Ish haqini tashkil etishning asosiy shakllari


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana25.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1396615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ish haqi kurs ishi 2022

Kurs ishining maqsadi ish-haqi bo’yicha tashkil etiladigan jarayonlarda yuzaga 
kelgan yoki kelishi mumkin bo’lgan muammolarni bartaraf etish bo’yicha ilmiy-amaliy 
tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: 
- ish-haqi tushunchasining mazmun-mohiyatini, ularning shakllarini ochib berish; 
- ish-haqini to’lash tartibini va rag’batlantiruvchi to’lovlarni tadqiq etish; 
- ish-haqini tashkil etish bilan bog’liq turli yondashuvlarni o’rganish; 
- O’zbekistonda mehnatni tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarni tahlil qi-
lish; 
Kurs ishining obyekti mehnat jarayonlarini tashkil etish va ish-haqini to’lash bi-
lan bog’liq bo’lgan turlicha qarashlar va nazariyalar hisoblanadi. 
Kurs ishining predmeti mamlakatimizda ish-haqini to’lash, aholi daromadlarini 
oshirish hamda mehnat jarayonlarini optimallashtirish bo’yicha bo’yicha amalga oshi-
rilayotgan ishlarni o’z ichiga oladi. 
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini xorijlik yetakchi olimlarning ish-haqi 
to’lashni tartibga solinishi, mehnatni tashkil etish jarayonlari bo’yicha amaliy ishlanma-
lari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari tashkil etadi. 
Kurs ishining tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, 2 bob, 4 ta bo’lim, xulosa va 
takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 
1
Shavkat Mirziyoyev: Makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va inflyatsiyani jilovlash – iqtisodiy islohotlar 
jarayonidagi bosh vazifamizdir nomli maruzasi. 2020 yil 24 yanvar. https://president.uz/oz/lists/view/3317


I -bob. Ish haqining mazmuni va tashkil etish shakllari 
I.1. Ish haqi tushunchasining mazmun-mohiyati 
Ish haqi korxona, muassasa, tashkilotlarning o’z xodimlariga ularning mehnati 
uchun to’lashi shart bo’lgan haq shaklidir. Ish haqi asosiy va qo’shimcha qismlardan 
iborat. Asosiy qism ish haqining nisbatan doimiy qismi hisoblanadi. Unga tarif bo’yicha 
belgilangan maosh, ustama va qo’shimcha haqlar kiradi. Ustama va qo’shimcha haqlar 
muayyan muddatga belgilangadi, hamda ish yomonlashgan taqdirda (mehnat sharoiti 
uchun to’lanadigan haqda tashqari) bekor qilinadi. Qo’shimcha qismga yil yakunlariga 
ko’ra, mehnatning umumiy natijalari uchun beriladigan mukofot va rag’batlantirishlar 
kiradi.
Ish haqini huquqiy jihatdan tartibga solib turishning davlat va mahalliy turlari mav-
jud. Davlat yo’li bilan normalash-davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan 
mehnatga haq to’lashning umumiy shartlari belgilanishidan iborat. Mahalliy yo’l bilan 
tartibga solish-huquq qoidalarida mehnatga haq to’lash shartlarini belgilashdan iborat 
bo’lib, ular ma’muriyat tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan birgalikda o’zlari-
ga berilgan huquqlari doirasida ishlab chiqishadi. 
Ish haqining mohiyati, uning ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlari bo’lgan mahsu-
lot ishlab chiqarish, uni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishda bajaradigan funk-
siya (vazifa)larida namoyon bo’ladi (1-rasm): 
1. Takror hosil qilish funksiyasi. Mazkur funksiya ish haqining davlat tomonidan 
tartibga solishning xususiyatlari, ish haqining ish kuchini takror hosil qilishni ta’min 
etadigan miqdorini qonuniy darajada belgilash bilan uzviy bog’liqdir. 
2. Rag’batlantiruvchi funksiya. Xodimni o’z mehnati, natijalarini doimiy ravishda 
yaxshilab borishga qiziqtirishi lozim. 
3. O’lchov-taqsimlash funksiyasi. Bu funksiya iste’mol fondlarini yollanma xodim 
bilan ishlab chiqarish vositalari egasi o’rtasida taqsimlash vaqtida jonli mehnat o’lcho-
vini aks ettirish uchun mo’ljallangan. 
4. Joylashtirish funksiyasi. Mazkur funksiyaning hozirgi vaqtdagi ahamiyati jiddiy 
ravishda oshib bormoqda. Uning mohiyati mehnat resurslarini mintaqalar, iqtisodiyot 
tarmoqlari va korxonalar bo’yicha qulay ravishda joylashtirishdan iborat. 


5. Aholining to’lovga qodir talabini shakllantirish funksiyasi. Bu funksiyaning vazi-
fasi to’lovga qodir talabni muvofiqlashtirishdir, bunday talab deganda, xaridorlarning 
pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojlarini namoyon bo’lish shakli tushuniladi
shuningdek, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish ham nazarda tutiladi. To’lovga qodir 
talab ikkita asosiy omil-jamiyatning ehtiyojlari va daromadlari ta’sirida shakllanishi 
sababli, bozor sharoitida ish haqi yordamida tovarni taklif qilish bilan talab o’rtasida 
zarur mutanosiblik o’rnatiladi. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling