Ish Toshkent 2023 fuqarolik
Download 380.5 Kb.
|
sug\'urta shartnomasi bo\'yichapdf368
- Bu sahifa navigatsiya:
- AJRIM
- ANIQLADIM
- AJRIM QILAMAN
FUQAROLIK ISHLARI BO’YICHA SUDI KATTAQO'RG'ON TUMANLARARO Sug’urta shartnomasi yuzasidan 3-1007-2001/2307-sonli ish Toshkent 2023 FUQAROLIK ISHLARIDAGI HUJJATLAR RO’YXATI
AJRIM(arizani qabul qilish va fuqarolik ishini qo’zg’atish haqida) 2023-yil sentabr oyining 28-kuni fuqarolik ishlari bo`yicha Kattaqo’rg’on tumanlararo sudining sudyasi S.H.Damirov arizachi “MY INSURANCE" MCHJning javobgar Xushnud Akramov Aliyevichga nisbatan regress tartibda qarzni undirish haqidagi davo arizasini ko’rib chiqib, ANIQLADIM:Sudga arizachi MY INSURANCE sug’urta kompaniyasi javobgar Xushnud Akramov Aliyevichga nisbatan regress tartibda qarzni undirish haqidagi ariza bilan murojaat etgan. Sud ushbu arizani sudda ko’rishga tegishliligini, mazkur sudning sudloviga taalluqliligini, ariza topshirishlikda davlat boji to’langanligini, arizasi O’zbekiston Respublikasi FPKning 189-191-moddalari talablariga asosan to’g’ri berilgan deb, qabul qilishni rad etish uchun asoslar yo’q deb, fuqarolik ishini qo’zg’atishni lozim topadi. O’zbekiston Respublikasi FPKning 192,193,271,272-moddalarini qo’llab, AJRIM QILAMANAriza ish yuritish uchun qabul qilinsin va fuqarolik ishi qo’zg’atilsin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat keltirishga yo’l qo’yilmaydi. Sudya: H. Damirov AJRIM( ishni sudda ko`rishga tayyorlash haqida) 2023-yil sentabr oyining 28-kuni fuqarolik ishlari bo`yicha Kattaqo’rg’on tumanlararo sudining sudyasi S.H.Damirov arizachi “MY INSURANCE" MCHJning javobgar Xushnud Akramov Aliyevichga nisbatan regress tartibda qarzni undirish haqidagi davo arizasini ko’rib chiqib ANIQLADIM:Sudga arizachi MY INSURANCE sug’urta kompaniyasi javobgar Xushnud Akramov Aliyevichga nisbatan regress tartibda qarzni undirish yuzasidan fuqarolik ishi qo’zg’atilgan. Ishni o’z vaqtida va to’g’ri ko’rib chiqish hamda hal qilish maqsadida sudda ko’rishga tayyorlash lozimligini inobatga olib, O’zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual kodeksining 201,204,271,272-moddalari qo’llab, AJRIM QILAMANSudga arizachi “MY INSURANCE” sug’urta kompaniyasi javobgar Xushnud Akramov Aliyevichga nisbatan regress tartibda qarzni undirish yuzasidan qo’zg’atilgan fuqarolik ishi bo’yicha quyidagi tayyorgarlik ishlari olib borilsin: Taraflar suhbatga chaqirtirilsin; Ishni sudga tayyorlov muddati 05.10.2023 yil kunigacha uzaytirilsin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat keltirishga yo’l qo’yilmaydi. Download 380.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling