Ish joylarida mikroiqlim korsatkichlarini aniqlash
Universal gaz tahlillagich bilan havodagi gaz va zararli moddalar bug’lari konsentratsiyasini o’lchash uslubi
Download 2.97 Mb.
|
Лаборатория кулланма XFX
1.4. Universal gaz tahlillagich bilan havodagi gaz va zararli moddalar bug’lari konsentratsiyasini o’lchash uslubi
Ko’chma universal gaz tahlillagich (UG-2) bilan havodagi gazlar va zararli moddalar bug’lari konsentratsiyasini o’lchash quyidagi tartibda olib boriladi: 1. O’lchanishi lozim bo’lgan gaz yoki bug’ning indikator poroshoki olinadi va indikator naychalariga (kamida 5 ta) 1.3 bo’limda keltirilgan qoida asosida joylashtiriladi. 2. O’lchanishi lozim bo’lgan gazning shabloni olinadi va unda keltirilgan ma’lumotlarga asosan zarur shtok tanlanadi (so’riladigan havo hajmi bo’yicha). 3. Havo so’rish asbobi barmoqchasi tortilib shtok tanlangan tomoni bilan yo’naltiruvchi vtulkaga kiritiladi, bunda barmoqcha uchi shtok ariqchasida sirpanishi lozim. 4. Qo’l kuchi bilan shtok bosiladi va silfon, ushlovchi barmoqcha shtokning yuqorigi chuqurchasiga kirguncha, siqiladi va u barmoqcha bilan shu holatda ushlab turiladi. 5. Rezina shlangga poroshokli indikator naychasi, unga esa zarur bo’lsa yutuvchi poroshokli naycha rezina shlang bilan ulanadi. 6. Qo’l bilan shtok bosib turilib barmoqcha yuqoridagichuqurchadan chiqariladi va shtok qo’yib yuboriladi. 7. Prujina ta’siri ostida silfon kengayishni boshlaydi va natijada indikator naychasi orqali havo so’riladi, shu vaqtdan boshlab vaqtni o’lchashni boshlash kerak. 8. Silfonning kengayishi shtokning pastki chuqurchasiga barmoqchaning kirishigacha davom etadi, shundan keyin shtok harakati to’xtaydi va bu holatni barmoqchaning shtok chuqurchasiga kirgan vaqtda chiqargan tovushi bo’yicha aniqlash mumkin. 9. Shtok harakatining to’xtashi silfon kengayishining to’xtashiga olib keladi, lekin, silfon ichidagi va tashqaridagi havo bosimlari farq qilishi (poroshokli indikator naychalari qarshiligi sababli) hisobiga silfonga havo so’rish jarayoni davom etadi. 10. Shtokning ikkita chuqurcha orasidagi masofani o’tishga ketgan vaqti va umumiy havo so’rishga ketgan vaqti shablonda ko’rsatilgan qiymatlardan chekkaga chiqmasligi kerak, aks holda o’lchash hisobga olinmaydi (bu talab ndikator naychasining poroshok bilan to’g’ri va zarur zichlikda ’ldirilganini ko’rsatadi). 11. Indikator naychasidagi poroshok rangi havodagi gaz yoki bug’ ta’sirida o’zgaradi, poroshok o’zgargan qismining uzunligi shablondagi shkala yordamida gazning havodagi konsentratsiyasi o’lchov birligiga (mg/m3) aylantiriladi. 12. Shu tartibda bir nechta (3 ... 5) poroshokli indikator naychasi bilan ’lchov o’tkaziladi. 13. Mavjud sharoitdagi (temperatura, bosim va nisbiy namlikdagi) har bir o’lchash natijasi quyidagi ifoda orqali normal sharoitdagi (temperature 293 K, atmosfera bosimi 101,3 kPa, nisbiy namlik 60 % bo’lgandagi) konsentratsiyaga olib kelinadi: mg/m3 bu yerda: Cgmi - mavjud sharoitda, alohida amaliy ishlarda aniqlangan havodagi gaz konsentratsiyasi, mg/m3 i - amaliy ish tartib soni; t - havo temperaturasi, ºS; R - atmosfera bosimi, kPa; k - temperaturaga bog’liq ravishda tuzatish kiritish koeffitsiyenti; uning qiymati ammiakning konsentratsiyasini aniqlashda 3-ilovadagi grafikdan, neftning uglevodorodlari bug’lari konsentratsiyasi aniqlashda esa shu 4-ilovadagi jadvaldan olinadi. 14. Olingan i ta Cghi natija ishning 2.3. bo’limida keltirilgan uslubda tahlil qilinadi va havoda gaz yoki zararli moddalar bug’lari konsentratsiyasining o’zgarish oralig’i, ya’ni minimal va maksimal qiymatlari aniqlanadi. 15. Aniqlangan minimal va maksimal qiymatlar gazning EYUK bilan solishtirilib xulosa qilinadi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling