Ish haqini tashkil etishning asosiy shakllari
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Ish haqi kurs ishi 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining obyekti
- Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini
- I -bob. Ish haqining mazmuni va tashkil etish shakllari I.1. Ish haqi tushunchasining mazmun-mohiyati
Kurs ishining maqsadi ish-haqi bo’yicha tashkil etiladigan jarayonlarda yuzaga
kelgan yoki kelishi mumkin bo’lgan muammolarni bartaraf etish bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: - ish-haqi tushunchasining mazmun-mohiyatini, ularning shakllarini ochib berish; - ish-haqini to’lash tartibini va rag’batlantiruvchi to’lovlarni tadqiq etish; - ish-haqini tashkil etish bilan bog’liq turli yondashuvlarni o’rganish; - O’zbekistonda mehnatni tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarni tahlil qi- lish; Kurs ishining obyekti mehnat jarayonlarini tashkil etish va ish-haqini to’lash bi- lan bog’liq bo’lgan turlicha qarashlar va nazariyalar hisoblanadi. Kurs ishining predmeti mamlakatimizda ish-haqini to’lash, aholi daromadlarini oshirish hamda mehnat jarayonlarini optimallashtirish bo’yicha bo’yicha amalga oshi- rilayotgan ishlarni o’z ichiga oladi. Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini xorijlik yetakchi olimlarning ish-haqi to’lashni tartibga solinishi, mehnatni tashkil etish jarayonlari bo’yicha amaliy ishlanma- lari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari tashkil etadi. Kurs ishining tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, 2 bob, 4 ta bo’lim, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 1 Shavkat Mirziyoyev: Makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va inflyatsiyani jilovlash – iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifamizdir nomli maruzasi. 2020 yil 24 yanvar. https://president.uz/oz/lists/view/3317 I -bob. Ish haqining mazmuni va tashkil etish shakllari I.1. Ish haqi tushunchasining mazmun-mohiyati Ish haqi korxona, muassasa, tashkilotlarning o’z xodimlariga ularning mehnati uchun to’lashi shart bo’lgan haq shaklidir. Ish haqi asosiy va qo’shimcha qismlardan iborat. Asosiy qism ish haqining nisbatan doimiy qismi hisoblanadi. Unga tarif bo’yicha belgilangan maosh, ustama va qo’shimcha haqlar kiradi. Ustama va qo’shimcha haqlar muayyan muddatga belgilangadi, hamda ish yomonlashgan taqdirda (mehnat sharoiti uchun to’lanadigan haqda tashqari) bekor qilinadi. Qo’shimcha qismga yil yakunlariga ko’ra, mehnatning umumiy natijalari uchun beriladigan mukofot va rag’batlantirishlar kiradi. Ish haqini huquqiy jihatdan tartibga solib turishning davlat va mahalliy turlari mav- jud. Davlat yo’li bilan normalash-davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan mehnatga haq to’lashning umumiy shartlari belgilanishidan iborat. Mahalliy yo’l bilan tartibga solish-huquq qoidalarida mehnatga haq to’lash shartlarini belgilashdan iborat bo’lib, ular ma’muriyat tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan birgalikda o’zlari- ga berilgan huquqlari doirasida ishlab chiqishadi. Ish haqining mohiyati, uning ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlari bo’lgan mahsu- lot ishlab chiqarish, uni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishda bajaradigan funk- siya (vazifa)larida namoyon bo’ladi (1-rasm): 1. Takror hosil qilish funksiyasi. Mazkur funksiya ish haqining davlat tomonidan tartibga solishning xususiyatlari, ish haqining ish kuchini takror hosil qilishni ta’min etadigan miqdorini qonuniy darajada belgilash bilan uzviy bog’liqdir. 2. Rag’batlantiruvchi funksiya. Xodimni o’z mehnati, natijalarini doimiy ravishda yaxshilab borishga qiziqtirishi lozim. 3. O’lchov-taqsimlash funksiyasi. Bu funksiya iste’mol fondlarini yollanma xodim bilan ishlab chiqarish vositalari egasi o’rtasida taqsimlash vaqtida jonli mehnat o’lcho- vini aks ettirish uchun mo’ljallangan. 4. Joylashtirish funksiyasi. Mazkur funksiyaning hozirgi vaqtdagi ahamiyati jiddiy ravishda oshib bormoqda. Uning mohiyati mehnat resurslarini mintaqalar, iqtisodiyot tarmoqlari va korxonalar bo’yicha qulay ravishda joylashtirishdan iborat. 5. Aholining to’lovga qodir talabini shakllantirish funksiyasi. Bu funksiyaning vazi- fasi to’lovga qodir talabni muvofiqlashtirishdir, bunday talab deganda, xaridorlarning pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojlarini namoyon bo’lish shakli tushuniladi, shuningdek, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish ham nazarda tutiladi. To’lovga qodir talab ikkita asosiy omil-jamiyatning ehtiyojlari va daromadlari ta’sirida shakllanishi sababli, bozor sharoitida ish haqi yordamida tovarni taklif qilish bilan talab o’rtasida zarur mutanosiblik o’rnatiladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling