Ish haqi to'g'risidagi turli xil nazariyalar


O’zbekiston Respublikasi mehnat bozori


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana04.06.2020
Hajmi0.76 Mb.
#114416
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ish-haqi-to'g'risidagi-turli-xil-nazariyalar


O’zbekiston Respublikasi mehnat bozori

10

 

Ko’rsatkichlar 

2015 

2016 

2017 

2018 

2019-yil 

3-chorak 

Ish bilan band aholi soni (davr 

bo'yicha o'rtacha; ming kishi ) 

 

 



 

 

 



Iqtisodiy faol aholi 

13767,7  14022,4  14357,3  14641,7 

14946,2 

shundan: band bo'lganlar 

13058,3  13298,4  13520,3  13273,1 

13608,8 


shu jumladan: iqtisodiy faoliyat 

turlari bo'yicha 

 

 

 



 

 

Qishloq xo'jaligi, o'rmonchilik va 



baliqchilik 

3601,7 


3646,7 

3671,3 


3537,2 

3653,4 


Sanoat 

1768,7 


1802,4 

1826,8 


1802,9 

1820,5 


Qurilish 

1222,2 


1263,6 

1290,0 


1205,5 

1238,7 


Savdo 

1413,8 


1452,4 

1480,2 


1401,8 

1461,6 


Tashish va saqlash 

614,7 


638,2 

654,9 


645,2 

663,5 


Ta'lim 

1105,3 


1105,6 

1106,6 


1111,7 

1154,1 


Sog'liqni saqlash va ijtimoiy 

xizmatlar 

601,5 

601,6 


602,6 

604,0 


620,7 

Boshqa faoliyatlar 

2730,4 

2787,9 


2887,9 

2964,8 


2996,3 

Band aholi sonining mulkchilik 

shakllari bo'yicha taqsimlanishi 

 

 



 

 

 



Davlat sektori 

2341,3 


2330,4 

2338,3 


2427,0 

2542,2 


Nodavlat sektori 

10717,0  10968,0  11182,0  10846,1 

11066,6 

Mehnat organlarida ro'yxatdan o'tgan 

ishsizlar** 

2,7 


5,0 

14,4 


32,3 

34,7 


 

 

Mamlakatimizda  bandlik  darajasi  ya’ni  band  aholi  sonining  mehnatga 



layoqatli aholi soniga nisbati 2018 yilda 67,4 foizni tashkil etgan. Hududlar kesimida 

                                                           

10

 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi rasmiy veb-sayti. https://stat.uz/uz/180-ofytsyalnaia-



statystyka-uz/6555-mehnat-bozori 

35 

 

qaraydigan bo’lsak, bandlik eng yuqori bo’lgan hududlar jumlasiga Toshkent shahri 



(77,5%), Toshkent viloyati (71,4%), Buxoro viloyati (70,7%) va Sirdaryo viloyati 

(70,5%) kiradi (3-jadval). 

3-jadval 

O’zbekiston Respublikasida banlik darajasi to’g’risida ma’lumot

11

 

Hududlar nomi 

2009  2010  2011  2012 

2013 

2014  2015  2016  2017  2018 

 

O'zbekiston 



Respublikasi 

69,4 


66.9 

66.2 


66.6 

67,1 


67,7 

68.2 


68,7 

69.2 


67,4 

Qoraqalpog'iston 

Respublikasi 

58,7 


57,3 

57,0 


57,4 

57,7 


57,9 

58,1 


58,1 

58,3 


62,9 

viloyatlar: 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Andijon 


72,4 

69,3 


68,6 

69,0 


69,9 

70,8 


71,5 

72,3 


73,0 

69,6 


Buxoro 

77,3 


74,5 

73,5 


74,1 

74,4 


74,0 

73,4 


72,9 

72,5 


70,7 

Jizzax 


59,3 

56,8 


56,0 

56,0 


56,5 

57,3 


58,1 

59,1 


60,0 

61,6 


Qashqadaryo 

64,4 


61,7 

61,1 


61,2 

61,8 


62,5 

63,3 


64,3 

65,4 


64,8 

Navoiy 


77,5 

75,3 


74,6 

74,7 


74,1 

73,6 


73,2 

72,8 


72,4 

69,2 


Namangan 

60,3 


57,4 

56,6 


57,2 

58,1 


59,3 

60,5 


61,9 

63,4 


63,8 

Samarqand 

67,6 

64,7 


64,0 

64,7 


65,4 

66,5 


67,6 

68,7 


69,7 

66,3 


Surxandaryo 

65,7 


62,5 

62,2 


62,3 

62,7 


63,4 

64,3 


65,4 

66,6 


65,2 

Sirdaryo 

73,6 

72,0 


72,1 

72,2 


72,5 

72,9 


72,2 

71,7 


71,1 

70,5 


Toshkent 

73,0 


71,5 

71,8 


72,9 

74,0 


75,1 

75,3 


75,4 

75,2 


71,4 

Farg'ona 

72,6 

69,4 


67,9 

68,0 


68,3 

68,8 


69,1 

69,6 


69,9 

66,0 


Xorazm 

65,1 


63,2 

63,3 


63,9 

64,3 


65,0 

65,6 


66,3 

66,9 


64,6 

Toshkent sh. 

83,0 

81,6 


80,7 

80,7 


80,7 

80,9 


81,1 

81,0 


80,8 

77,5 


 

O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 

2019 yil yanvar-dekabr oylarida O’zbekiston Respublikasi bo’yicha yuridik shaxs  

maqomiga  ega  bo’lgan  korxona  va  tashkilotlarda  ishlovchilarning    o’rtacha  oylik 

nominal hisoblangan ish haqi 2324,5  ming so’mni  tashkil etib, 2018 yilning mos 

davriga nisbatan 27,5 % ga oshdi (5-rasm). 

Ma’lumot uchun. O’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi    tarkibiga ish 

haqiga ustama, mukofot, rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar, kompensatsiya 

                                                           

11

 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi rasmiy veb-sayti. https://stat.uz/uz/180-ofytsyalnaia-



statystyka-uz/6555-mehnat-bozori 

36 

 

va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to’lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida 



jismoniy shaxslar daromad solig’i va kasaba uyushmasiga to’lovlar ham mavjud. 

 

5-rasm. O’tgan yilning mos davriga nisbatan asosiy mehnat 



ko’rsatkichlarining o’zgarishi (2019 yil yanvar-dekabr, qishloq xo’jaligi va 

kichik tadbirkorlik sub’ektlaridan tashqari)

12

 

O’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining  respublika bo'yicha o'rtacha 

ko'rsatkichidan  sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish faoliyati – 34 % 

ga, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar -  24,6  %  ga, ta'lim  sohasi  -  20,8  

%  ga  sezilarli darajada  past  bo’ldi. Shu bilan birga bank, sug'urta, lizing va  kredit  

-    vositachilik    faoliyati    -  106,4  %    ga,  axborot  va  aloqa  sohasi    -    70,9  %    ga 

respublika bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichdan sezilarli darajada yuqoriligi kuzatildi. 

Iqtisodiy  faoliyatning  barcha  turlarida  2018  yilning  mos  davriga  nisbatan 

o'rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining o'sishi kuzatildi. Ayniqsa  yashash  

va  ovqatlanish bo’yicha  xizmatlar  -  40,1 % ga, bank, sug'urta, lizing va kredit-

vositachilik  faoliyatida    -    37,2  %  ga,  ta'lim  sohasida  -  33,3  %  ga  sezilarli  o'sish 

kuzatildi. 

                                                           

12

 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019. 1 b. 



37 

 

 



6-rasm. Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha yuridik shaxs maqomiga ega 

bo’lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning o’rtacha oylik 

nominal hisoblangan ish haqi, ming so’m (2019 yil yanvar- dekabr, qishloq 

xo’jaligi va kichik tadbirkorlik sub’ektlaridan tashqari)

13

 

Hududlarda  ayrim  iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha respublikadagi 

o’rtacha oylik  nominal hisoblangan  ish haqiga nisbatan  eng past ko’rsatkichlar 

kuzatildi. 

Jumladan, Jizzax viloyatida sanoat 36,4 % ga, qurilish 28,2 % ga, tashish va 

saqlash  49,2 %  ga, axborot va aloqa  49,1 %  ga  iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha 

respublikadagi o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqiga nisbatan past bo’ldi.  

                                                           

13

 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019. 1 b. 



38 

 

Samarqand    viloyatida  savdo    30,5  %    ga,  tashish  va  saqlash  49,1  %  ga, 



axborot  va  aloqa  51,7  %  ga,  boshqa  faoliyat  turlari  17,5  %  ga  iqtisodiy  faoliyat 

turlari  bo’yicha    respublikadagi  o’rtacha  oylik    nominal  hisoblangan  ish  haqiga 

nisbatan past bo’ldi.  

Farg’ona    viloyatida    bank,  sug’urta,  lizing,  kredit  va  vositachilik  faoliyati 

23,5 % ga, ta’lim 8,0 % ga, sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish  5,9 %  

ga    iqtisodiy  faoliyat  turlari  bo’yicha    respublikadagi  o’rtacha  oylik  nominal 

hisoblangan ish haqiga nisbatan past bo’ldi. 

Yuqorida  keltirilgan  statistik  ma’lumotlar  mamlakatimizda  mehnat  bilan 

bog’liq munosabatlarning qay darajada samarali tashkil etilayotganligining yaqqol 

isboti hisoblanadi. 

Endi  mamlakatimizda  mehnat  faoliyati  bilan  bog’liq  bo’lgan  jarayonalarga 

to’xtalib o’tsak. 

Mehnat  faoliyati  deganda  insonning  biror  mehnat  turi  bilan  band  bo’lishi 

tushuniladi.  Bunga  ilmiy  va  pedagogik  faoliyat,  ishlab  chiqarish  va  boshqaruv 

faoliyati,  tadbirkorlik  va  tijorat  faoliyati  va  boshqalar  misol  bo’lishi  mumkin. 

Mehnat faoliyatini tashkil etish, bir tomondan, uning asoslarini (huquqiy, ma’naviy-

psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy) yuzaga kelishga ikkinchi tomondan, mehnat faoliyati 

mexanizmini  shakllantirilishini  taqozo  etadi.  Huquqiy  asoslar-ishlab  chiqarish 

munosabatlaridagi  mehnat  faoliyatini  tashkil  qilishga  xizmat  qiladigan  huquqiy 

mezonlar  (fuqarolik,  ma’muriy,  egalik  huquqlari,  korxona  ishlab  chiqarish  bilan 

bog’liq  huquqiy  hujjatlar).  Ma’naviy-psixologik  asoslar-bu  mehnat  faoliyatini 

tashkil  qilishda  ishlab  chiqarish  munosabatlarida  tomonlar  o’rtasidagi  o’zaro 

munosabatlar va ularning shakllanish jarayoni bilan yuzaga keladi (bunda yollanma 

ishlovchilar o’rtasida o’zaro munosabat, rahbar yoki korxona egasi bilan yollanma 

ishlovchi  o’rtasidagi  munosabat  yoki  jamoa  o’rtasidagi  o’zaro  munosabatlar). 

Iqtisodiy  asoslar-esa  mehnat  faoliyatini  tashkil  qilishning  asosini  tashkil  etadi. 

Bunda  mehnat  faoliyatini  tashkil  qilish  mezonlari  (ya’ni,  shaxsning  moddiy 

manfaatdorligi, bu yerda mehnat faoliyatidan qoniqish darajasi ko’zda tutiladi).  



39 

 

Tashkil  etish  ayni  vaqtning  o’zida  funktsional  va  nazariy  jihatlardan 



munayyan maqsadga erishish yoki muayyan vazifani hal qilish tizimini yaratish va 

takomillashtirish  sohasidagi  ongli  faoliyatning  jarayoni  va  natijasidir.  Odatda, 

mehnatni,  ishlab  chiqarish  va  boshqarishni  tashkil  etishi  bir-biridan  farqlashni 

taqozo etadi. Bunda ko’p hollarda mehnatni tashkil etishning bir qismi, deb qaraladi, 

tashkil etishning o’zi esa boshqarish funktsiyasi, deb tushuniladi. Mehnatni tashkil 

etish,  ishlab  chiqarish  va  boshqarishni  tashkil  etish  bilan  birgalikda  olib  borilgan 

taqdirdagina mehnat samarali bo’lishi mumki. Tashkil etish boshqarishga nisbatan 

ancha yuqori darajadagi va tartibdagi tushuncha kategoriyasidir, chunki tashkil etish 

tabiat va jamiyatdagi har qanday jarayon va hodisalarning har ikkala tomoni bo’lgan 

boshqarish va bajarishga ham singib ketgan bo’ladi. Boshqarishni tashkil etish esa 

boshqaruv  faoliyatini  tashkil  etishni  bildiradi.  Bunga  tegishli  vazifalarni  bajarish 

tizimlari  va  boshqarish  tizimlarini  yaratish,  hamda  boshqarishning  tashkiliy 

tizimlarini yo’lga qo’yish bilan erishiladi.   

Shunday  qilib,  umumiy  kategoriya  tushunchasi  sifatidagi  tashkil  etishni 

mehnat  ishlab  chiqarish  va  boshqarishni  tashkil  etishga  ajratishga  a’anaviy 

yondashuv  eskirib  qolgan  bo’lib,  bu  tushunchalarning  real  mazmuni  va  mohiyati 

haqidagi hozirgi tasavvurlarga to’g’ri kelmaydi. Bu tushunchalar mehnat faoliyatiga 

(shu  jumladan  chiqarish  va  boshqaruv  faoliyatiga)  ma’lum  darajada  taaaluqli 

bo’lganligi  sababli,  bu  yerda  gap  aynan  mehnat  faoliyatini  tashkil  etish  haqida, 

aniqrog’i, inson ijodkorligining alohida turi bo’lgan tashkilotchilik faoliyati haqida 

borishi mumkin.  

Bozor  iqtisodiyoti  davrida  raqobatni  yengib  chiqishning  asosiy  olimlardan 

biri  makroiqtisodiyotga  taalluqli,  ijtimoiy  va  shaxsiy  sektorlardagi  korxonalarda 

ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirishga  erishishdir.  Bu  asosan,  mavjud  ishchi 

kuchidan  oqilona  foydalanish  evaziga  erishiladi.  O’z  navbatida,  ishchi  kuchidan 

samarali  foydalanish  ko’pincha  har  xil  bajarilishi  zarur  bo’lgan  ishlarning  ayrim 

ijrochilar  o’rtasida  to’g’ri  taqsimlanishicha,  ya’i  ularning  malakasiga,  tajribasiga, 

zukkoligiga yarasha ish bilan bab-baravar ta’lim etilishiga bog’liqdir. Bu masalani 

maqsadga  muvofiq  hal  etish  uchun,  birichi  navbatda,  mehnatni  ishchi  ishlab 


40 

 

chiqarishda  puxta  o’ylab  oqilona  taqsimlashi  lozim  bo’ladi.  Bu  tashkiliy  masala 



mehnat taqsimoti, deb ataladi.  

Mehnat  taqsimotining  asosiy  ustunliklarida  biri  shundaki,  bunda  ishchi 

ishning  ma’lum  bir  turida  chuqur  ixtisos  topadi,  shu  ish  bajarilish  texnikasini  va 

tartibni puxta egallab oladi, zarur ko’nikmalarni kasb etadi, ish usul va uslublarini 

yanada takomillashtiradi.  

Ishlab chiqarishda mehnat taqsimotining uchta turi mavjud bo’ladi: 

1.Umumiy  mehnat  taqsimotiga  kishilar  faoliyatining  ishlab  chiqarish  va 

noishlab chiqarish sohalari o’rtasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi, bu sohalar ichida 

esa  sanoat,  qishloq  xo’jaligi,  transport,  aloqa,  savdo,  xalq  ta’limi,  fan,  davlat 

boshqaruvi, madaniyat va hokazolar o’rtasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi.  

2.Xususiy  mehnat  taqsimoti  umumiy  mehnat  taqsimotining  sohalar  va 

tarmoqlar  ichidagi  taqsimotini  nazarda  tutadi.  Masalan  sanoat  tarmoqlari  kichik 

sohalar, birlashmalar, ayrim korxonalarga bo’linadi; qishloq xo’jaligi dehqonchilik 

va  chorvachilikka,  ular  ichida  esa  ixtisoslashtirilgan  tarmoqlarga  (g’alla,  paxta, 

kartoshka  yetishtirish,  bog’dorchilik,  go’sht,  sut,  jun  yetishtirish  va  shu  kabilar) 

bo’linadi.  

3.Ayrim  mehnat  taqsimoti  ishlar  va  mehat  funktsiyalarining  ayrim  korxona 

yoki alohida tashkilot xodimlari o’rtasida: tsexlar, uchastkalar, brigadalar, zvenolar, 

ayrim  ijro  etuvchi  xodimlar  bo’yicha,  shuingdek,  ularning  kasb-malaka  guruhlari 

o’rtasida taqsimlanishini nazarda tutadi.  

Ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko’rsatish  sohalaridagi  korxonalarda  mehnat 

taqsimotining quyidagi har xil shakllari qo’llaniladi:  

1.Texnologik mehnat taqsimoti ishlab chiqarish jarayonlarining qayta ishlash 

faza va tsikllariga qarab bo’ladi. Bunda eng muhimi, ularni bajarishning texnologiya 

jihatidan  bir  xil  bo’lishidir.  Qayta  ishlash  va  fazalar  ichida  ayrim  guruh  ishlar: 

chilangar, qizdirilgan yoki sovuq metallni ikki bo’lak qolip orasiga olib urib buyum 

tayyorlovchi va hokazo bo’ladi.  


41 

 

2.Fuktsional mehnat taqsimoti qo’llanilganda birovlar asosiy ishni bajarishda 



ixtisos  topadi,  boshqalari  yordamchi  ishni  bajarishda,  uchinchilari  esa  tayyorlash, 

xizmat ko’rsatish ishini bajarishda ixtisos orttiradi.  

3.Malakali mehnat taqsimoti yoki bajarilgan ishlarning murakkabligiga qarab 

mehnatni taqsim qilish, murakkab ishlar bilan oddiy ishlarni bir-biridan ajratishdan 

iborat.  Shu  bilan  birga,  mahsulot  tayyorlashdagi  texnologik  murakkablik 

deganimizda  tayyorgarlik  fuktsiyalarini  va  mehnat  jarayonlarini  bajarishdagi, 

shuningdek, tayyorlangan  mahsulot, ko’rsatilgan  xizmat  sifatii nazorat  qilishda gi 

murakkabliklar nazarga olinadi.  

4.Operatsiyalar  bo’yicha  mehnat  taqsimoti  ishchilar  mehnatii  eng  to’la 

taqsimlashdir.  Bunda  ishlab  chiqarishning  har  bir  ayrim  jarayoni  ishlab  chiqarish 

operatsiyasining  tarkibiy  qismlariga  bo’linadi.  Masalan,  maxsus  sof  bolt 

tayyorlashning  texnologik  protsessi  temirchilik-metall  toblash,  chilangar-yo’nish, 

naqsh  solish  va  o’yish,  frezerlik-bolt  qoshidagi  qirralarini  frezerlash 

operatsiyalaridan iborat bo’ladi.  

5.Kasbiy  mehnat  taqsimoti  ishchilarning  kasbiy  ixtisoslariga  qarab  amalga 

oshiriladi va ish joyida u yoki bu kasb (ixtisos) bo’yicha ish bajarish nazarda tutiladi. 

Har bir tur ishning hajmiga qarab ishchilarga bo’lgan talabni-tsex, uchastka, ishlab 

chiqarish, korxona, birlashma va hokazolar uchun kasblar bo’yicha talab qiliadigan 

ishchilar sonini belgilash mumkin.  

Mehnat faoliyati jarayonidagi alohida ixtisoslashtirilgan ijrochilar o’rtasidagi 

aloqalarning o’rnatilishi mehnat kooperatsiyasi deb ataladi va mehnat faoliyatining 

tashkil  etilishidagi  eng  muhim  elementlaridan  biri  hisoblanadi.  Mehnat 

kooperatsiyasining  maqsadga  muvofiq  tashkiliy  shakllari  tanlash-mehatni  tashkil 

qilishning  mehnat  taqsimotida  keyingi,  ikkinchi  muhim  masalasidir.  Ijtimoiy  va 

xususiy  sektor  korxonalarida  texnikaning  rivojlanish  darajasiga,  ishlab  chiqarish 

jarayonlari  tizimining  tashkil  etilish  xarakteri  va  usullariga  qarab,  mehnat 

kooperatsiyasining turli shakllaridan foydalaniladi:  

1.Ixtisoslashtirilgan tsexlarning tsexlararo kooperatsiyasi. Bunda korxonadagi 

bir necha tsex jamoasining bir xil ishlab chiqarish jarayonida yoki turli bo’lsa-da, 


42 

 

bir-biri  bilan  bog’liq  ishlab  chiqarish  jarayonlarida  rejali  ravishda  va  birgalikda 



ishtirok etishi tushuniladi. Tsexlararo mehnat koorparatsiyasi shunga asoslanadiki, 

tayyorlov tsexlarining jamoalari ishlov berish tsexlarini zarur yarim fabrikatlar bilan 

ta’minlab  turadilar,  yarim  fabrikatlar  bu  tsexlarda  ishlanib,  chiqarish  tsexiga 

o’tkaziladi, chiqarish tsexida esa bu korxona mahsuloti tamomila ishlanib bo’ladi. 

Mazkur  tsexlar  o’rtasida  mahkam  mehnat  kooperatsiyasi,  bundagi  jamoalarning 

mehnat faoliyatida to’la  uyg’unlik bo’lgan taqdirdagina istagan bir korxonad rejali 

ravishda uzluksiz tayyor mahsulot ishlab chiqarish ta’min etiladi.  

2.Ixtisoslashtirilgan uchastkalarning tsex ichidagi mehnat kooperatsiyasi. Bu 

tsex  ichidagi  bir  necha  uchastka  kollektivlarining  bir  xil  ishlab  chiqarish 

jarayonlarida rejali va birgalashib ishtirok qilishidir.  

Ixtisoslashuv belgisi bo’yicha barcha ish o’rinlari ixtisoslashgan va universal 

ish o’rinlariga bo’linadi. Ixtisoslashgan ish o’rinlarida  bir xil yoki operatsiyaning 

mazmuni  va  ishlar  turi  bo’yicha  bir-biriga  yaqin  vazifalar  bajarilishi  mumki 

(qoliplovchi, termist, burg’ulovchi, hisoblash mashinasi operatori va hokazolarning 

ish  o’rinlari).  Universal  ish  o’rinlarida  xilma-xil  ishlar  bajariladi.  Bunday  ish 

o’rinlari,  odatda,  asbob-uskunalar  kichik  seriyali  va  bir  xil  ishlab  chiqarish 

sharoitida bir ish turidan boshqasiga tezda o’tib ishlash imkonini beradigan bir qator 

stanoklar va mexanizmlar bo’ladi (masalan, ta’mirlash-texnika ustaxonalari, aholiga 

maishiy xizmat ko’rsatish va shu kabi sharoitlarda).  

Mehnat taqsimoti belgisi bo’yicha ish o’rinlarining ikki turi-yakka tartibdagi 

va jamoa ish o’rinlariga ajratiladi. Yakka tartibdagi ish o’rnida har doim bitta ijrochi 

xodim band bo’ladi. Jamoa ish o’rinlarida mehnat jarayonlari bir guruh xodimlari 

tomonidan  amalga  oshiriladi  (masalan,  mehnatni  brigada  tarzida  tashkil  etganda, 

yirik  mashina  agregatlariga  va  apparatura  tizimlariga  va  shu  kabilarga  xizmat 

ko’rsatganda).  

Mehnatni tashkil etishning navbatdagi muhim yo’nalishi intozomdir. Mehnat 

intizomi-bu,  faqat,  ish  joyiga  o’z  vaqtida  kelish,  va  bu  yerda  belgilangan  vaqt 

mobaynida  bo’lish  emas,  balki  belgilangan  texnologiyaga  rioya  qilish,  mahsulot 

sifatini,  ishlab  chiqarishdagi  mehnat  rejimini  ta’minlash,  mehnat  unumdorligini 


43 

 

muayyan  darajada  saqlashdir.  Mehnat  intizomi  yuzlab  va  minglab  xodimlarni 



umumiy reja asosida ishlaydigan va umumiy maqsadga intiladigan yagona organizm 

qilib  birlashtiradi.  Mehnat  intizomisiz  har  qanday  korxonada  mehnatni  biron-bir 

maqbul tarzda tashkil etish haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. Mehnat intizomi 

tushunchasini quyidagi uch qismga bo’lish mumkin:  

1.Mehnat faoliyati intizomi.  Korxona yoki tashkilotdagi barcha xodimlarning 

ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilinishi: ishga o’z vaqtida kelinishi, ish kuni 

davomida  tanaffuslarga  rioya  qilinishi,  ishni  grafik  asosida  tamomlashni,  smenali 

ish sharoitida qayta smena rejimiga rioya qilish va shu kabilarni nazarda tutadi.  

2.Texnologik intizom. Bu ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarish usullari va 

izchilligiga,  mahsulot  yoki  ish  sifatiga  Aniq  rioya  qilinishini,  yaroqsiz  mahsulot 

ishlab chiqarishga va avariyalarga byuarham berilishini nazarda tutadi.  

3.Ishlab  chiqarish  intizomi.  Korxonada  belgilangan  ichki  mehnat  tartibi 

qoidalarning bajarilishini, ishlab chiqarish rahbarlari buyruqlari va farmoishlarining 

aniq bajarilishini, mehnatni muhofaza qilish, ishlab chiqirish  sanitariyasi, xavfsizlik 

texnikasi  qoidalariga  so’zsiz  va  aniq  rioya  qilinishini,  atrof-muhitning  muhofaza 

qilinishini, nazarda tutadi. Shuningdek, xom-ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar 

va tayyor  mahsulotlardan tortib asboblar, mashinalar, mexanizmlar, apparatura va 

boshqa ishlab chiqarish  jihozlarigacha ehtiyotkorona munosabatda bo’lish kiradi. 

Rag’batlantirish-bu harakat uchun turtkidir. Rag’batlantirishlar ijobiy bo’lishi 

mumkin,  bunda  xodim  ham  moddiy  (mukofot,  foydaning  bir  qismini  olish, 

birmuncha  yuqori  haq  to’lanadigan  ishga  o’tkazish),  ham  ma’naviy  (maqtash, 

xizmatlarini  ko’pchilik  oldida  e’tirof  etish  va  shu  kabilar)  rag’batlantiriladi.  Shu 

bilan birga, salbiy: moddiy (yaroqsiz mahsulot ishlab chiqilgan taqdirda yoki asbob-

uskunalarga  shikast  yetkazilganda  va  hokazolardan  ish  haqi  yoki  mukofotni 

qisqartirish)  va  ma’naviy  (e’tiroz,  xayfsan  berilishi,  ishdagi  o’rtoqlari  tomonidan 

mehnat xulqining qoralanishi) bo’lishi mumkin. 

Mehnat  sharoitlari  deganda  ishlab  chiqarish  jarayonida  insonni  qurshab 

turuvchi  tashqi  muhit  tushuniladi.  Bu  muhit  inson  organizmiga,  uning  mehnat 

faoliyatiga, binobirin, uning ishchanlik qobilyati va mehnat unumdorligiga muhim 


44 

 

ta’sir ko’rsatadi. Mehnat sharoitlari ta’sirida organizmning uchta asosiy funktsional 



holati, yaxni normal, chegaraviy (norma Bilan patalogiya  o’rtasidagi) va patalogik 

holatlar shakllanadi. 

Mehnatni  tashkil  etishda  uni  normalash  katta  rol  o’ynaydi.  Mehnatni 

normalash eng samarali mehnat usuli va metodlarini tanlashda, mehnat taqsimoti va 

kooperatsiyasining eng yaxshi shakllarini, ish joylarini tashkil etish va ularga xizmat 

ko’rsatishning  ratsional  tizimini  belgilashda  qo’llaniladi.  Mehnatni  normalash-bu 

ishlab  chiqarishni  boshqarish  sohasidagi  iqtisodiy  faoliyatning  muhim  turi  bo’lib, 

uning  yordamida  zarur  mehnat  xarajatlari  belgilanadi,  uning  natijalari  aniqlanadi, 

turli  toifadagi  xodimlar  mehnatining  kooperatsiyasi  amalga  oshiriladi,  ular  ish 

o’rinlariga  qo’yiladi.  Mehnat  normalarining  barcha  turlari  ichida  asosiysi–vaqt 

normasi  bo’lib,  uning  vositasida  mehnatni  tashkil  etish  ehtiyojlari  uchun  boshqa 

normalar:  mahsulot  ishlab  chiqarish  normasi    (ish  davri  davomiyligini  vaqt 

normasiga  bo’lish  bilan  aniqlanadi);  xizmat  ko’rsatish  normasi    (xizmat 

ko’rsatiladigan  ishchilar  soni  bilan  ifodalanadi);    xizmat  ko’rsatish  soni  normasi 

(biron-bir  stanok,  agregat  yoki  patok  liniyasiga  xizmat  ko’rsatish  uchun  zarur 

bo’lgan  ishchilar  soni  bilan  ifodalanadi);    boshqaruvchanlik  normasi  (ishlab 

chiqarishning muayyan rahbariga bo’ysunuvchi xodimlar bilan ifodalanadi). 

 


45 

 


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling