Ish raqami: 4-1103-2301/619 Da’vogar: O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi,,Mikrokreditbank” aj manfaatida Javobgar


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/35
Sana06.05.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1433567
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Kredit qarzdorlik ipk delo

A N I Q L A D I: 
Da’vogar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi Aj 
"Mikrokreditbank" manfaatida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar 
"Abdulaziz qorabayirlari" fermer xo’jaligi hamda qo‘shimcha javobgar "Effekt Energo 
Servis" xususiy korxonasi hisobidan solidar tartibda 146.667.000 so‘m muddati 
kelmagan asosiy kredit qarzi, 20.010.000 so‘m muddati o‘tgan asosiy kredit qarzi, 
3.190.000 so‘m kredit fozini undirish; undiruvni qo‘shimcha javobgar " Effekt Energo 
Servis" xususiy korxonasiga tegishli bo‘lgan "GIGA PRICE" mas’uliyati cheklangan 
jamiyati tomonidan 23.12.2019 yilda 244-12-sonli baholash hisobotiga asosan 
1.025.742.620 so‘mga baholangan, bank va garovga qo‘yuvchi o‘rtasida 11.05.2020 
yilda tuzilgan kelishuv dalolatnomasiga asosan 400.000.000 so‘mga kelishilgan 
Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani, Madaniyat MFYda joylashgan kadastr raqami 
11:06:05:02:01:0127 bo‘lgan umumiy er maydoni 0.8300 ga bo‘lgan chorva ferma 
noturar binosiga qaratishni so‘ragan. 
Shuningdek, da’vogar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati hududiy 
boshqarmasi vakili sud muhokamasida ishtirok etmadi. Ammo mazkur da’vo arizasini 
ishtirokisiz ko‘rishni so‘ragan. 
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining (keyingi o‘rinlarda – IPK deb 
yuritiladi) 128, 170-moddasiga asosan iqtisodiy ishni O‘zbekiston Savdo- sanoat palatasi 
Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi ishtirokisiz ko‘rishni lozim topdi. 


4

Sud muhokamasida ishtirok etgan da’vogar AJ "Mikrokreditbank" ishonchli vakili 
A.Xamdamov da’vo arizadagi vajlarni takrorlab, "Abdulaziz qorabayirlari" fermer 
xo’jaligiga taraflar o‘rtasida 2019 yil 04 iyunda tuzilgan kredit shartnomasiga asosan 
41.300 AQSH dollar miqdorda kredit mablag‘lari ajratilganligini, ushbu kredit ta’minoti 
sifatida " Effekt Energo Servis" xususiy korxonasining kafilligi hamda ushbu xususiy 
korxonaga tegishli mol- mulklar qabul qilinganligini, ajratilgan kredit to‘lov jadvaliga 
asosan javobgarning muddati o‘tgan kredit va unga hisoblangan foiz qarzdorligi 
vujudga kelganligini, bir necha bor ogoxlantirilgan bo‘lsa- da, vujudga kelgan kredit 
qarzdorligi qoplab berilmaganligini, bugungi kun holatiga qarzdorlik qisman 
qoplanganligini bildirib, qarzdorlik yuzasidan ma’lumotnoma taqdim etib, da’voni 
qanoatlantirib berishni so‘radi. 
Javobgar va qo‘shimcha javobgar da’vo talabini tan olgan va da’vo yuzasidan o‘zining 
ayrim e’tirozlarini bildirdi. Xususan, da’vogarning muddati kelmagan asosiy qarzni 
undirish bo’yicha talabini to’liq qo’llab-quvvatlamasligini, ya’ni kredit shartnomasidagi 
muddat hali tugamaganligi, shu sababli muddati kelmagan asosiy qarzning miqdori 
xususida o’z e’tirozini bildirdi. 
Sud, to‘plangan ish hujjatlarini o‘rganib chiqib, ularni tahlil qilib, sud 
muhokamasida ishtirok etgan da’vogar taraf va javobgar taraf vakilining 
tushuntirishlarini tinglab, quyidagi asoslarga ko‘ra da’vogarning talablarini qisman 
qanoatlantirishni lozim deb topadi. 
Ish hujjatlarida ko‘rinishicha, taraflar AJ "Mikrokreditbank" (bundan buyon 
matnda-"Bank" deb yuritiladi) hamda Abdulaziz qorabayirlari" fermer xo’jaligi (bundan 
buyon matnda-"Qarz oluvchi" deb yuritiladi) o‘rtasida 2019 yil 04 iyunda 25-sonli kredit 
shartnomasi tuzilgan. 
Mazkur shartnomaning 1-bo‘limi 1.1-bandiga muvofiq, "Bank" "Qarz oluvchi"ga
mazkur shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag‘lari 
(kredit) berish majburiyatini olishi, "Qarz oluvchi" esa o‘z navbatida olingan pul 
mablag‘larini belgilangan muddatda qaytarish va pul mablag‘laridan foydalanganligi 
uchun foizlar to‘lash majburiyatini olishi yuzasidan o‘zaro kelishgan. 
Shuningdek, ushbu shartnomaning 2-bo‘limi 2.1-2.10-bandlariga asosan "Bank" "Qarz 
oluvchi"ga 41.300 AQSH dollarni 84 oy muddatga 36 oy imtiyozli davr asosida, kredit 
bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish to‘lov jadvali (grafigi) mazkur shartnomaning ajralmas 
qismi bo‘lib hisoblanuvchi ilovada belgilanganligi, yillik 6,5 foiz miqdorda, har kuni 
yillik bazaviy davr 365 kundan kelib chiqqan holda hisoblanishi, foizlarni hisoblash 
oraliq davr 15 maydan 14 noyabrgacha va 15 noyabrdan 14 maygacha hisoblanishi, 
kredit va unga hisoblangan foizlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish kuni, 1 may va 1 
noyabr (agar to‘lov kuni dam olish kuni yoki bayram kunlariga to‘g‘ri kelgan hollarda 
to‘lov kunidan oldingi ish kunida amalga oshirilishi), kredit Toshkent viloyati 
Quyichirchiq tumanida Abay mahallasi hududida faoliyat yuritib kelayotgan "Abdulaziz 
qorabayirlari" fermer xo’jaligida 2019 yilda chorvachilikni yanada rivojlantirish, 
naslchilik ishlarini ilmiy asosida tashkil etish, servis xizmatlarini ko‘rsatish sifatini 
yanada yaxshilash, ozuqa bazasini mustahkamlash hisobiga chorvachilik mahsulotlari 
ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish: 87452 
"ALTUSRIED" GERMANIY mol etkazib beruvchi bo‘lib mazkur kantrakt shartnomada 
ishtirok etgan "INTERBOVES GmbH" o‘rtasida 2019 yil 22 mayda imzolangan 
ISOF026590-sonli kantrakt shartnomasiga asosan 99 bosh qoramol xarid qilish uchun 
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (MBRR) kredit liniyasi mablag‘i hisobidan 84 oy 
muddatga, yillik 6,5 foiz ustama haqi to‘lash sharti bilan 36 oy imtiyozli davr asosida 


4

41.300 AQSH dollari ajratilishi; 
-Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (MAR) "O‘zbekiston Respublikasi hududida 
chorvachilik sohasini rivojlantirish" loyihasiga asosan ajratilgan kredit liniyasi 
mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilishi; 
-"Qarz oluvchi" "Bank"ga kredit tashkil qilinganligi uchun kredit summasining 0,5 foiz 
miqdorida bir martalik vositachilik to‘lovini to‘lashi, to‘lov milliy valyuta ekvivalentida 
to‘lov kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining AQSH dollarini milliy 
valyutaga nisbatan kursiga asosan amalga oshirilishi; 
- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish 
Agentligining Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan olingan kundan boshlab ssuda 
hisob raqamidan ajratilgunga qadar bo‘lgan muddatga yillik bazaviy davr-360 kundan 
kelib chiqqan holda kredit summasidan 4,3 foiz miqdorida to‘lovni amalga oshirish; 
- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish 
agentligi va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (MAR) tomonidan loyihani amalga 
oshirishga rozilik berilib, bankning vakillik hisob raqamiga kredit mablag‘lari kelib 
tushgandan so‘ng amalga oshirilishi belgilangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 744-moddasiga asosan kredit 
shartnomasi bo‘yicha bir taraf - bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi 
tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul 
mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning 
uchun foizlar to‘lash majburiyati belgilangan. 
Kredit majburiyatlarining bajarilish yuzasidan kredit ta’minoti sifatida AJ 
"Mikrokreditbank" (bundan buyon matnda-"Bank" deb yuritiladi) hamda "Abdulaziz 
qorabayirlari" fermer xo’jaligi (bundan buyon matnda-"Qarz oluvchi" deb yuritiladi) 
o’rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga kredit ta’minoti sifatida " Effekt Energo Servis" 
xususiy korxonasiga tegishli bo‘lgan "GIGA PRICE" mas’uliyati cheklangan jamiyati 
tomonidan 23.12.2019 yilda 244-12-sonli baholash hisobotiga asosan 1.025.742.620 
so‘mga baholangan, bank va garovga qo‘yuvchi o‘rtasida 11.05.2020 yilda tuzilgan 
kelishuv dalolatnomasiga asosan 400.000.000 so‘mga kelishilgan Toshkent viloyati
Quyichirchiq 
tumani, 
Madaniyat 
MFYda 
joylashgan 
kadastr 
raqami 
11:06:05:02:01:0127 bo‘lgan umumiy er maydoni 0.8300 ga bo‘lgan chorva ferma 
noturar binosi qo’yilgan. 

SHuningdek, AJ "Mikrokreditbank" (bundan buyon matnda-"Kreditor" deb 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling