Ish joylarida mikroiqlim korsatkichlarini aniqlash


Havodagi gaz va bug’lar konsentratsiyasini aniqlash bo’yicha


Download 2.97 Mb.
bet11/21
Sana20.07.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1661316
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Лаборатория кулланма XFX

2. Havodagi gaz va bug’lar konsentratsiyasini aniqlash bo’yicha
laboratoriya stendining tuzilishi
Havodagi gaz va bug’lar konsentratsiyasini aniqlash bo’yicha laboratoriya stendining tuzilishi quyidagi 3-rasmda keltirilgan. Laboratoriya stendi ko’chma universal gaz tahlillagichdan (UG-2) tashqari gazli aralashma hosil qilish kamerasi (19), uning eshiki (20), idish (21) va bug’lanuvchi suyuqlik (22) iborat. Bularga qo’shimcha ravishda kamera ichidagi havo temperaturasini o’lchab turish uchun termometr (17) va atmosfera bosimini o’lchash uchun barometr-aneroid (18) mavjud.

3-rasm. Xavodagi gaz va bug’lar konsentratsiyasini aniqlash laboratoriya stendi
1-havo so’rish asbobi qobiqi; 2-silfon; 3-tortuvchi prujina; 4-ushlovchi barmoqcha; 5-barmoqcha prujinasi; 6-shtok; 7-havo so’rish hajmini ko’rsatuvchi son; 8-shtok ariqchasidagi chuqurchalar; 9-yo’naltiruvchi vtulkalar; 10-silfon qopqoqi; 11-kengaytirib turuvchi xalqa; 12-metall quvurcha;13- rezina shlang; 14-indikator naychasi; 15-ulovchi rezina shlang; 16-filtrlovchi element; 17-termometr; 18-barometr-aneroid; 19-gazli aralashma hosil qilish kamerasi; 20-kamera eshiki; 21-idish; 22-bug’lanuvchi suyuqlik.
2.1. Laboratoriya stendida havodagi gaz va bug’lar konsentratsiyasini aniqlash bo’yicha o’lchashlar o’tkazish tartibi
1. Amaliy ish o’tkazishda amal qilinishi kerak bo’lgan xavfsizlik talablarini o’rganing.
2. Laboratoriya stendining tarkibiy qismlari tuzilishi, vazifasi va ularni ishlatish qoidasi bilan tanishing.
3. Universal gaz tahlillagich bilan havodagi gaz va zararli moddalar bug’lari konsentratsiyasini o’lchash uslubini (1.4. bo’lim) yaxshilab o’rganing.
4. 1.4. bo’limning 13 bandidagi (1) ifoda yozib olinadi.
5. Joriy bo’limdagi amaliy ish natijalarini kiritish jadvalini daftarga tushiring (1-jadval).
6. Laboratoriya stendini 3-rasmdagi sxemaga asosan va boshqa yordamchi asboblarni ham, xavfsizlik talablariga amal qilgan holda, amaliy ish o’tkazishga tayyorlang.
7. Gaz kamerasida gaz hosil qilmasdan va indikator naychasini rezina shlangga ulamasdan havo so’rish asbobining ishlashini tekshirib ko’ring. Shtokning yo’naltiruvchi vtulkada bir tekisda yurishini tekshiring. Termometr, barometr-aneroid va sekundomer ishlashini tekshiring.
8. Aniqlanishi lozim bo’lgan gazning indikator poroshokini 5 ta indikator naychasiga qoidaga amal qilgan holda joylashtiring. Zarur holatlarda filtrlovchi elementni ham qoidaga asosan tayyorlang. Amal qilinishi kerak bo’lgan qoidalar 1.4. bo’limda keltirilgan.
9. Gaz kamerasidagi bug’lanuvchi suyuqlik joylashgan idishning qopqog’i ochiladi, kamera eshigi zich qilib berkitiladi va biror muddat kutiladi, ya’ni kamerada gazli aralashma hosil qilinadi.
10. Shtokni, shablon ma’lumotlariga asosan, zarur tomoni bilan yo’naltiruvchi vtulkaga joylashtiriladi va ushlovchi barmoqcha shtokning yuqorigi chuqurchasiga kirguncha bosiladi, va u barmoqcha bilan shu holatda ushlab turiladi.
11. Havo so’rish asbobining rezina shlangiga birinchi indikator naychasi va zarur bo’lsa filtrlovchi element ulanadi va ular gaz kamerasi teshikigamahkamlanadi.
12. Amaliy ishning davomi 1.4. bo’limning 6...13 bandlarida keltirilgan qoidalar asosida o’tkaziladi va amaliy ish natijasi jadvalga kiritiladi.
13. Qolgan indikator naychalari bilan ham shu tartibda amaliy ish o’tkaziladi va natijalar jadvalga kiritiladi.
14. Amaliy ish o’tkazish vaqtida termometr va barometr-aneroid ko’rsatkichlari yozib boriladi va jadvalga kiritiladi.
15. Har bir amaliy ishdagi havoning tarkibida bo’lgan gaz miqdori (Cgmi) (1) formula orqali Cghi aylantiriladi va natijalar jadvalga kiritiladi.
16. Havodagi gaz miqdorining o’zgarish diapazonini aniqlash uchun olingan natijalar normal taqsimlanish qonunidan foydalanib tahlil qilinadi (2...5 ifodalar).
17. 5-ifodadan aniqlangan minimal Cg.min va maksimal Cg.max miqdorlar EYUK bilan taqqoslanadi.
18. Taqqoslanish natijasiga qarab xulosa qilinadi.
19. Gaz konsentratsiyasi aniqlangan darajada mavjud bo’lgan havoda ishlaganda zarur bo’ladigan himoya tadbirlari belgilanadi.
1-jadval
Gaz kamerasi havosidagi zararli gazlar konsentratsiyasini aniqlash bo’yicha
o’tkazilgan amaliy ishlar natijalari

Aniqlanadigan
gaz turi
Ko’rsatkichlar

Amaliy ish tartib raqami






1-taj

2-taj

3-taj

4-taj

5-taj

Havo so’rish hajmi, ml.
















Havo so’rish vaqti, min.
















Havo so’rish soni, marta.
















Indikator poroshokining
rangi

amaliy ishgacha
















amaliy ishdan
keyin
















Mavjud sharoitda gazning
havodagi konsentratsiyasi, mg/m3
















Gaz kamerasi havosi
temperaturasi, ºS
















Atmosfera bosimi, kPA
















Tuzatish kiritish
koeffitsiyenti, k
















Normal sharoitda gazning
havodagi konsentratsiyasi, mg/m3
















EYUK, mg/m3

















Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling