Ish joyida o’chraydigan kimyoviy ta’sirlar va ularga gigiyenik baho


Download 0.57 Mb.
bet2/3
Sana31.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1144732
1   2   3
Bog'liq
Gigiyena mustaqil ish

Zaharlanishning oldini olish

  • Zaharlanishning oldini olish uchun bo‘yoq o‘rnida qo‘rg‘oshin oq bo‘yog‘ini ishlatish, arra yasashda, qo‘rg‘oshindan taglik qilishda, chinni hamda oyna sanoatida ishlatish man qilinadi. Qo‘rg‘oshinsiz ishlashning iloji bo‘lmaganda, ishni mexanizatsiyalash, qo‘rg‘oshin ajratadigan ish joylariga (dudkash) chang tortkichlar o‘rnatish, ish joylarini chang tortuvchi asboblar bilan tozalash maqsadga muvofiq hisoblanadi
  • Maishiy xonalarning sanitariya holatiga ahamiyat berish muhim gigiyenik talablar qatoriga kiradi. Ishchilar maxsus korjomalar bilan ta’minlanishlari kerak. Qo‘rg‘oshin bilan ishlashga ayollar va o‘smirlar qo‘yilmaydi. Ishdan so‘ng ishchilar dush qabul qilishlari, shaxsiy gigiyenaga qat’iy amal qilishlari talab qilinadi. Sil kasalining ochiq turi kamqonlik, ateroskleroz, gipertoniya, me’da qatari, ichak kasalliklari va markaziy nerv sistemasida kasali bor odamlar qo‘rg‘oshin bilan ishlashga qo‘yilmaydi.

Qo’rg’oshin bilan zaharlanish belgilari.

Margimush (mishyak) preparatlarining organizmga ta’siri

  • Margimush mishyak preparati organizmga qaysi yo‘l bilan (nafas a’zolari, me’da va teri orqali) tushishidan qat’iy nazar, mayda qon tomirlariga juda kuchli ta’sir qiladigan zahar bo‘lib, qon tomir devorlarini, vegetativ asab sistemasini zararlaydi. U qon tomirlar devorining o‘tkazuvchanligini oshiradi, ayniqsa ichak tomirlarini qattiq zaharlaydi. Margimush to‘qimalar faoliyatini izdan chiqaradi. Markaziy nerv sistemasi va periferik nervlarning ichki a’zolarini zaharlaydi.
  • Margimush bilan zaharlanishning uch xil turi ma’lum.

1. Ovqat hazm qilish a’zolari orqali

  • tushgandan keyin 0,5—2 soat o‘tgach,zahar miqdoriga qarab, zaharlanish alomatlari yuzaga chiqa boshlaydi. Og‘izda metall ta’mi seziladi,tomoq kuyganga o‘xshab achishadi, qayt xuruji va qorin bo‘shlig‘ida qattiq og‘riq boshlanadi. Qusuqqa goho margimush tuzlari bilan bo‘yalgan ko‘k rangli o‘t aralash tushadi. Bir necha soatdan keyin qusish to‘xtaydi, ammo qorindagi og‘riq to‘xtamaydi. Zaharlanishning birinchi kunlarida tez-tez ich suradi. Natijada organizm ko‘p suyuqlik yo‘qotadi. Siydik kamayadi, ovoz xirillab ba’zan chiqmay qoladi. Oyoq tortishadi, yurak urishi sekinlashib, tomir urishi sust va notekis bo‘lib qoladi. Bosh aylanishi, harorat tushishi, bexushlik, alaxlash ortadi, og‘ir hollarda bemor falajlikdan o‘ladi.
  • Umumiy zaharlanish alomatlari, odatda 2—3 kundan tortib to 1—2 haftagacha davom etadi. Shundan so‘ng bemor sekin-asta tuzala boshlaydi. Oradan 8—15 kun o‘tgach, asab tolalari o‘tgan joylarda qattiq og‘riq paydo bo‘ladi, sezuvchanlik yo‘qoladi. Bu hol, ayniqsa, oyoq-qo‘llarda kuchli bo‘ladi. Margimush preparatlari bilan zaharlanganda bu alomatlar juda sekin yo‘qola boshlaydi: ba’zi hollarda yuz nervi, uch shoxli nerv tolalari, til osti va adashgan nerv tolalariga shikast yetadi. Bunday hollarda teri atrofiyaga uchrab po‘st tashlaydi, bu jarayon ayniqsa tovonda, qo‘l kaftida kuchli bo‘ladi. Soch to‘kiladi, milk yara bo‘lib, tirnoqlar o‘z rangini yo‘qotadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling