Ish haqini tashkil etishning asosiy shakllari
O’zbekiston Respublikasida mehnatga haq to’lashning yagona tarif setkasi
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Ish haqi kurs ishi 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1,384 7 1,505 8 1,630 9 1,755 10 1,883 11 2,014
O’zbekiston Respublikasida mehnatga haq to’lashning yagona tarif setkasi
5 Mehnatga haq to’lash razryadlari Tarif koeffitsientlari 1 1,000 2 1,053 3 1,106 4 1,158 5 1,269 6 1,384 7 1,505 8 1,630 9 1,755 10 1,883 11 2,014 12 2,148 5 Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 sentyabrdagi 775-son qaroriga 1-ilova. https://lex.uz/docs/4514781 13 2,284 14 2,421 15 2,561 16 2,704 17 2,847 18 2,993 19 3,141 20 3,292 21 3,444 22 3,597 Tarif-malaka ma’lumotnomalari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil tarifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablardan ibo- rat bo’ladi, shuningdek, unda bu ishni tariflash uchun qo’yiladigan razryadlar ham ko’r- satiladi. Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffistientlari ham bo’lib, ular bi- rinchi razryadli ishchiga haq to’lash bilan keying razryadli ishchilar mehnatiga haq to’- lashning o’zaro nisbatini ko’rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffistienti hamma vaqt birga teng bo’ladi). Yuqorida 1-jadvalda O’zbekiston Respublikasida mehnatga haq to’- lashning yagona tarif setkasi keltirilgan. Tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo’lgan ishchining mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilab beradi. Mehnat qilish sharoiti og’ir va zararli bo’lgan ishchilarga tarif stavkasiga qo’shim- cha haqlar belgilanadi. Tarif stavkalariga ustamalar shaklidagi haq (razryadlar bo’yicha farqlantirilgan) ‘rofessional mahorat uchun belgilanadi. Alohida tarmoqning iqtisodiyotdagi ahamiyatiga qarab amalda ish haqini va man- sab maoshlarini farqlantirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etakchi tarmoqlarga tajribali, malakali kadrlarni jalb etish, bu tarmoqlarda ishchi va xizmatchilar tarkibi barqaror bo’lishini ta’minlaydigan sharoit- larni vujudga keltirish maqsadi ko’zlanadi. Respublikamizda ham tarif tizimi orqali ish haqi tabaqalashtirilib, turli kasblar va ish turlari uchun ish haqi to’lashning yagona razryadlari aniqlangan. Narxlar o’sishi bilan minimal ish haqi darajasi (1-razryad) hamda barcha razryadlar ular o’rtasidagi nisbat saqlangan holda oshirib boriladi. Masalan oxirgi o’zgarish, 2022 yil 20 mayda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev (2022 yil 20 maydagi PF-138- son) farmonni imzoladi. Unga muvofiq 2022-yilning 1-iyunidan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori1,12 barobarga oshirilidi. 2022 yil 1 iyundan boshlab Respublikamizda ish haqining minimal darajasi 920000 so’m qilib belgilanib, boshqa razryadlarga to’g’ri keladigan ish haqi summasi ham shunga mos ravishda oshiriladi. Ish haqining barcha tizimlarini ish haqining shakllari deb ataluvchi ikki katta gu- ruhga bo’lish qabul qilingan. Agar mehnat natijalarining asosiy o’lchovi sifatida tayyor- langan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat) dan foydalaniladigan bo’lsa, u holda mehnatga haq to’lashning ishbay shakli tushuniladi. Agar bunday o’lchov sifatida ishlangan vaqt miqdoridan foydalanilsa, bunday holda vaqtbay ish haqi tushuniladi (2-rasm). Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling