Ish haqini tashkil etishning asosiy shakllari


-rasm. Ish haqi to’lashning asosiy ikki shakli


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana25.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1396615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ish haqi kurs ishi 2022

2-rasm. Ish haqi to’lashning asosiy ikki shakli 
Vaqtbay haq to’lashda mehnatning asosiy normasi qonun tomonidan yagona tarzda 
belgilangan ish vaqti muddati bo’lib, bunda xodimning mehnat vazifalari ko’rsatiladi, u 
ish vaqti mobaynida xodimlar o’rtasidagi mehnat taqsimotiga asosan, ishlab chiqarish-
ning tashkiliy-texnikaviy shart-sharoitlari bilan belgilangan ana shu vazifalari ado etishi 
lozim. Belgilangan normani bajarganlik uchun haq to’lash o’lchovi-tarif stavkasidir. 
Agar xodim normada nazarda tuilgan vaqtda kamroq ishlagan bo’lsa, unga tarif stavka-
sida kamroq haq to’lanadi. Bordi-yu, xodim ishlagan va muayyan mehnat vazifalariga 
ega bo’lgan vaqt belgilangan normadan ortib ketsa (bunga ish beruvchining roziligi ke-
rak), uning mehnatiga to’lanadigan haq tarif stavkasidan yuqori bo’ladi.


Ishbay haq to’lashda asosiy mehnat normasi sifatida mahsulot ishlab chiqarish nor-
masi namoyon bo’ladi. Bu norma ham qonun bilan belgilangan ish vaqti muddatidan 
kelib chiqib hisoblanadi. Xodimning asosiy mehnat vazifasini-normani bajarganligi 
uchun u tarif stavkasi miqdorida ish haqi oladi. Agar bu norma bajarilmasa yoki oshirib 
bajarilsa, xodimga to’lanadigan haq tegishli ravishda tariff stavkasidan kam yoki yuqori 
bo’ladi. 
Iqtisodiy mohiyat nuqtai nazaridan, ish haqining ishbay va vaqtbay shakllari o’r-
tasida unchalik katta farq yo’qday tuyuladi: ularning har ikkalasi ham mehnat bozori to-
monidan belgilangan ish kuchi (mehnat xizmati) bahosi va qonun bilan belgilangan ish 
vaqti muddatiga asoslanadi. Biroq, iqtisodiy adabiyotlarda vaqtbay haq to’lash shakli 
birlamchi, ishbay haq to’lash shakli undan paydo bo’lgan hosila haq to’lash shakldir
degan fikrni uchratish mumkin. 
Mehnatga ishbay haq to’lash mehnat unumdorligining o’sishini va mahsulot miq-
dorini ko’paytirishni rag’batlantiradigan tizim hisoblanadi. Lekin, mahsulot ishlab chi-
qarishni ko’paytirishni rag’batlantirish ish beruvchida mahsulot ishlab chiqarishni bel-
gilangan me’yorlarini ko’paytirish, mazkur texnika darajasi va qo’llanilayotgan texno-
logiya sharoitida topshiriq yoki rejani oshirish real zarurati bo’lgandagina ijobiy natija-
lar berishi mumkin. Agar erishilgan natijaga nisbatan ish sifatining ortishi va mahsulot 
ishlab chiqarishning ko’paytirilishi ishlab chiqarish jarayoniga jiddiy texnikaviy va tex-
nologik o’zgarishlar kiritgandagina mumkin bo’lsa, u holda mahsulot ishlab chiqarishni 
ko’paytirish uchun ishbay haq to’lash tizimini qo’llanish oqilona hisoblanmaydi. Bildi-
rilgan fikrlarga ko’ra, ko’pincha ayrim ishlarda mehnatga haq to’lashning ishbay usulini 
tatbiq etish mahsulot sifatining pasayishi, texnologik rejimlar va xavfsizlik texnikasi ta-
lablari buzilishiga yo’l qo’yiladi, shuningdek, xom-ashyo materiallar va energiya sarf-
lashda ortiqchalik hollari sodir bo’ladi. Bu hol ko’pincha ishchilar har turli mahsulot 
ishlab chiqarganda, ishlab chiqarish uchastkasida muayyan miqdorda yaroqsiz mahsulot 
to’planib qolganda, sifatning yomonlashganligi yoki yaroqsiz mahsulot ishlab chiqaril-
ganligi aniqlanmaganda ro’y beradi. 


Oddiy vaqtbay tizim xodimning ish haqini uning tarif stavkasiga yoki haqiqatda 
ishlangan vaqtiga qarab belgilaydi. Ana shunga muvofiq, tarif stavkalari: soatbay, kun-
bay, hamda, oylik stavkalar tatbiq etiladi. 
Soatbay va kunbay tarif stavkalarini tatbiq etishda xodimning ish haqi miqdori qu-
yidagi formula bilan belgilanadi: 
𝑈
𝑏=
𝐶
𝑡
∗ 𝑇
𝑞
bunda, U
b
 -vaqtbay haq to’lanadigan xodimning ish haqi (so’m); C
t
 -xodimning vaqt 
birligidagi tarif stavkasi (so’m); T

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling