Ish raqami: 4-1103-2301/619 Da’vogar: O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi,,Mikrokreditbank” aj manfaatida Javobgar
Sudya yordamchisi, sud majlisiga taklif qilingan taraflardan
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Kredit qarzdorlik ipk delo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raislik etuvchi so’zni da’vogar: AJ “Mikrokreditbanki” ishonchli vakili A. Xamdamovga berdi. Sud muhokamasida da’vogar: AJ ,, Mikrokreditbank” ishonchli
Sudya yordamchisi, sud majlisiga taklif qilingan taraflardan:
Da’vogar: AJ “Mikrokreditbank” ishonchli vakili A.Hamdamov (2023-yil 9-yanvardagi 03-33-5/15-sonli ishonchnoma asosida) ishtirok etayotganligi yuzasidan raislik etuvchiga axborot berdi. Javobgar va qo’shimcha javobgar tegishli tartibda, sud ajrimi orqali sud muhokamasining vaqti va joyi to’g’risida xabardor qilingan bo’lsa- da, bugungi sud muhokamasida ishtirok etmadi hamda da’vo yuzasidan o’z e’tirozlarini bildirmadi. Raislik etuvchi ishda ishtirok etuvchi shaxsga sud tarkibini, sud majlisi kotibini ma’lum qildi, sud tarkibiga, sud majlisi kotibiga raddiyalar bor yo’qligini so’radi hamda O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 42-moddasida nazarda tutilgan taraflarning protsessual huquq va majburiyatlarini, sud majlisini olib borish tartibini tushuntirdi. Ishda ishtirok etuvchi da’vogar taraf vakili tomonidan O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 20-moddasiga ko’ra sud tarkibiga, sud majlisi kotibiga raddiya bildirilmadi, shuningdek sud majlisini O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 10-moddasiga ko’ra davlat tilida olib borilishiga kelishib olindi. Raislik etuvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan sud tekshiruviga qo’shimcha hujjatlar va iltimosnomalar bor-yo’qligini so’radi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslardan qo’shimcha hujjat va iltimosnomalar taqdim etilmadi. Raislik etuvchi sud majlisini olib borish va dalillarni tekshirish tartibini belgiladi. Raislik etuvchi ish bo’yicha dalillarni tekshirishga o’tdi. Raislik etuvchi so’zni da’vogar: AJ “Mikrokreditbanki” ishonchli vakili A. Xamdamovga berdi. Sud muhokamasida da’vogar: AJ ,, Mikrokreditbank” ishonchli vakili A.Hamdamov: - da’vo arizadagi vajlarni takrorlab, “Abdulaziz qorabayirlari” fermer xo’jaligiga taraflar o’rtasida 2019-yil 4-iyunda tuzilgan kredit shartnomasiga asosan 41.300 AQSH dollar miqdorda kredit mablag’lari ajratilganligini, ushbu kredit ta’minoti sifatida “Effekt Energo Servis” XKning kafilligi hamda ushbu xususiy korxonaga tegishli mol-mulklar qabul qilinganligini, ajratilgan kredit to’lov jadvaliga asosan javobgarning muddati o’tgan kredit va unga hisoblangan foiz qarzdorligi vujudga 3 8 kelganligini, bir necha bor ogohlantirilgan bo’lsa-da, vujudga kelgan kredit qarzdorligi qoplab berilmaganligini, bugungi kun holatiga qarzdorlik qisman qoplanganligini bildirib, qarzdorlik yuzasidan ma’lumotnoma taqdim etib, da’voni qanoatlantirib berishni so’radi. Savollar va qo’shimchalar bo’lmadi. Raislik etuvchi sud muhokamasida muzokaraga o’tib, muzokara uchun so’zni da’vogar tarafga berdi. Sud muhokamasida da’vogar vakili: -da’voni qanoatlantirib berishni so’radi. Sud, ishda ishtirok etgan da’vogar taraf vakilining tushuntirishlarini tinglab, sudga taqdim etilgan hujjatlar bilan tanishib chiqdi. Raislik qiluvchi javobgar vakiliga ariza yuzasidan o’z eʼtirozlari buyicha tushuntirish berishni taklif qildi. Javobgar vakili Karabaev Аkmaljonning tushuntirishi:- daʼvogar vakili xolatni qisman to’g’ri yoritdi, ya’ni uni muddati kelmagan asosiy qarzni undirish bo’yicha talabini to’liq qo’llab-quvvatlamayman, ya’ni kredit shartnomasidagi muddat hali tugamagan, suddan daʼvoni qonuniy ko’rib chiqishni so’rayman. Raislik qiluvchi qo’shimcha javobgar vakiliga ariza yuzasidan o’z eʼtirozlari bo’yicha tushuntirish berishni taklif qildi. Qo’shimcha javobgar vakilida bu bo’yicha hech qanday e’tiroz yo’qligi bildirildi Raislik qiluvchi arizachi vakillarida javobgar vakiliga savollar bor yo’qligini so’radi. Savollar bo’lmadi. Raislik qiluvchi dalillarni tekshirishni yakunlashdan avval sud majlisi ishtirokchilarida ariza va iltimosnomalar bor-yo’qligini suradi Ariza va iltimosnomalar bo’lmadi. Raislik qiluvchi dalillarni tekshirish yakunlanganligi va muzokaraga o’tilishini eʼlon qilib, muzokara uchun taraflar vakillariga so’z berdi. Daʼvogar vakili A.Hamdamov:- suddan daʼvoni qanoatlantirishni surayman. Javobgar vakili A.Karabayev:- suddan daʼvoni qonuniy hal etishni so’rayman. 3 9 Raislik qiluvchi sud maslahatda qolishini eʼlon qildi va sud maslahatda qoldi. Oradan ma’lum vaqt o’tgach, raislik etuvchi maslahatxonadan chiqib, qabul qilingan hal qiluv qarorning xulosa qismini o’qib eshittirdi hamda sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish, qabul qilingan hal qiluv qaroridan norozi taraflar bir oy muddat ichida Toshkent viloyat sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat (protest) keltirish mumkinligini tushuntirdi. Shuningdek raislik qiluvchi tomonidan ishda ishtirok etayotgan shaxslarga qabul qilingan qarorning mazmun-mohiyati tushuntirib berildi. Raislik qiluvchi sud majlisini yopiq deb e’lon qildi. Bayonnoma O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 201-moddasi talablari asosida tuzildi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling