Ish raqami: 4-1103-2301/619 Da’vogar: O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi,,Mikrokreditbank” aj manfaatida Javobgar


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/35
Sana06.05.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1433567
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Kredit qarzdorlik ipk delo

yuritiladi), "Abdulaziz qorabayirlari” fermer xo’jaligi (bundan buyon matnda-"Qarz 
oluvchi" deb yuritiladi) hamda " Effekt Energo Servis" xususiy korxonasi (bundan buyon 
matnda-"Kafil" deb yuritiladi) o‘rtasida 2019 yil 30 avgust kuni tuzilgan 1-sonli kafillik 
shartnomasi tuzilgan. 
Mazkur kafillik shartnomaning 1-bo‘limi 1.1-bandiga asosan "Kafil" "Kreditor" va 
"Abdulaziz qorabayirlari” fermer xo’jaligi o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasi bo‘yicha 
qarzdorning barcha majburiyatlari ya’ni hozirda mavjud bo‘lgan va keyinchalik 
kelajakda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan 
"Kreditor" oldida chaqirib olinmaydigan tarzda va so‘zsiz javob berish majburiyatini o‘z 
zimmasiga olishi yuzasidan o‘zaro kelishgan. 
Mazkur kafillik shartnomasi shartlariga asosan "" Effekt Energo Servis" xususiy 
korxonasining 40.000.000 so‘m miqdorda kafilligi taqdim etilgan. 
Javobgar da’vogar oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmasligi oqibatida kreditning 
muddati kelmagan qismidan 146.667.000 so‘m, muddati o‘tgan qismidan 20.010.000 


4

so‘m hamda muddati o‘tgan foiz qismidan qarzdorligi 3.190.000 so‘mni tashkil qilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 735-moddasida qarz oluvchi olingan 
qarz summasini qarz shartnomasida nazarda tutilgan muddatda va tartibda qarz 
beruvchiga qaytarishi shartligi belgilangan. 
"Bank" tomonidan ushbu qarzdorliklarni to‘lash yuzasidan 2023 yil 17 fevralda №29, 
30, 31-sonli talabnoma asosida "Qarz oluvchi" "Kafil" hamda "Ipoteka qo‘yuvchi"larga 
murojaat qilgan bo‘lib, mazkur talabnoma xatlari "Qarz oluvchi" "Kafil" hamda "Ipoteka 
qo‘yuvchi"lar tomonidan oqibatsiz qoldirilgan. 
Sud muhokamasida AJ "Mikrokreditbank" tomonidan 2022 yil 05 aprel holatiga taqdim 
qilingan 14/04-55-sonli ma’lumotnomaga muvofiq javobgar "Abdulaziz qorabayirlari” 
fermer xo’jaligining 146.667.000 so‘m muddat kelmagan asosiy kredit qarzi, 20.010.000 
so‘m muddati o‘tgan asosiy kredit qarzdorligi va muddati o‘tgan 3.190.000 so‘m kredit 
foizini tashkil etishi ma’lum qilingan. 
Ushbu qarzdorlik sud jarayonida so‘ralgan da’vogar taraf vakilining tushuntirishlari, 
kredit shartnomasi, to‘lov jadvali hamda ishdagi boshqa xujjatldar bilan ham o‘z 
tasdig‘ini topgan. 
Taraflar o‘rtasida 2019 yil 04 iyunda tuzilgan 25-sonli kredit shartnomaning 4.3- 
bo‘limida bankning huquqlari belgilangan bo‘lib, ushbu bo‘limning 4.3.3-bandiga asosan 
"Qarz oluvchi" tomonidan kreditdan maqsadsiz foydalanilganda, 90 kundan ortiq 
muddatda kredit bo‘yicha asosiy qarz va foizlar to‘lanmaganda, ajratilgan kreditning 
qaytarilishi turli sabablarga ko‘ra ta’minlanmaganda shuningdek, kredit qaytarilishiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mazkur shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa majburiyatlar 
bajarilmaganda "Bank" "Qarz oluvchi"ni kreditlashdan to‘xtatish va foizlarni hamda 
kredit bo‘yicha asosiy qarzni muddatidan oldin, shuningdek,undiruvni kredit ta’minotiga 
qaratish orqali undirishni talab qilish huquqiga ega bo‘lishi belgilangan. 
Qayd etilganlarga asosan sud, da’vogarning da’vo talabi bo‘yicha 146.667.000 so‘m 
muddati kelmagan asosiy kredit qarzi, 20.010.000 so‘m muddati o‘tgan asosiy kredit 
qarzi, 3.190.000 so‘m kredit fozi qarzdorligi jami 169 867 000, 00 so’m so‘m kredit 
qarzdorligini undirish haqidagi da’vo talablarini javobgar hamda qo‘shimcha javobgarlar 
tomonidan qisman to‘lovlar amalga oshirilganligini inobatga olib, da’vogarning ushbu 
da’vo talablarini qisman qanoatlantirib, javobgar hamda qo‘shimcha javobgar hisobidan 
solidar tartibda da’vogar foydasiga 146.667.000 so‘m muddati kelmagan hamda 
19.890.000 so‘m muddati o‘tgan asosiy kredit qarzdorligi va 2.970.000 so‘m kredit 
foizini undirishni lozim deb hisoblaydi. 
SHuningdek, da’vogar taraflar o‘rtasida tuzilgan kredit shartnoma shartlariga asosan 
undiruvni qo‘shimcha javobgar "" Effekt Energo Servis" xususiy korxonasiga tegishli 
bo‘lgan "GIGA PRICE" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 23.12.2019 yilda 
244-12-sonli baholash hisobotiga asosan 1.025.742.620 so‘mga baholangan, bank va 
garovga qo‘yuvchi o‘rtasida 11.05.2020 yilda tuzilgan kelishuv dalolatnomasiga asosan 
400.000.000 so‘mga kelishilgan Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani, Madaniyat 
MFYda joylashgan kadastr raqami 11:06:05:02:01:0127 bo‘lgan umumiy er maydoni 
0.8300 ga bo‘lgan chorva ferma noturar binosiga qaratishni so‘ragan. 
O‘zbekiston Respublikasining "Garov to‘g‘risidagi" qonunining 27-moddasiga ko‘ra, 
garovga oluvchining (kreditorning) talablari garovga qo‘yilgan ko‘chmas mol- mulk 
qiymatidan sudning qaroriga muvofiq qondirilishi, agar garovga qo‘yuvchining garovga 
oluvchi bilan kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, garovga 
oluvchining talablari garovga qo‘yilgan ko‘char mol-mulk hisobidan sud qaroriga 


4

muvofiq qondirilishi, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, 
undiruv garovga oluvchiga topshirilgan garov narsasiga garov to‘g‘risidagi shartnomada 
belgilangan tartibda qaratilishi mumkin. 
Ushbu qonunning 28-moddasida garovga qo‘yilgan mol-mulkning kim oshdi savdosi 
boshlanadigan vaqtdagi boshlang‘ich sotish narxi undiruv sud tartibida mol- mulkka 
qaratilgan hollarda sud qarori bilan yoki boshqa hollarda garovga oluvchining garovga 
qo‘yuvchi bilan kelishuvi natijasida belgilanadi. 
FK 279-moddasiga asosan, garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish 
uchun undiruvni Qarz oluvchi garov bilan ta’minlangan majburiyatni o‘zi javobgar 
bo‘lgan vaziyatlarda bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan takdirda garovga 
kuyilgan mol-mulkka qaratish mumkin. 
FK 280-moddasiga ko‘ra, garovga oluvchining (kreditorning) talablari garovga qo‘yilgan 
ko‘chmas mol-mulk qiymatidan sudning qaroriga muvofiq qondiriladi. Kodeksning 281-
moddasiga muvofiq, undiruv qaratilgan garovdagi mol-mulkni sotish, qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda kim oshdi savdosida sotish yo‘li bilan amalga oshirilishi nazarda 
tutilgan. 
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2006 
yil 22 dekabrdagi 13/150-sonli "Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar 
bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun xujjatlarini qo‘llashning ayrim 
masalalari haqida"gi Qarorining 13-bandida Qonun hujjatlarining mazmuniga ko‘ra, 
qonun bo‘yicha har qanday haqiqiy majburiyat garov bilan ta’minlanishi mumkin. 
Fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan, O‘zbekiston Respublikasining qonun 
hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishiga yo‘l qo‘yiladigan har qanday mol- mulk 
(korxona, bino, inshoot, jihoz, boshqa ishlab chiqarish jamlamalari, qimmataho 
qog‘ozlar, pul mablag‘lari, mulkiy huquqlar va hokazo) garov narsasi bo‘lishi mumkin, 
mazkur qarorning 17-bandida Ko‘chmas mol-mulk yoki mol- mulkka bo‘lgan huquqlar 
garovi bilan bog‘liq nizolarni hal etishda, bunday garov shartnomasi garov bilan 
ta’minlanadigan shartnoma FKning 271-moddasi beshinchi qismiga muvofiq notarial 
shaklda tuzilishi shart bo‘lgan hollardagina notarial tasdiqlanishini inobatga olish 
lozimligi hamda 23-bandida undiruvni garov narsasiga sud tartibida qaratishda sudning 
qarorida garovdagi mol-mulkning nomi, joylashgan joyi ko‘rsatilishi hamda agar da’vo 
arizasida garovga qo‘yilgan mol-mulkning kim oshdi savdosi boshlanadigan vaqtdagi 
boshlang‘ich sotish bahosini belgilash haqida talab mavjud bo‘lsa, sud hal qiluv 
qarorining asoslantiruvchi qismida ushbu mol- mulk garov (ipoteka) to‘g‘risidagi 
shartnomada ko‘rsatilgan narx bo‘yicha realizatsiya qilinishi to‘g‘risida tushuntirish 
berishi lozimligi nazarda tutilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksning 66-moddasiga ko‘ra, ish 
bo‘yicha dalillar ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan 
faktlar haqidagi ma’lumotlar bo‘lib, ular asosida sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning 
talablari va e’tirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun 
ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlaydi. 
Bunday ma’lumotlar yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, 
mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), guvohlarning ko‘rsatuvlari, ishda 
ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi. 
Ushbu kodeksning 72-moddasiga ko‘ra, Qonun hujjatlariga muvofiq muayyan dalillar 
bilan tasdiqlanishi kerak bo‘lgan ish holatlari boshqa dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin 
emasligi nazarda tutilgan. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, sud da’vogarning da’vo arizasini qisman qanoatlantirib, 


4

javobgarlar hisobidan da’vogar foydasiga mushtarak tartibda 146.667.000 so‘m asosiy 
kredit qarzdorligi, 19.890.000 so‘m muddati o‘tgan asosiy kredit qarzdorligi, 2.970.000 
so‘m foizini undirishni, undiruvni "" Effekt Energo Servis" xususiy korxonasiga tegishli 
bo‘lgan Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani, Madaniyat MFYda joylashgan kadastr 
raqami 11:06:05:02:01:0127 bo‘lgan umumiy er maydoni 0.8300 ga bo‘lgan chorva 
ferma noturar binoga qaratishni, da’vo talabining qolgan qismini qanoatlantirishdan 
rad qilishni, nizoning 
kelib chiqishida javobgarning 
aybdorligini inobatga 
olib, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118-moddasiga asosan 
davlat boji, pochta xarajatlarini javobgar zimmasiga yuklashni lozim deb topadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 279, 280, 292, 735, 744- moddalari, 
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 66, 72, 118, 176-180-
moddalariga asosan, sud 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling