Ish haqini tashkil etishning asosiy shakllari
II - bob. Ish haqini tashkil etishda turli yondashuvlar va to`lash tartibi
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Ish haqi kurs ishi 2022
II - bob. Ish haqini tashkil etishda turli yondashuvlar va to`lash tartibi
II. 1. Ish haqini to’lash tartibi. Rag’batlantiruvchi to’lovlar Ish haqi kamida har yarim oyda bir marta, ammo boshqa xodimlarning ayrim toifa- lari uchun bu muddatlar boshqacha bo’lishi ham mumkin. Ish haqi to’lashning avans va avanssiz tartibi mavjud. Birinchi holda xodim oyning birinchi yarmi uchun avans oladi, oyning ikkinchi yarmi uchun esa u bilan uzil-kesil hisob-kitob qilinadi. Avans miqdori ma’muriyat bilan kasaba uyushmasi o’rtasida kelishuv asosida belgilanadi. Avanssiz hisob-kitobda oyning birinchi yarmi uchun ish haqi amalda ishlab chiqarilgan mahsulot- ga qarab to’lanadi. Ish haqidan ushlab qolinishiga, faqat quyidagi hollardagina yo’l qo’- yiladi: -soliqlar bo’yicha; -sudning chiqarilgan hukmiga binoan ahloq tuzatish ishlari o’talayotganda, boshqa xil ushlab qolishlardan qat’i nazar ish haqining besh foizidan yigirma foizigacha bo’lgan miqdorda; -sudning chiqargan qaroriga binoan 20 foizdan ortiq bo’lmagan miqdorda, alliment undirib olinayotganda yoki boquvchisi mayib-majruh bo’lib qolganda, sog’lig’iga zarar yetkazilganda yohud vafot etganda, shuningdek, bosqinchilik yoki o’g’rilik tufayli yet- kazilgan zarar undirib olinayotganda-ko’pi bilan ellik foiz miqdorda; -ma’muriy tartibda solinadigan, va hech shubhasiz majburiy tartibda ushlab qolina- digan jarimalar tarzida; -korxona oldidagi qarzini undirish maqsadida quyidagi hollarda ma’muriyatning far- moyishi bilan: a) ish haqiga berilgan avansni ushlab qolish uchun: -hisob-kitobdagi yanglishishlar natijasida ortiqcha to’langan pulni qaytarib olish uchun; -xizmat safarlari yoki boshqa joyda ishlashga o’tganligi munosabati bilan; -xo’jalik ehtiyojlariga berilgan bo’lib, sarf qilinmay qolgan va o’z vaqtida qaytaril- magan avansni ushlab qolish uchun bunday hollarda avansni qaytarish, qarzni to’lash va hokazo uchun belgilangan muddat tamom bo’lgan kundan boshlab kamida bir oy o’t- masdan avans yoki qarzni ushlab qolish haqida farmoyish berilishi mumkin, agar bu muddat o’tib ketgan bo’lsa, u holda qarz faqat sud yo’li bilan undiriladi. b) ishdan bo’shatilgan xodim shu yilgi ta’tildan foydalangan bo’lsa, ishlab ado etil- magan ta’til kunlari uchun: -korxona tugatilishi, shtatlar qisqartilishi munosabati bilan egallab turgan lavozimiga noloyiqligi aniqlanganligi; -vaqtincha ish qobiliyatini yo’qotganligi natijasida ishga uzoq vaqt kelmaganligi sa- babli; -harbiy xizmatga chaqirilishi yoki o’tishi; -boshqa ishga saylab qo’yiladigan lavozimiga o’tkazilganligi; -o’qishga yuborilgani bundan mustasno. -pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan xodim ishdan bo’shatilgan holler bundan mustasno. c) xodimning aybi bilan yetkazilgan zararni undirish uchun, o’rtacha oylik ish haqi- dan ortiq bo’lmagan miqdorda. Zararni undirishi haqidagi farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan kundan ikki haf- tadan kechikmay chiqarilishi va bu haqda xodim xabardor qilingan kundan boshlab kam deganda yetti kundan keyin ijro etish uchun qo’yilishi lozim. Rag’batlantiruvchi to’lovlar va ularning asosiy turlari. Mamlakatimiz xo’jalik faoliyati tajribasida xilma-xil rag’batlantirish tizimlari ish- lab chiqilgan bo’lib, ulardan muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida alohida alohida yo- ki boshqa tizimlar bilan birgalikda foydalaniladi. Aytaylik, biror xodim mehnatda sezi- larni yutuqlarni qo’lga kiritdi va uni rag’batlantirish kerak. Bunda rahbariyat quyidagi rag’batlantirish chora-tadbirlarini ko’rishi mumkin (3-rasm): 1) xodimning malaka razryadini va tegishli ravishda tarif stavkasi (maoshi)ni oshirish; 2) unga kasb mahorati uchun qo’shimcha haq to’lashni belgilash; 3) bir martali mukofot berish; 4) ko’rsatib o’tilgan bu rag’batlantirish turlarini biron-bir tarzda qo’shib foydalanish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling