Ish joyida o’chraydigan kimyoviy ta’sirlar va ularga gigiyenik baho


Download 0.57 Mb.
bet3/3
Sana31.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1144732
1   2   3
Bog'liq
Gigiyena mustaqil ish

2. Falajlaydigan tur

  • Margimush preparatlari organizmga ko‘p miqdorda tushganda, odam behol bo‘lib qoladi, nafas olish va qon tomirlar harakatini boshqaruvchi markazlar falajlanadi. Oradan bir necha soat o‘tar-o‘tmas bemor o‘lib qoladi. Bunda me’da ichak turidagi alomatlar bo‘lmasligi mumkin.

3. Margimush aerozoli nafas a’zolariga, ko‘zning shilliq qavatiga

  • tushganida shilliq qavatlar qizaradi, shishib ketadi, bemor qon aralash balg‘am tashlaydi, tezda yordam ko‘rsatilmasa, burnidan ko‘p qon oqadi. Margimushning zaharli miqdori 0,01—0,052 g, o‘ldiradigan miqdori 0,06—0,2 g. Margimushdan surunkali zaharlanish mumkin, bunda ishtaha yo‘qoladi, ko‘ngil ayniydi, me’dada og‘riq paydo bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan ich ketadi. Jigar bora-bora sirrozga uchraydi.

Simob preparatlaridan zaharlanish alomatlari.

  • Simobdan zaharlangan odamning ko‘ngli ayniydi, ishtahasi pasayadi, ovqatdan keyin og‘iz bemaza bo‘ladi. Odamning toborà holi qurib, oyoqqo‘llari bo‘shashadi, tishi, tomog‘i, to‘sh osti va qorni og‘riydi. Ko‘pincha stomatit, gingivit yuzaga kelib, lab-lunj shishib ketadi, tomoq qizarib sal bosganda qonaydi, milklarda goho simob bilan zaharlanganga xos kulrang gardish paydo bo‘ladi. Kasallik avj olgan sari ko‘ngil aynishi kuchayib, odam hadeb safro yoki qon aralash qusaveradi, tilni karash bog‘laydi.
  • Odatda, odamning ichi tez-tez sassiq, goho qon aralash keladi, qorni qappayadi, paypaslaganda og‘riydi, jigari kattalashadi.
  • Simob tutgan preparatlar asab sistemasiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi reflekslar yo‘qolib, asab tolalari o‘tgan joy og‘rishi mumkin. Og‘ir hollarda bemorning ruhi keskin tushib, loqayd bo‘lib qolib, gaplashmaydi, o‘lim vahimasi tutadi yoki, aksincha, dimog‘i chog‘ bo‘ladi
  • Bemorning yurak faoliyatida ham ma’lum darajada o‘zgarishlar jumladan, aritmiya kuzatiladi. Qon bosimi deyarli o‘zgarmaydi. Qonda leykotsitoz va SOEning oshganligi ko‘rinadi, zaharlangan odam odatda yurak urishi to‘xtab qolishidan o‘ladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling