 

xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir.  

Real  ish  haqi  uch  omil  bilan  aniqlanadi:  birinchidan,  nominal  ish  haqining 

miqdori  bilan;  ikkinchidan,  amaldagi  soliqlar  yuki  bilan;  uchinchidan,  iste’mol 

narxlari darajasi bilan.  

Ish  haqini  tashkil  etishda  uning  ikkita  asosiy  shakli:  vaqtbay  va  ishbay 

shakllari  farqlanadi.  Vaqtbay  ish  haqi  xodimning  malakasi,  mehnatning  sifati  va 

ishlagan  vaqtiga  qarab  to’lanadigan  ish  haqidir.  Ishbay  ish  haqi  ishchining  ishlab 

chiqargan  mahsulot miqdori  yoki bajargan  ishining  hajmiga  qarab beriladigan ish 

haqidir. Mahsulot birligi uchun miqdori, ta’rif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish 

me’yoriga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Haq to’lash shakllarining aniq mehnat 

sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish haqining tizimini tashkil qiladi. 


46 

 

Ishchilarning  ish  haqini  tabaqalashtirish  eng  avvalo  davlat  tarif  tizimi 



yordamida  amalga  oshiriladi.  Tarif  tizimi  yordamida  tarmoqlar  va  mamlakat 

mintaqasi bo’yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar 

malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi 

tartibga solib turiladi. 

O’zbekiston  Respublikasi  mehnat  bozori  tahlil  qilinganda,  mamlakatdagi 

iqtisodiy  faol  aholi  soni  2019  yilning  uchinchi  choragida  14 946,2  ming  kishini 

tashkil  etganligi,  bu  2018  yilga  nisbatan  qariyb  200  mingga  ko’payganligini, 

shundan 13 608,8 ming kishi bugungi kunda ish bilan bandligi ayon bo’ldi. 

Mamlakatimizda  bandlik  darajasi  ya’ni  band  aholi  sonining  mehnatga 

layoqatli aholi soniga nisbati 2018 yilda 67,4 foizni tashkil etgan. Hududlar kesimida 

qaraydigan bo’lsak, bandlik eng yuqori bo’lgan hududlar jumlasiga Toshkent shahri 

(77,5%), Toshkent viloyati (71,4%), Buxoro viloyati (70,7%) va Sirdaryo viloyati 

(70,5%) kiradi. 

Shu  o’rinda  yuqorida  bildirilgan  fikr-mulohazalarimizni  muxtasar  qilib 

aytmoqchimizki,  mehnat  haq  to’lashda  rag’batlantiruvchi  vositalar  rolini  oshirish 

maqsadga muvofiq:  

-  mehnat haqining qiymatini ishchi va xodimlar tomonidan bajariladigan ish 

faoliyatining samaradorligiga, unumdorligiga va sifatiga bog’liq qilib qo’yish kerak. 

Shunday  yo’l  tutilsa,  ishchi  va  xodimlar  o’zlari  bajaradigan  funksional 

vazifalarining pirovard natijasidan bevosita manfaatdor bo’lishadi;  

-    mehnatga  haq  to’lashning  konkret  sharoitga  mos  ravishda  amal  qila 

oladigan  tizimini  joriy  etish  zarur.  Bunday  tizim  korxonaning  iqtisodiy  faoliyati 

yakunlarini hamda alohida olingan har bir ishchi-xodimning umumiy ishga qo’shgan 

individual hissasini inobatga olishga, shu bilan birga har bir ishchi-xodimning sof 

foydadan olishi mumkin bo’ladigan ulushini aniqlashga imkon beradi;  

-  ishchi-xodimlarga bir xilda maosh to’lashdan voz kechilishi lozim

-  ishchi-xodimlarga  ish  haqi  to’lash  tizimini  tashkil  etish  chog’ida  mazkur 

tizimning  amal  qilishi  oqibat  natijada  ishchilar  orasida  nifoq  tug’ilishiga  olib 

kelmasligi lozimligini e'tiborga olib ish tutish maqsadga muvofiqdir. 


47 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O’zbekiston, 2017 y. 

2. O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi. T.: O’zbekiston, 2012 y. 

3.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O’zbekiston  Respublikasini 

yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli 

Farmoni. 2017 yil 7 fevral. 

4.  Vazirlar  Mahkamasining  “Mehnatga  haq  to’lash  yagona  tariff  setkasini 

yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 775-son Qarori. 2019 yil 16 sentyabr. 

5.  Shavkat  Mirziyoyev:  Makroiqtisodiy  barqarorlikni  taʼminlash  va 

inflyatsiyani  jilovlash  –  iqtisodiy  islohotlar  jarayonidagi  bosh  vazifamizdir  nomli 

maruzasi. 2020 yil 24 yanvar 

6.  O’zbekiston  milliy  ensiklopediyasi.  O’zbekiston  milliy  ensiklopediyasi 

Davlat ilmiy nashriyoti. 04.02.2014. Toshkent. 

7. Борисов Е.Ф. Экономическая теория: учеб. – 2-е изд., перераб. и доп. 

-  М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2005. – 544 с. 

8. Шишкин А. Ф. «Экономическая теория», учебник, книга 2, М. изд-ва 

«Владос», 1996 г. 

9.  Қаралсин:  Макконнелл  К.Р.,  Брю  С.Л.  Экономикс:  Принципы, 

проблемы и политика. Т.2. – М.: Республика, 1992 г. 

10.  Қаралсин:  Курс  экономической  теории.  Учеб.  пособ.  под  ред. 

Чепурина М.Н., Киселевой Е.А. Киров, изд-во «АСА», 1995 г. 

11. Тожибоева Д. Иқтисодиёт назарияси: Олий ўқув юртлари талабалари 

учун ўқув қўлланма. – Т.: «Ўқитувчи». 2002 y. 

12.  G’ulomova  F.G’.  Buxgalteriya  hisobini  mustaqil  o’rganish  uchun 

qo’llanma.  –T.: Norma, 2009 y. 

13.  Sh.SH.Shodmonovning  Iqtisodiyot  nazariyasi:  Darslik;  O’zbekiston 

Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2010.. 

14. M.Rasulov. Bozor iqtisodiyoti asoslari. Toshkent “O’zbekiston”1999 yil. 

16.  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  Statistika  Qo’mitasi  Press-relizlar, 

Toshkent, 2019. 


48 

 

17. www.president.uz – O’zbekiston Respublikasi prezidentining rasmiy veb-



sayti. 

18.  www.stat.uz  –  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  Statistika  Qo’mitasi 

rasmiy veb-sayti.  

19. www.mineconomy.uz - O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Taraqqiyot va 

Kambag’allikni Qisqartirish Vazirligi rasmiy veb-sayti. 

20.  www.lex.uz  -  O’zbekiston  Respublikasi  Milliy  qonunchilik  tizimining 

veb-sayti. 

21. www.cbu.uz – O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy veb-sayti 

22.  www.mehnat.uz  –  O’zbekiston  Respublikasi  Bandlik  va  Mehnat 

Munosabatlari Vazirligi rasmiy veb-sayti 

23. www.kun.uz – yangiliklar veb-sayti. 

24. www.ziyonet.uz - axborot ta’lim tarmog’i. 



25. www.wikipedia.org - global internet tarmog’i ensiklopediyasi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling